Mavzu: Bilimlarni tasvirlashning freymli modellari. Kirish Bilimlar tizimini boshqarish, bilimlar bazasi. Sun'iy intellekt tizimlari va bilimlarni tasvirlashning freym modellari. Ekspert tizimlardan foydalanish va ularni yaratish
Download 113.32 Kb.
|
Mavzu 2 AI
Mavzu: Bilimlarni tasvirlashning freymli modellari. Kirish Bilimlar tizimini boshqarish, bilimlar bazasi. Sun'iy intellekt tizimlari va bilimlarni tasvirlashning freym modellari. Ekspert tizimlardan foydalanish va ularni yaratish. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Ma’lumotlar bazasi fani insonlarda axborot muhitida ma‟lum bir dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qilishi bilan bir qatorda, uning axboriy madaniyatni egallashida asosiy rol o’ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning kompyuter savodxonligini oshiribgina qolmay, balki ma’lumotlar bazalari bilan ishlash imkoniyatlarini oshiradi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining faoliyat yuritishi ma’lumotlar bazasini tashkil qilishni ikki jismoniy va mantiqiy darajalarda olib borishga asoslangan. Bu ikki daraja ma’lumotlarni tashkil qilishning ikkita jihatiga mos keladi: ma’lumotlarni shaxsiy kompyuter xotirasida saqlash nuqtai nazaridan jismoniyga va ma’lumotlarda amaliy dasturlardan foydalanish nuqtai nazaridan mantiqiy bo’linadi. Ma’lumotlar bazasi haqidagi eng umumiy tasavvur quyidagilardan iborat: ma’lumotlar bazasi - bu, shaxsiy kompyuterning tashki xotirasida saklanadigan ma’lumotlarning katta hajmining majmuasidir. Shunday qilib, ma’lumotlar bazasi - bu, shaxsiy kompyuter xotirasida saqlanadigan va muammo soha holatini aks ettiruvchi, maxsus tartibda tashkil qilingan va o’zaro bog’langan ma’lumotlarning majmuidir. Ma’lumotlar bazasi yana ayrim foydalanuvchilarning axborotli zaruriyatlarini ta’minlash uchun ham mo’ljallangan. Kompyuter axborot tizimlari o’rtasida eng katta taraqqiyot sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan ekspert tizimlarini ishlab chiqish sohasida qayd etildi. Ekspert tizimi menejerga yoki mutaxassisga tizimlarda to’plangan bilishlarga doir har qanday muammo bo’yicha maslahat olish imkoniyatini beradi. Misol. AQShning davlat agentligi shunday bir ekspert tizimini yaratgan. U ob-havo va g’allaga tegishli ma’lumotlarni tahlil qilib, fermerlarga irrigasiya, o’g’it solish va hosil olishning optimal vaqtini belgilaydi. Sun’iy intellekt deyilganda, odatda kompyuter tizimlarning shunday harakatlarni bajarish qobiliyati tushuniladiki, agar bu harakatlarni odam bajarganda uni intellektual deb atash mumkin bo’lardi. Aksariyat hollarda bu yerda odamning fikrlashi bilan bog’liq, qobiliyatlar nazarda tutiladi. Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar ekspert tizimlari bilan chegaralanmaydi. Shuningdek, ular o’z ichiga odamning asab tizimi, uning eshitish, ko’rish, sezish, o’qish - o’rganish qobiliyatini modellashtiruvchi robotlar, tizimlar yaratishni ham oladi. Maxsus masalalarni yoki vazifalarni hal qilish maxsus bilimlarni talab etadi. Lekin har qanday kompaniya ham o’z shtatida uning ishi bilan bog’liq barcha muammolar bo’yicha ekspertlarni saqlay yoki hatto har safar bunday muammolar paydo bo’lganda ularni taklif qila olmaydi. Ekspert tizimlari texnologiyasidan foydalanishning bosh mohiyati ekspertdan uning bilimlarini olish va uni kompyuter xotirasiga kiritib, har safar zaruriyat tug’ilgan hollarda undan foydalanishdan iboratdir. Download 113.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling