Mavzu: Bilimlarni taqdim etish modellari
Mahsuliy (produksion) qoidalar
Download 208.22 Kb.
|
5-amaliy dars
1. Mahsuliy (produksion) qoidalar 1970-yillarning o'rtalariga qadar, ekspert tizimlarida bilimlarni ifodalovchi mahsulot modellari keng qoilanildi. Bu umumiylik ekspert tizimlarining birinchi avlodiga xos edi (masalan, dendral, mycin, ruf, rl va boshqalar).
Mahsuliy qoidalar bilimlarni «Agar — u holda» ko'rinishda tasvirlaydi. Qoidaning «Agar» qismi bir qator shartlarni ifodalaydi, bu shartlar qanoatlantirilsa, qoidaning ikkinchi, ya'ni «u holda» qismidagi xulosalar mazmunga ega boiadi. Buni quyidagi sxema misolida ko'rib chiqamiz. Agar talabalar darsga muntazam qatnashib, darsni tinglab yoki konspekt yozib turmasa, uyda muntazam shug'ullanmasa, u holda ular 30 soat darsni zoye ketgazgan hisoblanadi. Bilimlarni tasvirlaydigan tizimlar mahsuliy produksion tizimlar deb nom oldi. Ekspert tizimlarining qo'llanishi bo'yicha mahsulotlarni «vaziyat-->harakat», «holat→ yechimini qabul qilish», «jo'natish — xulosa» tarzida talqin qilish mumkin. Deduktiv xulosa tizimi uchun o'ziga xoslik — bu «jo'natish-xulosa» ko'rinishda talqin qilinadi. Bu jo'natishlar va xulosalar — aksioma va teoremalarni, mahsulotlarni o'zi esa xulosa qoidalarni ifodalaydi. Mahsulotlar tilining asosiy element! quyidagi konstruksiyadir: (i), P, Pj ; A=B; (i) Q Bu konstruksiya quyidagicha ifodalanishi mumkin: «Agar P shart bajarilsa va A shart o'rinli bo'lsa, u holda B ishni qilish B mahsulotning i raqamli shartini Q shartiga o'zgartirishi kerak». Bizning misolda, i — qoidaning tartib raqami. Misol tariqasida quyidagi formulani ko'ramiz. P=P1 W P2 W P3 W P4 Bunda Pi — tireotoksikos, P2 — qandli diabet, P3 — addisione kasalligining kompirsen shakli, P4 — koronar (yurak kon tanqisligining og'ir formasi). A — gipotireoz, B — tireoidinning 0.3 gr qabuli, Q qiymatini 0.3 gr ga oshirish kerak bo'lsin. Predikat Pk (q>l) tireoidenni navbatdagi qabuliga ruxsat etishni baholaydi, chunki, kattalar uchun sutkalik norma 1 g dan oshmasligi kerak. Mahsulot ko'rinishi quyidagicha bo'ladi: (i), P, Pj ; A=B; (i) Q Bu mahsulotning ma'nosi bunday : «Agar kasal gipotiorez bo'lsa, organizm terioidin qabul qilishi zarur va buni sutkalik normada hisobga olmoq kerak». Xulosa chiqish jarayoniga qoidalar, granlar yoki tarmoqlar ko'rinishidagi murakkab zanjirlarni hosil qiladi. Ekspert tizimlar xulosalarni chiqarish bo'yicha 3 xil bo'ladi ; To'g'ri yo'l bilan xulosa chiqarish. Teskari yo'l bilan xulosa chiqarish. Aralash yo'l bilan xulosa chiqaruvchi ekspert tizimlar . Masalan, to'g'ri yo'l bilan xulosa chiqaruvchi ekspert tizimlar yordamida kasallik alomatlariga ko'ra kasallik aniqlanadi. Teskari yo'l bilan xulosa chiqaruvchi farazlardan (taxmin qilingan kasallikdan) bu farazni isbotlovchi yoki isbotlay olmaydigan dastalabki ma'lumotlarga asta boramiz. Yuqorida ko'rib chiqilgan misollar xulosani to'g'ri yo'l bilan chiqaruvchi usuliga mos keladi . Shartli ravishda bu usulni quyidagicha yozish mumkin F& B→Z. Agar F va B holatlar mavjud bo'lsa, u holda Z holat ham mavjud. Sxemada bularni quyidagicha aks ettirish mumkin. Qisqacha qoidalarning ishlashini ko'rib chiqamiz. Birinchi bajariladigan qoida, bu A→D, chunki A ma'lumotlar bazasida joylashgan. A — MB bo'lganligi uchun D ni ? ham kiritilishi S&D → F qoidasining bajarilishini ta'minlaydi va Z MB kiritiladi. Bu jarayonni quyidagicha tasvirlash mumkin, ma'lumotlar bazasida 2 izlab ko'riladi, agar Z bo'lmasa, u holda Z ni qoidalar ichida Z keltirib chiqaradigan qoidani aniqlaydi (ya'ni strelkadan o'ng tomonda turgan Z ni izlaydi). Bizning misolimizda bu F&B → Z qoidasi. Z ni aniqlash uchun avval F va B aniqlash kerak ekanligini tizim qayd etadi. Z qadamda tizim F vaqtni aniqlashga kirishadi. Awal F ni ma'lumotlar bazasidan ko'rib chiqadi, topa olmagan qoidalar F chiqarib beradigan qoidani aniqlaydi (ya'ni, strelkani o'ng tomonida F turadigan qoidani). Bu C&D → F ni beradi va C va D faktlarni aniqlash kerakligi haqida xulosa chiqaradi. 3—5- qadamlarda tizim MB da C ni topadi va D ni topish uchun awal A faktni aniqlaydi. 6—8- qadamlarda tizim D ni aniqlash uchun 3-qoida bajariladi, F ni topish uchun ikkinchi qoidani va Z (asosiy maqsadni) 1-qoidani bajaradi. 4.rasm Fakt va qoidalarning sxematik ifodalanishi Ikkinchi modellarni kodlash, DASTUR qanday qilib bunday natijaga kelganligini tushuntirib, ancha soddalashtiradi va har bir qadamda qanday holat yuzaga kelganligini ko'rsatib berishga imkon beradi. Mashhur chet el ekspert tizimlaridan Dendral tizimi (to'g'ri yo'l bilan xulosa chiqaruvchi) hamda MYCIN (teskari yo'l bilan xulosa chiqaruvchi) tizimlarda ikkita jiddiy kamchilik bor. Birinchidan, o'xshash qoidalar to'plamiga aniqlik kirita oladigan hamda qoidalar to'plamiga o'zgartirish kiritishda qoidalar o'rtasida o'zaro munosabatlarni aniqlashda zarur bo'ladigan qoidalar modulini qoidalarga asoslangan ekspert tizimlarning bilimlar bazasini tashkil etishga to'sqinlik qiladi. Ikkinchidan, tuzilishning bir jinsliligi ko'p hollarda bilimlarning har xil turlarini bir sintaksisda tasvirlashga majbur qiladi va oqibatda tizimdagi bilimlarning vazifasini zaiflashtiradi. Bu kamchiliklar hozirgi zamon dasturlash amaliyotida tasvirlashning imkoniyatlarini birmuncha cheklaydi. Download 208.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling