Mavzu. Bilish metodologiyasi asosiy tushunchalari


MAVZU: TIL VA KOMMUNIKATSIYA – TUSHUNISH VOSITASI


Download 375.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana28.12.2022
Hajmi375.56 Kb.
#1018541
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-joriy nazorat

MAVZU: TIL VA KOMMUNIKATSIYA – TUSHUNISH VOSITASI 
REJA
1. Til va kommunikatsiya tushunchasi. 
2. Til va nutq dialektik munosabati. 
3. Bilishda haqiqat va amaliyot uyg‘unligi.
4. Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari. 


KOMMUNIKATSIYA (lot. communicatio — umumlashtiraman, bogʻlayman) — 
1) kibernetikada — informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. Jismoniy va 
ijtimoiy nuqtayi nazardan yondoshiladigan Kommunikatsiyalar mavjud. Jismoniy 
nuqtayi nazardan yondoshiladigan Kommunikatsiyani aloqa ham deb ataladi. Aloqa 
faza joylashgan nuqtalar, qurilmalar yoki kishilar oʻrtasida mos aloqa kanalы 
boʻyicha axborotlarni uzatish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Inson yaratgan 
texnikaviy tizimlarda quyidagi 4 ta asosiy Kommunikatsiya turi bor: «inson-inson», 
«inson-mashina», «mashina-inson», «mashina-mashina». Texnikaviy darajadagi 
Kommunikatsiya jarayonlarida turli xil sunʼiy tillar (mas, algol, kobol va 
axborotlarni avtomatik qayta ishlash uchun moʻljallangan boshqa tillar)dan 
foydalaniladi. Ijtimoiy nuqtayi nazardan yondoshiladigan Kommunikatsiya guruh 
yoki tashqilot ichidagi, butun jamoa ichidagi alohida shaxslar oʻrtasida axborot 
almashish jarayonini oʻz ichiga oladi. Bunday turdagi Kommunikatsiya, asosan, 
tabiiy til yordamida amalga oshiriladi. Yakka Kommunikatsiyada inson axborotni 
aniqlashi va idrok etishi (oʻzlashtirishi) katta ahamiyatga ega. Guruh yoki tashqilot 
ichidagi Kommunikatsiya uchun shu guruh yoki tashqilot aʼzolari orasida 
munosabatlarning taqsimlanishi, qabul qilingan Kommunikatsiya qoidalarining 
xususiyatlari ahamiyatli; 
2) transport, aloqa yoʻllari va shahar xoʻjaligi yer osti tarmoqlari. Shahar xoʻjaligi 
yer osti tarmoqlariga shaharni suv, elektr energiyasi, issiqlik, gaz bilan taʼminlash 
uchun yer ostidan oʻtkaziladigan suv quvurlari va kabellar kiradi. Yer osti tarmoqlari 
koʻcha va maydonlar ostidan oʻtkaziladi. Katta shaharlarda suv quvurlari va kabellar 
bir umumiy kollektordan oʻtkaziladi, natijada Kommunikatsiyani taʼmirlash vaqtida 
yoʻllarni qayta buzib-tuzatishga hojat qolmaydi; Z) hayvonlarda birbiri bilan 
«muloqot qilish»dagi «signalli» usullar majmui. Har bir tur hayvon uchun «oʻziga 
xos» K. «signallari» boʻladi. 
Muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va 
axborot almashinuvi 


Kommunikatsiya – o‘zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot 
almashinuvi jarayoni. 
Kooperatsiya - hamkorlik faoliyatini tashkillashtirish, guruh maqsadlariga erishishni 
ta’minlab beruvchi o‘zaro ta’sir. 
Muloqot – hamkorlikda faoliyat ehtiyoji bilan taqazolangan aloqa o‘rnatish va uni 
rivojlantirish jarayoni 
Verbal kommunikatsiya. Inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo‘llaniladi 
Kommunikatsiya-tirik va o‘lik tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini 
anglatadi 
Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va 
avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z harakatla¬rini rejalashtirish 
maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. 
Nizo – muloqot ishtirokchilarining har biri muhim bo‘lgan muammoni hal etish 
vaqtida ular o‘rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin 
kuchayib ketish jarayonidir 
Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi 
ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat 
bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur 
aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi 
tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi 
tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar 
turi muloqot deb ataladi. 
1. Мuloqot haqida tushuncha 
«Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq 
odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot 
almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. YOki: muloqot – 


odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot 
almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok 
qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning 
murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va 
aniq ta’rifidir. 
Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan 
shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai 
nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar. 
Muloqot mazmuni – bu individualliklararo aloqalarda bir tirik jonzotdan 
ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki 
motivatsion yoki emotsional holati haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Muloqot 
orqali bir tirik mavjudotdan ikkinchisiga, tirik mavjudotni ma’lum tartibda aloqaga 
kirishishga yo‘naltiruvchi, ularning emotsional holatlari (mamnunlik, shodlik, 
g‘azab, qayg‘u, hijron va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar o‘tishi mumkin. Bunday 
axborot odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Biz, ochiq ko‘ngilli va shodlanayotgan odamga qaraganda, g‘azablanayotgan yoki 
azob chekayotgan odamga nisbatan o‘zimizni boshqacha tutamiz. Bir mavjudotdan 
boshqasiga etkaziladigan tashqi muhit holati haqidagi ma’lumot, masalan, xavfdan 
yoki yaqin atrofda ijobiy, biologik muhim omillarning, deylik, ozuqaning 
mavjudligi haqidagi ogohlantirish muloqot mazmuni bo‘lishi mumkin. Odamda 
muloqot mazmuni hayvonlarnikiga qaraganda ancha kengroqdir. Odamlar bir-biri 
bilan dunyo haqidagi bilimlar, orttirilgan tajriba, layoqatlar, malaka va 
ko‘nikmalarni jamlagan axborot bilan almashadilar. Inson muloqoti ko‘p jismli 
bo‘lib, ichki mazmuniga ko‘ra turli-tumandir. 
Muloqot maqsadi – bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. 
Hayvonlarda muloqot maqsadi bo‘lib boshqa tirik jonzotni ma’lum harakatga 
chorlash, u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi ogohlantirish 


xizmat qilishi mumkin. Masalan, ona o‘z tovushi yoki harakati bilan bolasini 
xavfdan ogoh etishi mumkin; podadagi ba’zi hayvonlar boshqalarni ularga hayotiy 
muhim daraklar etib kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin. 
Odamda muloqot maqsadlari soni ko‘payadi. Ularga yuqorida sanab o‘tilganlardan 
tashqari, dunyo haqidagi bilimlarga ega bo‘lish va etkazish, ta’lim va tarbiya, 
odamlarning hamkorlik faoliyatlaridagi turli harakatlarning muvofiqlashuvi, shaxsiy 
va ish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning oydinlashtirilishi, o‘rnatilishi va boshqalar 
ham kiradi. Agar hayvonlarda muloqot maqsadlari ular uchun dolzarb bo‘lgan 
biologik ehtiyojlarni qondirishdan iborat bo‘lsa, odamlarda ular ko‘plab turli: 
ijtimoiy, madaniy, bilish, ijodiy, estetik, aqliy o‘sish, ahloqiy rivojlanish kabi 
ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib hisoblanadi. 
Muloqot, odatda, beshta: shaxslararo, kognitiv, kommunikativ-axborotli, emotiv va 
konativ tomonlarining birligida namoyon bo‘ladi. 
Muloqotning shaxslararo tomoni insonning bevosita atrof-muhiti: boshqa odamlar 
va o‘z hayotida bog‘liq bo‘ladigan umumiyliklar bilan o‘zaro ta’sirini aks ettiradi.[2] 
Muloqotning kognitiv tomoni suhbatdoshning kim, qanday odam ekanligi, unlan 
nima kutish mumkinligi haqidagi, shuningdek, sherikning shaxsi bilan bog‘liq 
bo‘lgan boshqa ko‘pgina savollarga javob berish imkonini beradi. 
Muloqotning kommunikativ-axborotli tomoni tasavvurlar, g‘oyalar, qiziqishlar, 
hissiyotlar, mayllar va sh.o‘.lari turlicha bo‘lgan odamlar o‘rtasidagi almashinuvdan 
iborat. 
Muloqotning emotiv tomoni sheriklarning shaxsiy aloqalaridagi his-tuyg‘ular, 
kayfiyatning vazifa bajarishlari bilan bog‘liq. 
Muloqotning konativ (hulq-atvor tomondan) tomoni sheriklar qarashlaridagi ichki 
va tashqi qarama-qarshiliklarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. 


Muloqot vositalarini muloqot jarayonida bir tirik jonzotdan boshqasiga 
etkaziladigan axborotni kodlashtirish, uzatish, qayta ishlash va ochib berish 
vositalari sifatida ta’riflash mumkin. 
Muloqot vositalariga quyidagilar kiradi: 
1. Til – muloqot uchun qo‘llaniladigan so‘zlar, ifodalar va ularni muloqotda qo‘llash 
uchun ma’noli iboralarga birlashtirish qoidalari tizimi, shuningdek, turli ko‘rinish 
va shakllardagi (matnlar, chizmalar, suratlar), axborot yozish, etkazish va 
saqlashning texnik vositalari (radio- va videotexnika, yozuvning mexanik, magnitli, 
lazerli va boshqa shakllari) dagi belgilar tizimlari va yozuvdan iborat. 
2. Ohang, emotsional ifodalanganlik, bir xil iboraga turlicha ma’no berishga qodir. 
3. Suhbatdoshning mimikasi, gavda holati, nigohi ibora ma’nosini kuchaytirishi, 
to‘ldirishi yoki rad etishi mumkin. 
4. Imo-ishoralar muloqot vositasi sifatida umumiy qabul qilingan, ya’ni, belgilangan 
ma’noga ega bo‘lishi yoki ekspressiv, ya’ni, nutqning ifodaliligini yanada oshirishi 
mumkin. 
5. Suhbatdoshlar muloqotidagi masofa madaniy, milliy an’analarga, suhbatdoshga 
bo‘lgan ishonch darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Inson o‘zining tur ichidagi muloqot usullari va vositalarini tanlashdagi 
kashfiyotchiligi bo‘yicha Er sayyorasida bizga ma’lum tirik mavjudotlarni ancha 
quvib o‘tdi. 
Muloqot quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: 
- muloqotga bo‘lga ehtiyoj (axborotni etkazish yoki undan xabardor bo‘lish, 
suhbatdoshga ta’sir ko‘rsatish zarur, va h.k.) boshqa odamlar bilan aloqaga 
kirishishga undaydi; 
- muloqot maqsadlari, muloqot vaziyatini to‘g‘ri belgilash; 


- suhbatdosh shaxsini belgilash; 
- o‘z muloqoti mazmunini rejalashtirish, odam aynan nima haqida so‘z yuritishini 
tasavvur qiladi (odatda anglanmagan holda); 
- inson ongsiz ravishda (ba’zan ongli) foydalanishi mumkin bo‘lgan aniq vositalar, 
nutqiy iboralarni tanlaydi, qanday gapirib, o‘zini qanday tutishini o‘ylab qo‘yadi; 
- suhbatdoshning javob reaksiyasini idrok qilish va baholash, qaytar aloqa o‘rnatish 
asosida muloqot samaradorligini nazorat qilish; 
- muloqot yo‘nalishi, uslubi, metodlariga tuzatishlar kiritish. 
Agar muloqot aktining biror-bir halqasi izdan chiqqudek bo‘lsa, so‘zlovchi 
muloqotdan kutgan natijalariga erisha olmaydi. 
Insonning hayvonot olamidan farq qiluvchi, uning fiziologik, psixik va ijtimoiy 
rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiruvchi asosiy xususiyatlardan biri nutq deb 
ataluvchi alohida psixik jarayonning mavjudligi hisoblanadi. Nutq – bu odamlarning 
til vositasida muloqot qilishi. Gapira olish va begona tilni tushunish malakasiga ega 
bo‘lish uchun tilni bilish va undan foydalana olish zarur. 
2. Мuloqotning inson filogenetik va ontogenetic rivojlanishidagi ahamiyati 
vazifalari va turlari 
Inson muloqotda shakllanadi, rivojlanadi va shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. 
Ijtimoiy muloqotda ruhiyat taraqqiy etadi va individ o‘zini hayotga joriy etadi. 
Ruhiy jihatdan rivojlangan odamlar bilan muloqotda bo‘lish orqali, ilm olishga 
bo‘lgan keng imkoniyatlar evaziga inson o‘zining barcha yuksak qobiliyat va 
sifatlarini egallab borib, shaxsga aylanadi.[2] 
Tirik mavjudotlar muloqoti filo- va ontogenezda rivojlanadi. Bu rivojlanish 
jarayonning barcha asosiy tomonlari: mazmuni, maqsadlari va vositalarini egallaydi. 
Muloqotning filogenetik taraqqiyoti muloqot mazmunining o‘zgarishi bilan bog‘liq 
bo‘lib, quyidagi fikrlarda o‘z ifodasini topadi: 


- bir mavjudotdan ikkinchisiga etkaziladigan muloqot mazmunining yangi axborot 
bilan boyitilishi. Avvalo – bu organizmning ichki, biologik holatlari haqidagi 
ma’lumotlar; so‘ngra – tashqi muhitning hayotiy muhim xossalari haqida axborot. 
SHundan so‘ng muloqot mazmuniga kognitiv xususiyatga ega bo‘lgan, ob’ektiv, 
tirik jonzotning xususiy ehtiyojlaridan mustaqil bo‘lgan tushunchalar ko‘rinishidagi 
olam haqida bilimlarini ifoda etuvchi axborot kiradi. Bu, endi, inson darajasida, 
muloqot evolyusion rivojlanishining birinchi ikki bosqichi esa hayvonlar darajasi 
sodir bo‘ladi; 

maqsadlarning 
boyitilishi o‘zaro muloqotda bo‘ladigan organizmlar 
ehtiyojlarining o‘zgarishi va rivojlanishi bilan bog‘liq: bu ehtiyojlar qanchalik 
turlicha va yuksak bo‘lsa, muloqotning maqsadli nuqtai nazari ham shunchalik 
xilma-xil va takomillashgan bo‘ladi. 
Muloqot vositalarining filo- va ontogenezdagi taraqqiyoti bir necha yo‘nalishlarda 
boradi. Birinchidan, bu muloqotchanlik vositalarining maxsus organlari. masalan. 
qo‘llarning ajralishi. Ikkinchidan, ekspressiv ko‘rinishdagi harakatlar (imo-ishora, 
mimika, pantomimika)ning rivojlanishi. Uchinchidan, axborotlarni etkazish va 
kodlashtirishning vositasi bo‘lgan belgili tizimlarni kashf etish va qo‘llash. 
To‘rtinchidan, insonlar muloqotida qo‘llaniladigan axborot etkazish va qayta tuzish, 
saqlashning texnik vositalarini rivojlantirish va takomillashtirish (matbuot, radio, 
televidenie, telefon, telefaks, texnik yozuvning magnitli, lazerli va boshqa usullari 
va h.k.). 
Bolaning ruhiy taraqqiyotida ontogenezning dastlabki bosqichi davridagi uning 
kattalar bilan muloqoti, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Muloqotda, 
avvalo,to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqlid qilish, keyinchalik vikar o‘rganish, so‘ngra esa, 
verbal o‘rganish – iborali qoidalar orqali bolaning hayotiy tajribasi orttirilib boriladi. 
U bilan muloqotda bo‘ladigan odamlar bola uchun bu tajribani tashuvchi bo‘lib 
xizmat qiladi va muloqotdan tashqari, boshqa hech qanday vosita yordamida bunga 
erishib bo‘lmaydi. 


O‘z tadqiqotlarida R.S. Nemov inson muloqoti taraqqiyoti ontogenezi va uning 
asosiy bosqichlarini ko‘rib chiqadi. Uning ta’kidlashiga ko‘ra, inson bolasi o‘zida 
odamlar bilan emotsional muloqotga kirishishga bo‘lgan layoqatni uch oyligida 
sezadi (jonlanish kompleksi), bir yoshga etganda esa uning ekspressiyasi shunchalik 
boyib ketadiki, muloqotning verbal tilini tezda o‘zlashtirib olish, tovushli nutqdan 
foydalanish imkonini beradi. 
Til va nutq dialektikasi nazariy tilshunoslikning, shuningdek, amaliy 
tilshunoslikning hamda psixologiya, falsafa, mantiq kabi fanlarning ham muhim va 
murakkab muammolaridan biri bo'lib, ayni masala jahon tilshunosligining doimiy 
diqqat markazida turgan va hozirda ham shunday. 
XX asr tilshunosligining - sistem tilshunoslikning bosh, asosiy mezoni til va nutq 
munosabati, til va nutq hodisalarini, birliklarini farqlash bo'ldi. Ushbu muammo 
tarixiga nazar tashlasak, professor H.Ne'matovning ma'lumot berishicha, til va nutq 
hodisalarini o'zaro farqlash dastlab U VII-IX asrlarda shakllangan arab 
tilshunosligining til o'rganish usullarida ko'rish mumkin. 
Professor 
A.Nurmonovning 
tadqiqotida 
esa 
temuriylar 
davri 
o'zbek 
tilshunosligining sardori bo'lgan Alisher Navoiy asarlarida til va nutq hodisalari 
farqlangani, alloma shu masalaga alohida e'tibor bergani qayd etiladi. Til va nutq 
muammosi umumiy nazariy tilshunoslikning asoschisi bo'lgan Vilgelm fon 
Gumboldtning tildagi energeo (harakat, jarayon, kuch) va ergon (mahsulot), 
tilshunoslikdagi psixologizm oqimining asoschisi G.Shteyntalning tildagi «barqaror 
mohiyat» va «harakatdagi kuchlar», buyuk nazariyotchi va amaliyotchi tilshunos 
Boduen de Kurtenening «tildagi barqarorlik va o'zgaruvchanlik» haqidagi 
ta'limotlarida ham beriladi. 
Ta'kidlash shart, til va nutq dialektik munosabati o'zining dastlabki haqiqiy, 
mukammal ilmiy nazariy yechimini tilshunoslik fanida keskin burilish yasagan 
buyuk tilshunos olim Ferdinand de Sossyur asarlarida topdi. Demak, til va nutq 
masalasi nafaqat sistem tilshunoslikning, umuman, jahon tilshunosligi fanining 


hamma davrlaridagi ham diaxron, ham sinxron bosqichlaridagi eng jiddiy nazariy 
muammosi bo'lgan va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. Negaki, 
tilshunoslikning ushbu o'ta murakkab va o'ta dolzarb muammosisiz nafaqat nazariy-
umumiy tilshunoslikning, balki xususiy-amaliy tilshunoslikning ham qator eng 
muhim, asosiy masalalarini to'liq, mukammal va ob'ektiv hal qilib bo'lmaydi. 
Shunga ko'ra til va nutq dialektikasi jahon tilshunosligi fanining doimiy 
muammolaridan biri sifatida qolaveradi. 
Sho'ro davri tilshunosligida, ayniqsa 60 yillardan boshlab, til va nutq masalasiga 
alohida e'tibor berila boshladi. Aniqrog'i, F. de Sossyur tomonidan xalqning aloqa 
qilish, fikr ifodalash vositasining til va nutq deb berilishi, bularning bir-biridan 
farqlanishi olimlar o'rtasida fikrlar qarama-qarshiligini tug'dirdi. Bir qator olimlar til 
va nutq o'zaro farqlanmaydi, aslida farqlanmaydigan bitta ob'ekt mavjuddir, til va 
nutq bir narsa, desa, boshqa bir qator olimlar til va nutqni albatta farqlash kerak, 
bular farqlanadi, degan g'oyani ilgari suradi. 
Xullas, hozirda til va nutqni, til va nutq hodisalarini, birliklarini farqlash 
umumtilshunoslikda, shuningdek, o'zbek tilshunosligida ham mustahkam o'rin 
egalladi. 
Til va nutq dialektikasida til o'ziga xos murakkab tuzilishga (strukturaga) ega 
bo'lgan bir butun sistema sifatida faoliyat ko'rsatadi. Demak, F.de Sossyur mutlaqo 
to'g'ri ta'kidlaganidek, til sistemadir. Til sistemasining bir-biri bilan uzviy 
bog'langan tovush tomoni, lug'at tarkibi, grammatik qurilishi mavjud bo'lib, ular 
birgalikda bir butunlikni, sistemani tashkil qiladi. Tilning sistem xarakteri aslida 
qayd etilgan sathlar, qatlamlar (yaruslar) bilan belgilanadi, asoslanadi. Ayni vaqtda 
ushbu satxlarning har biri o'ziga xos sistema ichki sistema bo'lib, til sistemasining 
tarkibiga kiradi. Demak, til sistemalar sistemasi super sistema, makrosistema 
sifatida jamiyatga xizmat qiladi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'ladi, ijtimoiy amaliy 
vazifa bajaradi. 


Tilning ijtimoiy mohiyati jamiyatda aloqa aralashuv quroli bo'lishida ko'rinadi. 
Shunga ko'ra professor. S.Usmonov «Insonlar orasidagi munosabat uchun xizmat 
qiladigan narsa, albatta, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lishi lozim. Chunki bunday 
munosabat, aloqa kollektiv ichida, jamiyatda voqea bo'ladi», deydi. 
Tilning material mohiyati haqida fikr yuritilganda, tilni belgilar sistemasi yoki 
semiotik sistema deb qarash hozirda tilshunos olimlar tomonidan qabul qilingan. 
Masalan, professor V.M.Solnsev «Til tipik semiotik yoki belgilar sistemasidir » 
desa, tilshunos B.V.Kosovskiy «til o'zining material mohiyatiga ko'ra belgilar 
sistemasini yoki semiotik sistemani hosil qiladi», deb alohida qayd etadi. Xullas, til 
super sistema sistemalar sistemasi sifatida jamiyat uchun tarixan mukammal 
yaratilgan, barchaga birday xizmat qiladigan va barcha uchun umumiy bo'lgan, 
asosan fikr ifodalash, fikrni moddiy qilish uchun ishlatiladigan alohida so'zlar, 
gaplar nutq birliklaridan, ifoda vositalaridan, ularning o'zaro mantiqiy bog'lanishi 
uchun, nutqni qurish uchun xizmat qiladigan qonun-qoidalardan tashkil topadi. 
Til o'zining jamiyatdagi kommunikativ (informativ, ekspressiv, emotiv, volyuntativ 
va boshq.) vazifasini qanday ko'rinishda, qanday «qiyofada», qanday shaklda 
amalga oshiradi? 
Ijtimoiy-psixik jarayon bo'lgan til o'zining jamiyatdagi kommunikativ, umuman har 
qanday vazifasini nutq shaklida, nutq ko'rinishida, nutq orqali amalga oshiradi. 
Nutq til sistemasining so'zlashuv, flkr almashuv jarayonidagi yoki yozuvdagi 
muayyan ifodasidir, ko'rinishidir, holatidir. Shunga ko'ra, S.Usmonov til qachon 
ma'lum funksiyani bajarishi mumkin degan savolni o'rtaga tashlab va quyidagicha 
javob beradi. Demak, uning fikricha, til nutq sifatida namoyon bo'lgandagina 
ma'lum funksiyani bajarishi mumkin . Miyamizda (ongimizda) ob'ektiv olamning 
ta'siri tufayli hosil bo'lgan tushunchalar, tasavvurlar, turli xil fikrlar, demak, ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo'lgan til (nutq) orqali voqelashadi. Yana ham aniqrog'i, har qanday 
fikrni ifodalash, boshqalar bilan aloqada bo'lish, faqat til materiali orqali amalga 
oshadigan real, jonli nutq jarayonida sodir bo'ladi. Til aloqa quroli, insonlar 


orasidagi munosabat vositasi deb baholanishida til materialiga asoslangan nutq 
ko'zda tutiladi. 
Ichki ideal jarayon, tashqi material voqelikka o'tar ekan, aylanar ekan, bu o'tish 
jarayon faqat nutq asosida, ya'ni hamma vaqt til materialiga suyanadigan nutq orqali 
amalga oshadi. Nutq uchun esa asos (baza) vazifasini til boyligi, til materiali o'taydi. 
Til materialini S.Usmonov ikkiga bo'ladi: 
Psixik material. Bu so'z, morfema va fonemalarning xotiradagi obrazi (qiyofasi). 
Moddiy material. Bu nutq yaratish chog'ida belgili tovush qobig'iga ega bo'lgan, aniq 
talaffuz qilinayotgan so'zlar, morfemalar va tovushlardir. 
Demak, real, ya'ni mavjud jonli nutqning til birliklaridan tashkil topishi isbot talab 
qilmaydigan haqiqatdir. Qiyoslang: Bizning davrimiz bozor iqtisodiyotiga o'tish 
davridir, gapi real nutq bo'lib, u tovush materiyasiga ega bo'lgan real til birliklaridan 
tashkil topadi. Aniqrog'i, ushbu gap: biz, ning, davr, i, miz, bozor, iqtisod, i, yot, i, 
ga, o't, ish, davr, i, dir kabi aniq til birliklaridan so'z (leksema) va affiksal 
morfemalardan tarkib topgan. Demak, ayni gapni qayd etilgan til birliklariga so'z 
(leksema) va affiksal morfemalarga ajratish, aslida, uni real til birliklariga ajratish 
demakdir. «Ammo ajratishdan hosil bo'lgan har bir element o'sha nutq o'tib 
ketganidan keyin o'z material qobig'ini yo'qotib, ma'lum obrazlar sifatida doimiy 
ravishda xotirada saqlanadi. Xotiradagi bu elementlar endi moddiy hodisa bo'lmay, 
psixik hodisadir. Psixik hodisadan esa lozim bo'lganida nutq a'zolarining faoliyati 
tufayli yana moddiy hodisa hosil qilish mumkin» 
Ma'lum bo'ldiki, psixik hodisa bilan real nutq orasidagi oraliq hodisa xotiradagi real 
til elementlarining, til birliklarining nutq tuzish vaqtida talaffuz orqali ro'yobga 
chiqariladigan real ekvivalentlaridir. 
Demak, xotiradagi til elementlarining obrazlari nutq faoliyati vaqtida real til 
elementlariga aylanadi. Zotan, real elementlar aslida birlamchi bo'lib, ularning 


ongdagi (xotiradagi) obrazlari ikkilamchidir va ular real elementlar tufayli hosil 
bo'ladi. 
Til «tashqi» jihatdan ham moddiy, ham psixik hodisa. Uning moddiyligi tovush 
materiyasi bo'lsa, psixik hodisaligi xotirada saqlanish xususiyatidir. Tilning ijtimoiy 
vazifasi moddiylikda ko'rinadi. Tildagi moddiylik so'z, so'z birikmasi 
va.morfemalarning tovush materiyasiga o'ralganligida namoyon bo'ladi. Xuddi shu 
xususiyat tildan ijtimoiy maqsadda foydalanish imkoniyatini beradi. 
Ma'lum bo'ldiki, tildan fikr almashuv kommunikatsiya maqsadida foydalanish 
jarayoni nutqdir. Hozirgi vaqtda nutqning til materiali orqali aloqa qilish jarayoni 
ekanligi tajriba yo'li bilan ham isbotlangan. Masalan, psixolog V.A.Artemov 
«Eksperimental - fonetik va eksperimental - psixologik tadqiqotlar nutqning til 
orqali aloqa qilish jarayoni ekanligiga bizni ishontirmoqda. Hozirda ko'pchilik 
psixologlar, stilist va tilshunoslar ushbu fikrga kelishgan». Demak, til nutq orqali, 
nutq esa til materiali orqali amalga oshadi. 
Akademik I.P.Pavlov tomonidan ikkilamchi signallar sistemasi deb nom olgan 
tilning nutq bilan chambarchas bog'liqligini yana shundan ham bilish mumkinki, har 
bir til tarixiy taraqqiyot davomida, odamlarning nutq vositasi bilan aloqa bog'lash 
jarayonida vujudga keladi. 
Til va nutq o'rtasidagi bog'liqlik, o'zaro aloqadorlik yana quyidagilardan ham 
ma'lum bo'ladi. Til nutq asosida tashkil topadi va nutq orqali reallashadi. Til bir 
vaqtning o'zida ham asos, ham nutq mahsuli. Til aloqa uchun material bersa, nutq 
shu materialdan fikr shakllantirishdir. F. de Sossyur aytganidek, til bizga nutq 
tushunarli bo'lishi uchun zarur bo'lsa, nutq esa tilning taraqqiyoti, yashashi, 
shakllanishi uchun zarur. Tarixiy jihatdan nutq faktlari tildan oldin keladi. Shu 
o'rinda proffessor. B.A.Serebrennikovning fikrini ham keltirish maqsadga to'la 
muvofiqdir. U ta'kidlaganidek « Til nutq jarayonida foydalaniladi. Har bir nutq 
faoliyatida til elementlari ishtirok etadi. Agar til sistem xarakterga ega bo'lsa, nutq 


ham til elementlari asosida namoyon bo'lgandan keyin sistem xarakterga ega 
bo'ladi». 
Bizningcha ham nutq sistemadir, sistem xarakterga egadir. Ammo u tilga nisbatan 
ikkinchi darajali sistema bo'lib, til sistemasiga asoslanadi, undan imkoniyat sifatida 
foydalanadi. Til sistemasi asosida nutqiy sistema, nutq faoliyati, fikrni ifodalash 
sistemasi yuzaga keladi. Shuningdek, nutq (nutqiy faoliyat) fikrni ifodalash jarayoni 
ekan, ayni jarayonda ishtirok etuvchi birliklar o'zaro mantiqiy, zaruriy munosabatga 
kirishib, bir butunlikni sistemani, masalan, nutqni, gapni hosil qiladi. Qolaversa, 
nutqdagi - fikr ifodalash jarayonidagi so'z ham, so'z birikmasi ham, gap ham, matn 
ham o'ziga xos mikro va makrosistemalardir. 
Tilning yashashi, mavjudligi, taraqqiyoti nutq orqali bo'ladi. Masalan, men o'z 
nutqimda o'zbek tilidan foydalanib gapiryapman, demak, bu o'zbek tilining 
mavjudligi, uning yashayotganligidir. Ko'rinadiki, tilning har bir aniq ko'rinishi real 
nutqdir, nutq faoliyatidir. Jonli nutq yoki real nutq bu tilning mavjudligi, uning faol 
harakatidir. Til inson xotirasida mavjud lisoniy (lingvistik) birliklardan va 
qoidalardan iborat xazinadir. Nutq esa ushbu birliklarning muayyan qoidalar 
asosidagi faol harakati, muayyan ijtimoiy vazifa bajarishi, ya'ni nutq jarayondir, 
amaliyotdir. Til ham, nutq ham ijtimoiy hodisadir. Ijtimoiy xarakterga ega bo'lgan 
til va nutq biri ikkinchisi orqali amalga oshadi, ya'ni til nutq orqali, nutq esa til orqali 
voqelashadi, namoyon bo'ladi. Til va nutq o'zaro aloqador, bir-biri bilan bog'liq, biri 
ikkinchisiz mavjud bo'lmaydigan, ammo bir-biridan farqi bo'lgan ijtimoiy 
hodisalardir. Demak, til va nutq o'zaro bog'liq bo'lgani bilan aynan bir xil narsa 
emas. Psixolog P.I.Ivanov: «Biz biror kishiga: siz qaysi tilda (yoki tillarda) 
gaplashasiz deb savol berganimizda, biz shu kishining nutqi, gapi bilan uning o'z 
nutqida qanday til (yoki tillar)dan foydalanishini aniq bilamiz», deydi. 
Har bir kishining o'z nutqi bor va nutqida bir yoki bir necha tildan foydalanib 
gapiradi. Shu bilan birgalikda har bir kishining nutqi uning yoshiga, bilimiga, 
umumiy ma'naviy-madaniy saviyasiga qarab, o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. 
Bundan esa nutqning individual hodisa ekanligi kelib chiqadi. Lekin biz yuqorida til 


ham, nutq ham ijtimoiy hodisa degan edik. Gap shundaki, nutq haqiqatan ham 
individual. 
Nutq individual o'zining bajarilishiga, sodir bo'lishiga ko'ra, ya'ni u individ, alohida 
kishi tomonidan amalga oshadi. Ammo o'zining vazifasiga ko'ra esa nutq ijtimoiydir. 
Demak, nutq individual deganda, uning individ alohida shaxs tomonidan amalga 
oshirilishi, bajarilishi ko'zda tutilsa, nutq ijtimoiy deganda, uning ahamiyati, 
vazifasi, ommaviyligi tushuniladi. 
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan tilni ham ma'lum ma'noda individual deyish 
mumkin. Chunki til materiali (elementlari, birliklari) psixikada, xotiramizda 
mavjud. Shuning uchun ham S.Usmonov: «Til elementlari jamiyat a'zolarining 
xotirasida mavjud», deydi. 
Demak, til individual nutq shaklida faoliyat ko'rsatadi. Til va nutq ham ijtimoiy, ham 
individual. Tiddagi ijtimoiylik nutq orqali namoyon bo'ladi. «Tildagi ijtimoiylik 
yashirin, ichki hodisa bo'lsa, nutqdagi ijtimoiylik tashqi, real hodisadir». 
Til mavhumdir, nutq esa aniqdir, ya'ni nutqni eshitamiz, akustik qabul qilamiz va 
ko'ramiz (matnda). Nutq doimo aniq bo'lib, muayyan o'rinda (joyda) va muayyan 
vaqtda yuz beradi. Nutq so'zlovchining, tinglovchining va predmetning fikr 
yuritilayotgan predmetning mavjud bo'lishini talab qiladi. Nutq akti hamma vaqt 
ijodiy akt. Chunki har bir kishi o'z fikrini muayyan shakl so'z, nutq orqali 
ifodalayotganida o'zining bilimiga, lug'at xazinasiga, hayot tajribasi va madaniy 
saviyasiga suyanadi. Nutq harakatchan, dinamik, jonli bo'lsa, til statik, stabildir. 
Nutq alohida shaxsga, individga bog'liq. Til esa alohida shaxsga, individga bog'liq 
emas. 
Tilning ijodkori, yaratuvchisi xalq. A.A.Potebnya aytganidek, til xalqning 
mahsulidir. Nutqning esa ijodkori individdir, insondir. Nutq baland va past, tez yoki 
sekin, uzun yoki qisqa, mimikali yoki mimikasiz, qo'l harakati bilan (jest) yoki qo'l 
harakatisiz, aniq yoki noaniq bo'lishi mumkin, tilga bunday ta'rif-tavsif to'g'ri 
kelmaydi. 


Nutq ham monologik, ham dialogik bo'la oladi. Til esa monologik ham, dialogik 
ham bo'la olmaydi. Til - aloqa quroli, nutq - aloqa usuli. Til imkoniyat, nutq voqelik, 
ta'sirchanlik. Til umumiylik, nutq xususiylik, alohidalik. Nutq kelib chiqishiga ko'ra 
birlamchi, ya'ni oldin nutq -nutq tovushlari paydo bo'lgan, til esa ikkilamchi, nutq 
asosida shakllangan, tashkil topgan. Til taxlil qilish yo'li orqali, nutq esa qabul qilish 
va tushunish orqali bilinadi. Tilning hayoti uzoq, xalqlaring hayoti bilan bog'liq, 
nutqning hayoti esa qisqa, ya'ni aytilgan vaqtdagina mavjud. 
Tilning alohida vazifasi bo'lgan nutq psixologiya, tilshunoslik (uslubshunoslik, nutq 
madaniyati va boshq.), fiziologiya (nutq apparatining tuzilishini o'rganadi), 
informatsiya nazariyasi va boshqa fanlar tomonidan tekshiriladi. Til - tilshunoslik, 
falsafa, mantiq, tarix, semiotika va boshqa fanlar tomonidan o'rganiladi. 
Demak, jonli nutq, nutq faoliyati tilning mavjudlik va taraqqiy qilish shaklidir. Tilni 
nutq faoliyatida kuzatganimizdagina uning ijtimoiy-amaliy vazifa bajarish 
mexanizmini ochib berish mumkin. Nutq faoliyatidagina til va nutqning o'zaro 
ta'siri, bog'likligi, aloqasi amalga oshadi. 
Til va nutq orasidagi dialektik munosabat shundaki, nutq faoliyati natijasida nutq 
shakllanadi. Nutq esa til birliklaridan tuziladi va til birliklariga ajralib ketadi. Til 
birliklari yana nutq faoliyati - faolligi uchun xizmat qiladi. 
Bilishda haqiqat va amaliyot uyg‘unligi. Insonning borliqni bilishidan asosiy 
maqsadlaridan biri - bu haqiqatni bilishdir. Bu asosan inson bilimlari bilan obektiv 
borliqdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi munosabat masalasini o‘z ichiga oladi. 
Haqiqat - bu borliqdagi narsa va hodisalarning o‘zi emas, balki ular haqidagi inson 
bilimlarining o‘sha narsa va hodisalarga mos kelishidir. 
Haqiqat, bu – bizning dunyo to‘g‘risidagi bilimlarimiz va tasavvurlarimizning 
dunyoning o‘ziga, obektiv reallikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni nohaqiqatdan, 
yanglishuvdan, yolg‘ondan farqlashtirish, ajratish uchun bizning bilimimiz obektiv 
voqelikka, uning yashash va rivojlanish qonunlariga qanchalik mos kelishini aniqlab 
olmoq kerak. 


Haqiqat konkret yoki mavhum, mushohadaviy va fikriy xulosalar, tushuncha va 
tasavvurlarning obektga mosligidir. 
Hozirgi zamon falsafiy va ilmiy adabiyotida obektiv haqiqat tushunchasi teztez 
uchrab turadi. Obektiv haqiqat – bu bilimlarimizning shunday mazmuniki, u bir 
kishiga ham, butun insoniyatga ham bog‘liq emas. Haqiqatning obektivligini u 
mavjud olamning inikosi bo‘lishi belgilaydi. 
Haqiqatning obektivligi vaqt va zamondagi o‘tish manosida ketma-ketlik, izchillik 
va vorislikning asosi hisoblanadi. 
Haqiqat bu jarayondir. Obektiv haqiqatning jarayon bo‘lish xususiyati ikki xil tarzda 
namoyon bo‘ladi: birinchidan, bu obektni to‘liqroq inikos ettirishga tomon 
qaratilgan o‘zgarishlar jarayonidir, ikkinchidan esa, konsepsiyalar, talimotlar 
strukturasida xatolik va yanglishishlarga barham berish jarayoni hamdir. 
Bu jihatdan qaraganda xaqiqat o‘zi ifodalangan bilimlarning mazmuniga ko‘ra 
subektga bog‘liq bo‘lmasada (bu manoda u obektiv haqiqat deb ataladi), lekin u o‘z 
ifodalanish shakli jihatdan subektga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p hollarda haqiqat 
mazmuniga ko‘ra obektiv, shakliga ko‘ra nisbiydir. 
Bilish nazariyasida nisbiy va absolyut haqiqat shakllari muhim o‘rin tutadi. Absolyut 
va nisbiy haqiqatlar masalasi insoniyat rivojining malum bosqichida kishilarning 
bilish jihatidan murakkab tashkil topgan obektlar bilan aloqador bo‘lgan, har qanday 
nazariyalar ushbu obektlarni tugal anglash davosini qilishga qodir bo‘lmagan 
davrlardagi dunyoqarash muammosi sifatida yuzaga chiqqan. 
Absolyut (mutlaq) haqiqat deganda o‘z obektiga aynan mos bo‘lgan va bilishning 
keyingi taraqqiyoti davomida inkor etilmaydigan bilim, xulosa va hukmlar 
tushuniladi. 
Absolyut haqiqat -o‘rganilayotgan obektlarning umumiy va alohida tomonlarini 
aniq-ravshan hamda voqelikning muayyan jihat va xususiyatlarini tugal bilishi, 
nisbiy haqiqatning keyingi bilish jarayonida ham saqlanib qoladigan mazmunini 


tashkil etishi, olam, undagi eng murakkab sistemalar to‘g‘risida hech qachon inkor 
qilinmaydigan to‘liq bilimdir. Masalan, 1913 yilda XX asrning eng yirik fizigi Nils 
Bor o‘zining mashhur to‘ldiruvchanlik prinsipini tariflab berdi. Bu prinsipga ko‘ra, 
haqiqatligi muayyan hodisalar guruhi uchun aniqlangan va tasdiqlangan bilim va 
nazariyalar yanada kengroq predmet sohasini qamrab olgan yangi, yanada 
chuqurroq bilim va nazariyalar paydo bo‘lishi bilan mutlaqo noto‘g‘ri deb uloqtirib 
tashlanmaydi, balki nisbiy haqiqat sifatida bu yangi nazariyalarning chegaraviy 
shakli yoki xususiy holati sifatida saqlanib qoladi. Klassik mexanika bilan nisbiylik 
nazariyasi, moddalar ximik tuzilishining klassik va hozirgi zamon nazariyasi va ko‘p 
boshqa nazariyalar o‘zaro ana shunday munosabatda bo‘ladi. 
Nisbiy haqiqat - borliqdagi predmet va hodisalar to‘g‘risidagi taxminan to‘g‘ri, lekin 
to‘liq bo‘lmagan, bilish jarayonimizda tuzatilib, to‘ldirilib borishi lozim bo‘lgan 
bilimlarimizdir. 
Har qanday mutlaq haqiqat nisbiy haqiqatlarning Cheksiz jamlanib borishidan 
vujudga keladi, har bir nisbiy haqiqatda esa mutlaq haqiqatning zarrasi, donasi 
mavjud bo‘ladi. Ilm - fan taraqqiyotida har bir yangi bosqich nisbiy haqiqatlar 
sifatida mutlaq haqiqatning mazmuniga yangi - yangi zarralar qo‘shib boradi. Borliq 
bepoyon va Cheksiz bo‘lgani kabi, insonning uni bilishi ham Cheksiz davom etadi. 
Haqiqat mavxum emas, balki aniq (konkret) bilimlardir. Har bir bilimning 
haqiqatligi malum joyga, vaqt va vaziyatga, kishi bilishining imkoniyatiga va 
darajasiga bog‘liq. Hamma zamonlar, makonlar, hamma davr va har qanday 
sharoitda ham to‘g‘ri bo‘ladigan, o‘zgarmaydigan haqiqatlar yo‘q va bo‘lishi ham 
mumkin emas. 
Haqiqatni xatodan farq qiladigan mezon bormi? Bu savolga turli falsafiy oqimlar 
turlicha javob berib kelganlar. 
Masalan, XX asrda neopozitivizm oqimi vakillaridan bazilari, haqiqatning mezoni, 
deb kogerensiya prinsipini (yani bilimning o‘z-o‘ziga mos kelishi) oladilar. 
Neopozitivizmning boshqa bir guruhi vakillari esa bilimlarning haqiqatlik mezoni 


sifatida verifikatsiya prinsipini yani, bilimlarni hissiy tajriba, kuzatish, eksperiment 
yo‘llari bilan tekshirishni oladilar. Biroq bizga malumki, fanlarda paydo bo‘lgan 
bazi g‘oyalar va qarashlarning haqiqatligini bunday hissiy tajribalar asosida 
tekshirib bo‘lmaydi. 
Empiriokratitsizm (maxizm) tarafdorlari, xususan Bagdanov haqiqat mezoni sifatida 
bilimlarni, ko‘pchilik tomondan olinganligini tushunadilar, ular ko‘pchilik ham 
barovar adashishi va xato qilishi mumkinligini esdan chiqarib qo‘yadilar. 
Pragmatizm oqimi vakillari esa, har qanday bilimning haqiqatlik mezoni uning 
insonga keltiradigan foydasi bo‘lishi kerak, deyishadi. Haqiqatda esa, foydali 
bo‘lish, foyda keltirish hali inson bilimlarining haqiqatligi mezoni bo‘lmaydi. 
Ekzistensializm falsafasi vakillarining bazilari bo‘lsa, inson bilimlarining 
haqiqatligi mezoni har bir kishining o‘z ehtiyoji, maqsad va manfaatlariga 
bog‘likdir, deyishadi. Lekin, hech qachon turli kishilarning ehtiyoji, intilishlari 
birbiriga to‘la mos kelmasligini ular nazarda chetda qoldirishadi. 
Bilimlarning haqiqatligi mezoni amaliy faoliyatdir. Amaliyot insonning dunyoga 
o‘ziga xos munosabati usuli bo‘lib, u tashqi olamdagi obektiv mavjud narsa va 
hodisalarga faol tasir etish, ularni o‘zlashtirish, o‘zgartirish va qayta qurish yo‘li 
bilan insonning uni o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhitga kirib borish jarayonidir. 
Amaliyot bilish jarayonida hosil bo‘lgan har bir bilimning haqiqatligini tasdiqlash 
bilan birga, bu bilimning cheklanganligini, xatoligini ham aniqlab beradi. Lekin 
amaliyotni ham haqiqat mezoni sifatida mutlaqlashtirish mumkin emas. 
CHunki inson bilimlarining haqiqatligi yoki xatoligi amaliyotda tasdiqlanishi to‘liq 
bo‘lmaydi, amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan bilimlar ham mavjud. 
Uning ustiga amaliyotning o‘zi ham o‘zgarib rivojlanib boradi. 
SHunga qaramasdan, amaliyot haqiqat mezoni sifatida insonning to‘g‘ri bilimlarini 
xato bilimlaridan farq qilishda katta ahamiyatga ega. Bu mezon, birinchidan, inson 


bilimlari borliqning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri inikosi ekanligini tasdiqlasa, ikkinchidan, 
u borliqni noto‘g‘ri aks ettiruvchi qarashlarning xatoligini ham ochib beradi. 
Falsafa amaliyotga kategoriyalar, yani amaliyotning barcha shakllariga xos bo‘lgan 
umumiy jihatlari nuqtai nazaridan yondoshadi. 
Inson amaliyot orqali obektiv mavjud bo‘lgan narsa va hodisalarga faol tasir etib, 
ularni o‘zlashtirish, o‘zgartirish yo‘li bilan o‘zini o‘rab turgan tabiiy – ijtimoiy 
muhitga kirib boradi. Inson amaliy faoliyati borliqni o‘zgartirishga qaratilgan 
jarayon bo‘lib, u obektiv va subektiv tomonlar yig‘indisidan iborat. Albatta, amaliy 
faoliyatning subektivligi insonning qobiliyati, maqsadga muvofiq hatti harakati, 
obektiv tomoni essa boshlang‘ich material, faoliyat vositalari va olingan mahsulotni 
anglatadi. 
Umuman olganda amaliyot insonning dunyoga, o‘ziga xos munosabat usulidir. 
Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari. Metod (yunoncha - usul) 
keng manoda yo‘l ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi manolarni anglatadi. 
Metodologiya esa metod to‘g‘risidagi talimot bo‘lib, u nazariy bilimlar va amaliy 
faoliyat tamoyillarini, usullarini o‘rgatadi. U malum tizim to‘g‘risidagi talimotdir. 
Har bir fan turli sohalar dunyoning u yoki bu tomonini o‘rganar ekan, uning o‘ziga 
xos tekshirish obekti mavjud. Mana shunga muvofiq har bir soha o‘zining obektini 
o‘rganish uchun turli metodlar ishlab chiqadi va uning yordamida o‘sha o‘rganishni 
yaxshilaydi va takomillashtiradi. Jumladan, tilshunoslikni o‘rganish metodi bilan, 
biiologiya metodi yoki matematikatini o‘rganish metodi bir- biridan farqlanadi. 
Metod u yoki bu shaklda malum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining 
yig‘indisi hamdir. U tamoyillar va talablar tizimi bo‘lib, subektni aniq vazifani 
bajarishga, faoliyatning shu sohada malum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U 
haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan 
etishishga yordam beradi 


Har qanday metod malum nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti 
sifatida namoyon bo‘ladi. Nazariya reallikni aks ettirar ekan, undan kelib chiquvchi 
tamoyillar, qoidalar va x.k. orqali metodga aylana boradi va natijada yana 
nazariyaga qaytadi, subekt bilish jarayonida undan foydalanadi. Ilmiy bilishda 
nafaqat ilmiy natija, uning predmetining mohiyatini anglash balki unga eltuvchi 
yo‘l, yani metod ham haqiqiy bo‘lmog‘i darkor. Predmet va metodni ayri holda 
tushunish mumkin emas. Metod har qanday tadqiqot boshlanishida to‘la holda 
namoyon bo‘lmasada, malum darajada predmetning sifat o‘zgarishi bilan har safar 
yangidan shakllanadi. Predmetning xususiyatlari o‘zgarishi bilan metod ham 
o‘zgarib boradi. Demak, metodning haqiqiyligi tadqiqot (obekt) predmetining 
mazmuni bilan bog‘liq. 
Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig‘ish va saralash 
vositasi, aniq faoliyat turidir. 
Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab chiqilgan metodlar asosida amalga oshiriladi. 
Hech kim hech qachon haqiqatni yo‘qdan bor qila olgan emas. Albatta, olim 
izlanishlar, xatolar qurshovida harakat qiladi. Bazi hollarda bir narsani izlash 
jarayonida boshqa narsa yaratiladi. 
Fanda, ko‘p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir 
daliliy materialni turli metodlar asosida o‘rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi 
mumkin. Ilmiy bilishdagi metodni to‘g‘ri xarakterlar ekan, Bekon uni yo‘lovchining 
yo‘lini yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi. Ilmiy bilish jarayonida turli metodlardan 
foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‘ra, ular keng va tor ko‘lamda qo‘llaniladi. Har 
qanday fan o‘z predmetini o‘rganishda u yoki bu obektning mohiyatidan kelib 
chiquvchi turli xususiy metodlardan foydalanadi. M: ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish 
metodi olamning ijtimoiy shakli, uning qonuniyatlari, moxiyatining xususiyatlari 
bilan belgilanadi. (O‘qituvchi misol tariqasida tushuntirishi kerak.) 
Metod o‘z-o‘zidan tadqiqotning muvaffaqqiyatli bo‘lishini taminlay olmaydi, 
chunki nafaqat yaxshi metod, balki uni qo‘llash mahorati ham muhimdir. Ilmiy 


bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‘ra, ular 
keng yoki tor ko‘lamda qo‘llaniladi. Har qanday fan o‘z predmetini o‘rganishda y 
yoki bu obektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan 
foydalanadi. Masalan, ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish metodi olamning ijtimoiy 
shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha guruhga 
bo‘linadi. Ular: falsafa, fan: umumilmiy, xususiy ilmiy, fanlararo tadqiqot, ijtimoiy-
gumanitar fanlar metodlaridir. 
Turli konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal 
xususiyatiga ega bo‘lgan umumiy falsafiy metodlarga murojaat qilishdir. Bu 
metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo‘lni ko‘rsatadi. Mazkur metodlarga 
falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz, sintez, 
induksiya va deduksiya va xokazo taalluqli. 
Agar maxsus metodlar obektning qonuniyatlarini o‘rganishning xususiy usullari 
sifatida namoyon bo‘lsa, falsafiy metodlar shu obektlarda namoyon bo‘ladigan, 
alohida xususiyatlardagi harakat, taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlarini 
o‘rganadi. 
Eng qadimgi va keng tarqalgan falsafiy metodlardan biri dialektika bo‘lsa, ikkinchisi 
metafizikadir. 
Bulardan 
tashqari 
sofistika, 
eklektika, 
analitik, 
intiutiv, 
fenomenologik, sinergetik, germenevtik kabi metodlar ham mavjud. (O‘qituvchi 
yuqoridagi metodlar to‘g‘risida tushuncha berishi kerak.) 
Fan metodlari – malum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga 
kelgan muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimidir. Har bir fundamental 
fan, mohiyat-etibori bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot usullariga ega 
bo‘lgan sohalar majmuidir. 
Umumilmiy tadqiqot metodlari - falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental 
nazariy-metodologik qoidalari o‘rtasida o‘ziga xos «oraliq metodologiya» bo‘lib 
xizmat qiladi. 


Xususiy ilmiy metodlar – materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‘lgan 
muayyan fanda qo‘llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va tartib-
tamoillari majmuidir. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiygumanitar 
fanlarning metodlari shular jumlasidandir. 
Fanlararo tadqiqot metodlari – asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan 
(metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga 
kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks 
ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi. 
Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlariga – etnometodologik, ideografik, dialog, 
tushunish va oqilona tushuntirish, hujjatlarni tahlil qilish, so‘rovlar o‘tkazish, 
proektiv, testlash, biografik va avtobiografik, sotsiometriya, o‘yin metodlari kiradi. 
(Bu metodlar mazkur fanlarning predmeti bilan bog‘liq maxsus vositalar, metod va 
amallardan foydalaniladi.) 
Hozirgi zamon metodologiyasi. Metodologiyaning hozirgi rivojlanish bosqichining 
o‘ziga xos xususiyati ilmiy muomalaga mutlaqo yangi tushunchalarni kiritish bilan 
bog‘liq ekanligini ko‘rish mumkin. Mazkur tushunchalarning aksariyati muayyan 
(xususiy) fanlar sohasi bilan bog‘liqdir. Bunday tushunchalar qatoriga hozirda ancha 
mashhur bo‘lgan bifurkatsiya, fluktuatsiya, dissipatsiya, attraktor, kumatoid 
(yunoncha–to‘lqin), «case studies», «abduksiya», evrestika kabi innovatsion 
tushunchalarni kiritish mumkin. 
Kumatoid - suzayotgan obektni anglatadi va obektlarning tizimli xususiyatini aks 
ettiradi. U vujudga kelishi, hosil bo‘lishi, shuningdek yo‘qolishi, parchalanishi 
mumkin. 
«Case studies» atamasi pretsedentning, yani kuzatish ostida bo‘lgan va 
tushuntirishning mavjud qonunlari doirasiga sig‘maydigan individuallashtirilgan 
obektning mavjudligini aks ettiradi. 
Abduksiya fikr yuritish orqali empirik faktlardan ularni tushuntiruvchi gipotezaga 
yuksalishni nazarda tutadi. 


Shunday qilib, Metodologiya alohida metodlarning oddiy yig‘indisi, ularning 
«mexanik birligi» ham emas. Metodologiya – turli darajadagi usul va tamoyillarning 
faoliyat sohalari, yo‘nalishlari, evristik imkoniyatlar, mazmunlar, tuzilmalar va 
hokazolarning murakkab, yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi. 
Ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo‘nalishlarda turlituman 
metodlarning murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat ko‘rsatadi. 
Mazkur metodlar har doim tadqiqotning muayyan shartlari va predmetidan kelib 
chiqib amalga oshiriladi. 
Xulosa. Insonning bilish qobiliyati, bilish imkoniyatlari, umuman olganda, 
cheklanmagan. Uning bilish imkoniyatlari fanlarning va amaliyotning rivojlanishi 
bilan yanada ortib boradi. Insonning bilishi faqat konkret avlod hayoti uchungina 
cheklangan, xolos. Lekin bu bilish butun insoniyat hayoti uchun Cheksiz dir, inson 
Cheksiz dunyoni Cheksiz bila boradi. Dunyoda inson bilib olgan va hali bilib 
ulgurmagan narsalar va hodisalarning tomonlari, xususiyatlari bor, xolos. Lekin bu 
— inson ularni bilishi mumkin emas, degan manoni bildirmaydi, balki malum davr, 
malum vaqtda inson — hozir bilmagan bu tomonlar va xususiyatlarni bilib olishi 
mumkin. 



Download 375.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling