Mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat). Bilish amaliyot ijod uyg‘unligi


Gnoseologiyaning mohiyati va mazmuni


Download 87.6 Kb.
bet3/13
Sana31.01.2024
Hajmi87.6 Kb.
#1829338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5-mavzu (1)

Gnoseologiyaning mohiyati va mazmuni. Optimizm. Skeptitsizm. Agnostitsizm. Bilish jarayoni rivojlanish qonuniyatlarining shakllari, haqiqatning tagiga etish imkoniyatlari nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Uning har xil modellari, yondashuvlari mavjud. Materialistik modellar zamirida dunyoning inson ongida aks etish tamoyillari: Demokritda - obrazlar (eydoslar), YAngi davr faylasuflarida - sensor signallari, Berklida - sub'ektning sezgilari yotadi. Leybnits bilishni ilohiylashtirilgan g‘oyaning inson tug‘ma tushunchalariga ta’siri deb hisoblagan. Gegel taklif qilgan modelning zamirida mutlaq g‘oyani anglash yotadi. Max, Avenarius va boshqa sub’ektiv idealistlarda (XIX asr oxiri - XX asr boshlari) bilish jarayoni - bu sezgilarning bo‘sh va tejamli aloqasini amalga oshirishdir.
Inson aqli bilish pillapoyasidan yuqoriga ko‘tarilar ekan, har bir yangi pog‘onada qayta-qayta quyidagi savolga javob topishga harakat qiladi: dunyoni bilish mumkinmi?, bilishning chegaralari bormi? Falsafada bu savollarga javob beruvchi uch asosiy yo‘nalishni farqlash mumkin: optimizm, skeptitsizm va agnostitsizm (Kant va boshqalar). Optimistlar dunyoni bilish mumkinligini ta’kidlaydilar, agnostiklar, aksincha, buni rad etadilar (I.Kant - «narsa o‘zida»). Skeptiklar esa, dunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar (XVIII asrda D.YUm), biroq bilimning haqiqiyligiga shubha bildiradilar. Odatda, skeptitsizm paradigmalar, qadriyatlar, ijtimoiy tizimlar va hokazolar o‘zgarayotgan davrda (yoki uning arafasida), ilgari haqiqiy deb hisoblangan xulosalar fan va amaliyot olgan yangi ma’lumotlar nuqtai nazaridan soxta, asossiz bo‘lib chiqqan holda ravnaq topadi. Skeptitsizm psixologiyasiga xos xususiyat shundan iboratki, u darhol nafaqat eskirgan, balki yangi, shakllanayotgan fikrlar, g‘oyalarni ham toptay boshlaydi. Bu psixologiya zamirida tadqiqotchining yangilikka tashnaligi va inson tafakkurining kuchiga bo‘lgan ishonch emas, balki qachondir qabul qilingan «qulay» tamoyillarga tayanish yotadi. Skeptitsizm ta’limot sifatida, hech shubhasiz, zararlidir, chunki u insonning bilish borasidagi deyarli barcha imkoniyatlarini kamsitadi.
Bilimga chanqoq bo‘lgan, bilishga harakat qilayotgan odam optimist: «Men buning nimaligini bilmayman, biroq bilishga umid qilaman», deydi. Agnostik esa, «Men buning nimaligini bilmayman va hech qachon bila olmayman», deb ta’kidlaydi. YUzaki skeptitsizm, ko‘r-ko‘rona fanatizm kabi, dunyoqarashi tor odamlarda ko‘p uchraydi. F.Laroshfuko ta’biri bilan aytganda, kaltabin odamlar odatda o‘z dunyoqarashi doirasidan chetga chiqadigan hamma narsani qoralaydi. Biroq oqilona darajadagi skeptitsizm foydali va hatto zarur. Bilish usuli sifatida skeptitsizm shubha shaklida amal qiladi, bu esa haqiqatning tagiga etish sari tashlangan qadamdir. SHubha eskirgan, qotib qolgan aqidalarning tagiga suv quyadi, ularga putur etkazadi. U - rivojlanayotgan fanning muhim unsuri. Bilimsizlik qayd etadi va inkor qiladi, bilim - shubhalanadi.
Biroq bu uch yo‘nalishni farqlash, bizningcha, masalani soddalashtirishdan boshqa narsa emas. To‘g‘ri, agnostiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etadilar, ammo bu ko‘r- ko‘rona, hech narsaga asoslanmagan inkor etish emas. Ular ko‘rsatayotgan ko‘pgina savollarga chindan ham hali javob topilmagan. Agnostitsizmga olib keluvchi asosiy muammo shundan iboratki, narsa yoki hodisani bilish jarayonida bu narsa yoki hodisa albatta bizning tafakkur va sezgi a’zolarimizda aks etadi. Bu narsa yoki hodisa bizning tafakkur va sezgi a’zolarimizda aks etish natijasida qanday ko‘rinish kasb etgan bo‘lsa, biz ular haqida shunday ma’lumotga ega bo‘lamiz. Narsalar va hodisalar aslida qanday ekanligini biz bilmaymiz va bilishimiz mumkin ham emas. Qarshimizda bosh-adog‘i yo‘q dunyo yastanib yotadi, biz esa unga o‘z formulalarimiz modellarimiz va tushunchalarimiz bilan yaqinlashib, cheksizlikni o‘z tasavvurlarimiz bilan ilg‘ab olishga harakat qilamiz. Tushunchalar, kategoriyalar va nazariyalar «tugunlari»ni qay darajada qattiq qilib tugmaylik, dunyoni tushunib etishga shu yo‘sinda da’vogar bo‘lishimiz to‘g‘rimi? Bundan chiqdi, biz o‘z bilish usullarimiz bilan chegaralangan dunyoda yashaymiz va olam haqida haqqoniy bir gap aytishga qodir emasmiz.
Biroq bilish fanining rivojlanishi agnostitsizmning bu amaliy xulosasini har qadamda rad etadi. Masalan, pozitivizm asoschisi O.Kont insoniyat Quyoshning kimyoviy tarkibini aniqlashga qodir emas, deb ta’kidlagan edi. Biroq keyinchalik spektral analiz yordamida Quyosh tarkibi aniqlandi. XIX asr fanining ba’zi bir namoyandalari atomlar amalda mavjud emas, ular faqat tafakkur mahsuli, deb hisoblar edi. Biroq E.Rezerford atomlar amalda mavjud ekanligini isbotlab berdi, oradan yarim asr o‘tgach, genlarning keng kimyoviy tarkibi aniqlandi.
SHunga qaramay, bugungi kunda ham agnostik xulosalarni neopozitivizm, fenomenologiya, ekzistensializm, pragmatizm va hokazolarda kuzatish mumkin. Ularning agnostitsizmi nafaqat gnoseologik xususiyatga ega bo‘lgan sabablar, ichki mantiq bilan, balki ma’lum darajada D.YUm va O.Kont falsafasi boshlab bergan an’ana bilan ham belgilanadi. Agnostsizm haqida so‘z borar ekan biz beixtiyor I. Kantga murojaat qilamiz

Download 87.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling