O’zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti


Download 175.29 Kb.
bet1/6
Sana21.04.2023
Hajmi175.29 Kb.
#1372121
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi new





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA'LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

SIRTQI FAKULTETI

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” TA’LIM YO’NALISHI


1-KURS SHBA-70/22 GURUHI TALABLASI
TURSUNALIYEV SANJARBEK RASULJON O’G’LI ning

BIZNESDA BUXGALTERIYA HISOBI” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Buxgalteriya balansidagi majburiyatlar va ularning turlari



Kafedra tomonidan ro’yhatga olingan tartib raqami №____

____” _________2023 y. ______


imzo



Talaba: ________________
_____________
imzo



Kurs ishi himoyaga tavsiya qilindi (qilinmadi)
Sana “___” ____________ 2023 y.
Rahbar imzosi:____________

Kurs ishi ball:________ball
Komissiya a’zolari:
______________ ______
______________ ______
______________ ______


Toshkent - 2023






Reja:

bet:




Kirish

3

I.

Buxgalteriya balansi tahlili

5

II.

Balansning tuzilishi va uning moddalari

15

III.

Majburiyatlarning turlari va xususiyatlari

21




Xulosa

25




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

27




KIRISH
Buxgalteriya balansi - bu kompaniyaning muayyan vaqtdagi moliyaviy holatini aks ettiruvchi moliyaviy hisobot. U kompaniyaning aktivlari, majburiyatlari va kapitali haqida hisobot beradi va kompaniyaning moliyaviy salomatligi va to'lov qobiliyati haqida ma'lumot beradi.
Majburiyatlar berilgan korxonaning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi mavjud kreditorlik qarzini aks ettiradi.
Majburiyatlar o’tgan davrdagi bitimlar yoki o’tgan davrdagi voqealar natijasidir,ya’ni korxonada majburiyatlar xosil bo’lishiga xosil bo’lishiga olib keluvchi voqealar sodir etilgan (pul mablag’lari o’tkazilmzgan xolda ish xaqqi, turli ajratmalar,soliqlar xisoblangan,tovarlar xarid qilingan va boshqalar) bo’lishi kerak.Majburiyatni tartibga solis,ya’ni ular bo’yicha xisob-kitoblarni amalga oshirish iqtisodiy naflarni o’zida mujassamlangan iqtisodiy resurslarning oqib ketishiga olib keladi.
Majburiyatlarga banklar kreditlari,boshqa korxonalar qarzlari va kreditorlik qarzi kiradi,ular jamlikda qarz kapitalini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq1:
Joriy aktivlar va joriy majburiyatlar moddalari saldolanmaydi. Buxgalteriya balansining ayrim moddalari boshqa moddalarga kiritilmaydi va ular bilan saldolanmaydi.
Bank kreditlari bir yildan ortiq muddatga olinganda uzoq muddatli va bir yildan kam muddatga olinganda qisqa muddatli turlarga bo’linadi.

Yuridik yoki jismoniy shaxslardan olingan qarzlar ham uzoq muddatli va qisqa muddatli bo’ladi.
Majburiyat bu qarz demakdir,qarzlar ikki turga bo’linadi debitorlik va kreditorlik qarzlar.

I. Buxgalteriya balansi tahlili


Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, xo‘jalik yurituvchi subyektning mulkiy va moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni to‘playdi hamda oshkor qiladi.


Buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, o‘z sarmoyasi, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar hamda ularni oshkor qilishda, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolini tahlil qilishda moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun yordam bera oladigan axborotdan iborat bo‘ladi.
Buxgalteriya balansidagi barcha axborot to‘g‘ri oshkor qilinishi va foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak. Zarur hollarda buxgalteriya balansiga kiritiladigan moddalar ularni tushuntirib beradigan axborotlar bilan to‘ldiriladi.
“Balans” atamasi lotincha “bis” – ikki marta, “banx” – tarozi pallasi so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, ikki palla degan ma’noni anglatadi. U tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi.
Buxgalteriya balansini turli tasnifiy belgilari (tuzilish vaqti, axborot hajmi, aks yettirish obyekti, tozalash usuli) bo‘yicha turlarini tarkiblash mumkin.
Хo’jalik subyektlarini boshqarish uchun, eng avvalo, ulardagi mablag’lar haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish kerak. Shu bilan birga ular, mablag’larning qanday turlariga ega va bu mablag’lar qanday manbalardan tashkil topganligini bilish kerak bo’ladi. Bunday ma’lumotlar umumlashtirilgan hodda pul ko’rsatkichlarida ma’lum bir sanaga berilishi kerak. Mablag’lar tarkibi va qanday maqsadlarga mo’ljallanganligini o’rganish uchun ularni iqtisodiy jihatdan guruhlash zarur. Mana shu ma’lumotlar buxgalteriya balansi yordamida olinadi.
Buxgalteriya balansi xo’jalik mablag’larini ularning turlari va tashkil topish manbalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib, umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruhlash usulidir.

1-jadval


Download 175.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling