Mavzu. Bilish metodologiyasi asosiy tushunchalari


Download 375.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana28.12.2022
Hajmi375.56 Kb.
#1018541
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-joriy nazorat



MAVZU. BILISH METODOLOGIYASI ASOSIY TUSHUNCHALARI. 
REJA: 
1. 
Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari. 
2. 
Gnoseologiya (epistemologiya)ning mazmuni va mohiyati. 
3. 
Bilishning asosiy turlari va shakllari. 
4. 
Ong-tafakkur va borliqning birligi. 


Aflotunga koʻra, bilim haqiqat va ishonch toʻplamlarining osttoʻplamidir. 
Epistemologiya atamasini shotland faylasufi James Frederick Ferrier (1808-1864) 
kiritgan. 
Bu sohadagi bahslar bilim, haqiqat, ishonch tushunchalarining falsafiy tahlili ustida 
olib boriladi. U shuningdek bilish uslublarini tadqiq etadi. Epistemologiyada 
koʻriladigan savollarga quyidagilar misol boʻla oladi: 
Bilim nima? 
Qanday qilib bilish mumkin? 
Nimani bilish mumkin? 
Bilish nazariyasi (gnoseologiya, epistemologiya)— falsafa boʻlimi boʻlib, u bilish 
qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obʼyektiv reallikka munosabatini 
oʻrganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va 
haqkrniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi. Bilish nazariyasi hozirgi zamon 
fanida qoʻllaniladigan usullar (tajriba, modellashtirish, analiz va sintez va h.k.)ni 
umumlashtirib, uning falsafiymetodologik asosi sifatida namoyon boʻladi. Bilish 
jarayonida tajriba va amaliyotning katta ahamiyati bor. Bu yerda amaliyot (praktika) 
keng maʼnoda boʻlib, insonning jamiyatga taʼsiri, tabiat hodisalarini oʻzgartirishi, 
yangi narsalar, jamiyatning yashashi uchun zaruriy shartsharoitlar yaratishi 
tushuniladi. Kishilarning tabiat qonunlari haqidagi bilimiga asoslangan amaliy 
faoliyatlari bilish taraqqiyotini, fan va texnika ravnaqini belgilaydi. Sezgi, tasavvur 
va tushunchalarimizning obʼyektivligini tekshirish bilish jarayonining eng muhim 
vazifasidir. Amaliyot — haqiqat mezoni. Bilimlarimizning haqiqiyligi amaliyot 
orqali tekshiriladi, tasdiklanadi. Bilish jarayoni jonli mushohada (hissiy bilish)dan 
abstrakt (mavhum) tafakkurga, undan esa amaliyotga oʻtish bilan harakterlanadi. 
Jonli mushohada, deganda biz sezgi, idrok, tasavvur kabilarni, yaʼni sezgi aʼzolari 
orqali tashki olamning miyaga taʼsiri natijasida paydo boʻladigan inʼikos shakllarini 
tushunamiz. Sezgi dunyoni inʼikos etishning boshlangʻich shaklidir. Demak, sezgi 
— obʼyektiv dunyoning subʼyektiv inʼikosi. U sezgi aʼzolari orqali dunyo 


hodisalarini, buyumlarning xususiyat va sifatlarini ayrimayrim, bir-biri bilan 
bogʻlanmagan holda aks ettiradi. Idrok qilish hissiy bilishning murakkabroq shakli 
boʻlib, u sezgi aʼzolariga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi buyumni yaxlit holda aks 
ettiradi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan bu aks ettirish 
jarayoniga kishining oldingi tajribalari, abstrakt tafakkurning faoliyati va boshqa 
ham kelib qoʻshiladi. Shularga asoslangan idrok qilish narsalarning zarurroq, 
chuqurroq tomonlarini aklan (fikran) ajratib olishga va bilishga imkon beradi. Miya 
inson ilgari idrok qilgan narsani oʻz xotirasida saklab qolish va uni qayta tiklash 
qobiliyatiga ega. Sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatmayotgan buyumning ana shunday 
qayta tiklangan qiyofasi tasavvur deb ataladi. Inson hissiy bilish bosqichida toʻxtab 
qolmaydi. U mazkur bosqich doirasidan chiqishi, buyumlarning umumiy, zaruriy va 
muhim xususiyatlari hamda munosabatlarini, ularning bevosita hissiy mushohada 
kilib boʻlmaydigan qonuniy aloqalarini bilib olishi mumkin. Bunga abstrakt tafakkur 
— bilishning mantiqiy bosqichi orqali erishiladi. Bilish jarayonining sifat jihatdan 
yangi, oliy bosqichi — mavhum tafakkur jamiyatdan va tildan tashqarida boʻlmaydi. 
U — amaliyotning , tarixiy taraqqiyotning mahsuli. Tafakkur voqelikning 
umumlashtirilgan, yaʼni bilvosita aksidir. Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas 
bogʻlangan. Til boʻlmas ekan — umumlashtirish jarayoni ham boʻlmaydi. Hissiy 
bilish singari mavhum tafakkur ham muayyan shakllarda roʻy beradi. Bu shakllar 
tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardir. Tushuncha narsa va hodisalarning 
umumiy va muhim tomonlarini aks ettiradi. Mac, “odam” tushunchasi hamma 
insonlarga xos eng asosiy belgilarni oʻzida mujassam ifoda qiladi. Muhokamada 
buyumlarda muayyan xususiyatlar mavjudligi taʼkidlanadi yoki inkor qilinadi. Tilda 
muhokamalar ran orqali ifodalanadi. Bir yoki bir necha muhokama vositasi bilan 
yangi muhokama olish imkonini beradigan tafakkur shakli aqliy xulosa, deb ataladi. 
Bunday usul bilan mavjud bilimlarga tayanib, yangi bilimlar hosil qilinadi. 19-asr 
va 20-asr boshida bilish toʻgʻrisidagi taʼlimotda empirizm, empiriokrititsizm, 
idealizm, illyuzionizm, pozitivizm, pragmatizm, realizm, sensualizm, skeptitsizm 
kabi koʻpdankoʻp yoʻnalishlar paydo boʻldi. 


3.Metod” va “metodologiya” tushunchalari. Metod (yunon. Metods — usul) keng 
ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. 
Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda qo‘llaniladigan 
ma’lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san’atda va h.k.); tizim haqidagi ta’limot 
yoki metod nazariyasi. 
Hozirgi davrda metodologiya faqat ilmiy bilish sohasi bilan cheklanishi mumkin 
emasligi ayon bo‘ldi va y albatta, bilish chegarasidan chiqishi va o‘z sohasida 
amaliyotda ham qo‘llanishi zarur. Bunda bilish va amaliyotning uzviy 
aloqadorligiga e’tibor qaratmoq kerak. 
Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta’minlovchi boshqa 
vositalarni ham o‘rganadi. Tamoyil, qoida va ko‘rsatmalar, shuningdek, kategoriya 
hamda tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi. Nomuvoziy, beqaror 
dunyo sharoitlarida voqyelikni metodologik o‘zlashtirishning o‘ziga xos vositalarini 
ajratish fan rivojlanishining «postnoklassik», deb nomlangan hozirgi bosqichida 
ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va 
usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish 
mexanizmlari va shakllarini o‘rganadi. Shuningdek, metodologiya metodlar 
yig‘indisi va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir. 
Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining 
yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub’ektni aniq vazifani 
bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. 
U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan 
yetishishga yordam beradi. 
Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini boshqaruvdan 
iborat. Biroq: 
-birinchidan, metod va metodologik muammolarning rolini inkor qilish yoki to‘g‘ri 
baholamaslik (“metodologik negavizm”); 


-ikkinchidan, metodning ahamiyatini bo‘rttirish, mutlaqlashtirish, uni barcha 
masalalarning kaliti, ilmiy yangiliklarni yaratishning eng qulay vositasi 
(metodologik eyforiya), deb tushunish noto‘g‘ridir. 
Har qanday metod muayyan nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy 
sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur 
mazmun va mohiyatga egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. O‘z 
navbatida, metod mazmuni kengayib boradi, ya’ni bilimning chuqurlashishi va 
kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning ko‘lami ham o‘zgaradi. 
Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija (bilimlar majmui) va predmetning mohiyatini 
anglash, balki unga eltuvchi yo‘l, ya’ni metod ham haqiqiy bo‘lmog‘i lozim. Shunga 
ko‘ra, predmet va metodni bir-biridan ayri holda tushunish mumkin emas. Har 
qanday metod u yoki bu darajada real hayotiy jarayonlarda shakllanadi va yana unga 
qaytadi. Metod har qanday tadqiqot boshlanishida to‘la holda namoyon bo‘lmasa-
da, ma’lum darajada predmetning sifat o‘zgarishi bilan har safar yangidan 
shakllanadi. 
Metod bilish predmeti va harakatni sun’iy ravishda bog‘lamaydi, balki ularning 
xususiyatlari o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi. Ilmiy tadqiqot predmetga daxldor 
dalil va boshqa belgilarni jiddiy bilishni talab qiladi. U ma’lum materialning 
harakati, uning xususiyatlari, rivojlanish shakllari va h.k.larda namoyon bo‘ladi. 
Demak, metodning haqiqiyligi, eng avvalo, tadqiqot (ob’ekt) predmetining 
mazmuni bilan bog‘liq. 
Metod sub’ekt bilan chambarchas bog‘liqdir. Boshqacha qilib aytgan-da, “inson 
umum metodologiyaning markazidir” (Feyerbax). Ikkinchidan, har qanday metod y 
yoki bu darajada boshqaruv quroli vazifasini bajaradi. 
Metod sub’ekt va ob’ektning murakkab dialektikasi acosida rivojlanadi va bunda 
oxirgisi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu ma’noda, har qanday metod, eng 
avvalo, ob’ektiv, mazmunli va konkret bo‘lsada, ayni paytda, sub’ektiv hamdir. 


Biroq u faqat mavjud qoidalar tizimi emas, balki ob’ektiv ilmiylikning davomi 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig‘ish va saralash 
vositasi, aniq faoliyat turidir. U metodologik tamoyillardan farq qilsada, ularga 
asoslanadi. 
Metodlar xilma-xilligiga qarab, turli mezonlar asosida klassifikatsiya qilinadi. Eng 
avvalo, ma’naviy, g‘oyaviy (shuningdek, ilmiy) moddiy va amaliy faoliyat 
metodlarini ajratmoq lozim. 
Fan tarixida metodlar yangi nazariyalarni yaratish jarayonida shakllanadi. Yangilik 
yaratish san’ati yangiliklar jarayonida kamol topadi. Dastlabki tadqiqot tajribada 
shakllanar ekan, metod tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasi, amaliyot bilan nazariyani 
bog‘lovchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Metod va nazariyaning uzviy aloqasi 
ilmiy qonunlarning metodologik rolida o‘z aksini topadi. Har qanday fanga oid 
qonun insonni voqyeliqdagi narsa va hodisalarni shu fanga mansub sohaga mos 
fikrlashga undaydi. Masalan, energiyaning saqlanish qonuni bir vaqtning o‘zida 
metodologik tamoyil bo‘lib, y oliy nerv faoliyatining reflektorlik nazariyasi, 
hayvonlar va inson axloqini tadqiq qilishning metodlaridan biri hamdir. 
Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab chiqilgan metodlar asosida amalga oshiriladi. 
Hyech kim hyech qachon haqiqatni yo‘qdan bor qila olgan emas. Albatta, olim 
izlanishlar, xatolar qurshovida harakat qiladi. Ba’zi hollarda bir narsani izlash 
jarayonida butunlay boshqa narsa yaratiladi. 
Metod o‘z-o‘zidan tadqiqotning muvaffaqqiyatli bo‘lishini ta’minlay olmaydi, 
chunki nafaqat yaxshi metod, balki uni qo‘llash mahorati ham muhimdir. Ilmiy 
bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‘ra, ular 
keng yoki tor ko‘lamda qo‘llaniladi. Har qanday fan o‘z predmetini o‘rganishda y 
yoki bu ob’ektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan 
foydalanadi. Masalan, ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish metodi olamning ijtimoiy 
shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. 


Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha guruhga 
bo‘linadi. Ular: fan metodlari xususiy ilmiy metodlar umumilmiy tadqiqot metodlari 
Fanlararo tadqiqot metodlari, falsafa metodlari, Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari 
kabilardir. Quyida ularning mazmunini tahlil qilamiz. 
Fan metodlari – ma’lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga 
kelgan muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimi. Har bir fundamental 
fan, mohiyat-e’tibori bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot usullariga ega 
bo‘lgan sohalar majmuidir. Fanda, ko‘p hollarda tanlangan metod tadqiqotning 
taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli metodlar asosida o‘rganish 
ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy bilishdagi to‘g‘ri metodni 
xarakterlar ekan, F.Bekon uni yo‘lovchining yo‘lini yorituvchi chiroq bilan 
qiyoslaydi. Noto‘g‘ri yo‘ldan bora turib, y yoki bu masalani hal qilishda 
muvaffaqiyatga erishishga umid qilish mumkin emas. 3epo nafaqat natija, balki 
unga eltuvchi yo‘l ham to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim. 
Fan metodlarining guruhlarga bo‘linishi bir nechta asoslarga ega. Bilish jarayonida 
uning roli va o‘rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy tadqiqot, izohlash, 
shuningdek, boshqa metodlarga ajratish mumkin. O‘z navbatida, bilishning sifat va 
son, bilvosita va bevosita original hamda faoliyatli metodlari ham mavjud. 
Metodlarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida qo‘llash o‘rganilayotgan 
hodisa tabiati va qo‘yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi. 
Xususiy ilmiy metodlar – materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‘lgan 
muayyan fanda qo‘llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va tartib-
taomillari majmui. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiy-gumanitar 
fanlarning metodlari shular jumlasidandir. Xususiy fanlar metodlarining o‘ziga xos 
xususiyatlari moddiy ifodasini topgan bilish vositalari: mikrofizikada zarralarni 
tezlatgichlar, tibbiyotda a’zolar faoliyatini qayd etuvchi turli o‘lchagichlar va shu 
kabilar hozirgi zamon metodologik tadqiqotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 


Umumilmiy tadqiqot metodlari falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental 
nazariy-metodologik qoidalari o‘rtasida o‘ziga xos «oraliq metodologiya» bo‘lib 
xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko‘pincha «axborot», «model», 
«tuzilma», «funksiya», «tizim», «element», «oqilonalik», «ehtimollik» singari 
tushunchalar kiritiladi. 
Birinchidan, bir qancha xususiy fanlar hamda falsafiy kategoriyalarning alohida 
xossa, belgi va tushunchalari umumilmiy tushunchalarning mazmuniga «singdirib» 
yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy kategoriyalardan farqli o‘laroq) matematik 
nazariya va simvolik mantiq vositalari bilan ularni formallashtirish, ularga aniqlik 
kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalarning o‘ziga xos jihatlaridir. 
Agar falsafiy kategoriyalar umumiylikning mumkin bo‘lgan eng yuqori darajasi – 
muayyan umumiy darajani o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lsa, umumilmiy 
tushunchalarga ko‘proq umumiy mavxum (bir xil) daraja xoski, bu ularni mavxum-
formal vositalar yordamida ifoda etish imkonini beradi. Falsafaning asosiy 
masalasini (to‘la hajmda) yechishda «ishtirok etish» sharti muayyan «tafakkur 
shaklini yaratish»ning «falsafiyligi», «dialektikligi» darajasini aniqlashning muhim 
mezonidir. 
Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar asosida bilishning tegishli metodlari, 
tamoyillari ta’riflanadi, ular esa, o‘z navbatida, falsafaning maxsus ilmiy bilim va 
uning metodlari bilan oqilona o‘zaro aloqasini ta’minlaydi. Umumilmiy metodlar 
qatoriga tizimli va strukturaviy-funksional, kibernetik, ehtimoliy yondashuvlar, 
modellashtirish, formalizatsiya hamda boshqalar kiradi. 
Umumilmiy tushunchalarning muhim roli shundan iboratki, ular o‘zining «oraliq 
xususiyati» bilan falsafiy va alohida ilmiy bilimning (shuningdek tegishli 
metodlarning) o‘zaro o‘tishini ta’minlaydi. Gap shundaki, birinchi bilim ikkinchi 
bilimga sof yuzaki tarzda, bevosita o‘tmaydi. Shuning uchun ham maxsus ilmiy 
mazmunni darhol falsafiy tushunchalar tilida ifodalashga urinishlar, qoida 
tariqasida, nokonstruktiv va samarasiz bo‘ladi. 


Fanlararo tadqiqot metodlari–asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan 
(metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga 
kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks 
ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi. 
Falsafa metodlari. Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy faoliyat bilan 
bog‘liq. Turli konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal 
xususiyatga ega bo‘lgan umumiy falsafiy metodlarga murojaat qilishdir. Bu 
metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo‘lni ko‘rsatadi. Mazkur metodlarga 
falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz, sintez, 
induksiya, deduksiya va h.k.lar taalluqli. Agar maxsus metodlar ob’ektning 
qonuniyatlarini o‘rganishning xususiy usullari sifatida namoyon bo‘lsa, falsafiy 
metodlar shu ob’ektlarda namoyon bo‘ladigan, alohida xususiyatlardagi harakat, 
taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Aynan shu o‘rinda tajriba hal 
qiluvchi ahamiyatga ega. Har bir metod ob’ektning alohida tomonini bilishga 
imkoniyat yaratadi. Falsafaning eng qadimgi keng tarqalgan metodlardan biri 
dialektika bo‘lsa, ikkinchisi metafizikadir. Biroq falsafa metodlari bular bilan 
cheklanmaydi. Bugungi kunda uning sofistika, eklektika, analitik, (hozirgi zamon 
analitik falsafasi), intuitiv, fenomenologik, sinergetik, germenevtik (tushunish) va 
boshqa turlari ham mavjud. Endilikda turli metodlarni birlashtirish jarayoni ham 
ro‘y bermoqda (masalan, Gadamer germenevtikani ratsional dialektika bilan 
birlashtirishga harakat qiladi). 
Dialektika (yunon. Dialektika — bahs, suhbat) tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti 
qonuniyatlari kimhamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi 
va amaliy faoliyat haqidagi ta’limotdir. U grek tilida bahs va suhbatlashish san’ati, 
degan ma’noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo‘li va 
usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va 
hodisalar doimo o‘zgarishda, o‘zaro aloqadorlik va bog‘liklikda, taraqqiyot va 
rivojlanishda, deb tushunishga asoslanadi. Unga ko‘ra, olamda o‘z o‘rniga va joyiga, 
yashash vaqti va harakat yunalishiga ega bo‘lgan barcha narsalar va voqyealar bir-


birlari bilan bog‘liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va 
takrorlanib turadigan bog‘lanishlar orqali namoyon buladi.Masalan, insoniyat 
tarixida bu usulga yondashilganida, u uzluksiz tarzda ro‘y beradigan avlodlar o‘rin 
almashuvi, birining o‘rniga ikkinchisi kelishi, muayyan qadriyatlarni meros 
qoldirishi va yangilikning eskilikni inkor kilishidan iborat doimiy va takrorlanib 
turadigan jarayondir. Bashariyatning muayyan davrida esa, shu vaqtning ijtimoiy 
manzarasini belgilaydigan turli urug‘ yoki qabilalar, davlat, millat va xalqlar, oqim 
va yo‘nalishlar, g‘oya va mafkuralarning xilma-xil shakllarini ko‘rish, ularning bir-
biri bilan uzviy aloqadorlikda namoyon bo‘lishini kuzatish mumkin.Taraqqiyot 
jarayonida avlodlar, davrlar, siyosiy tuzumlar, umuman ijtimoiy voqyea va hodisalar 
o‘z-o‘zidan avtomatik tarzda codir bo‘lib, nom-nishonsiz yo‘qolib ketmaydi. Balki 
ularning barchasi insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlarning xosilasi, 
ijtimoiy jarayonlarning natijasi, biror sababning oqibati sifatida namoyon buladi. Bir 
davr ikkinchisining o‘rniga, bir avlod oldingisidan keyin, bir voqyea boshqasining 
ortidan sodir bo‘lib turadi. Ana shu abadiy va azaliy uzluksizlik, doimiy alokadorlik, 
vaqtning orqaga qaytmasligi va voqyealarning ketma-ketligi tarzidagi bog‘lanishlar, 
rivojlanish va taraqqiyot, olamning rang-barangligi va uyg‘unligi dialektikaning 
asosiy tamoyillarini tashkil qiladi.Falsafada mazkur tamoyillarga asoslangan 
tafakkurni — dialektik tafakkur, ana shunday dunyoqarashni — dialektik 
dunyoqarash, yondashuvni — dialektik yondashuv, metodni — dialektik metod deb 
atash an’anaga aylangan. Shu bilan birga, u yoki bu olimning ushbu tamoyillarga 
asoslanadigan dunyoqarashi, falsafiy ta’limotlari ham bor. Masalan, Demokrit va 
Geraklit, Kant yoki Gegel dialektikasi deyilganda ana shunday hol nazarda 
tutiladi.Falsafa tarixida dialektika to‘g‘risida xilma-xil qarashlar bo‘lgan. Antik davr 
dialektikasi sodda va stixiyali bo‘lib, asosan, hayotiy tajribaga asoslangan. O‘sha 
davrda “Dialektika” so‘zini birinchi bo‘lib, Sukrot (er.av. 469—399 y.) o‘z falsafiy 
faoliyatida qo‘llagan. Suqrot dialektikani mayevtika (harflarni yaratish san’ati) bilan 
taqqoslagan. Zotan, mulohaza qilish shunday dialektik usuldirki, uning natijasida 
raqib nutqidagi ichki ziddiyatlar ochiladi yoki fikrlash jarayonida yangi ixtilofli fikr-
mulohazalar paydo bo‘ladi. Suqrot boshqalarni haqiqatni izlashga da’vat etar ekan, 


o‘z onasi doya Fenareti ishini davom ettirayapman, deb izohlaydi.“Dialektika” so‘zi 
paydo bo‘lishiga qadar antik falsafada mazmuniga ko‘ra dialektik bulgan nazariyalar 
shakllana boshlagan. O‘tmish mutafakkirlar o‘z vaqtida dunyoning yagona birligi 
sokinlik, bu bir butunlik ichida doimiy uzluksiz o‘zgarishlar, yaratish jarayoni sodir 
bo‘luvchi koinot haqidagi fikrlarni ilgari surganlar. Ular koinotni o‘zgaruvchanlik 
va barqarorlikning ziddiyati sifatida tasavvur qilganlar. Borliqning umumiy 
o‘zgaruvchanligi bir narsaning ikkinchi narsaga — yerning suvga, suvning havoga, 
havoning olovga, olovning efirga aylanishi va qayta takrorlanishi bilan 
xarakterlanadi, deb hisoblaganlar.Masalan, Geraklit (er.av 540—483 y.) umumiy 
o‘zgaruvchanlikning universalligini shunday izohlaydi: “Ariqda oqayotgan 
muayyan suvga ikki marta tushib bo‘lmaydi, chunki yangi va yangi suvlar oqib 
kelaveradi. O‘zgaruvchanlikning manbai kurashdir”1. O‘zgaruvchanlik antik 
dialektik nazariyada yangini yaratmasdan bir-birini takrorlovchi jarayon sifatida 
mavhum tushunilgan. Aynan shundan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi dunyoning 
yagona birligi sifatida cheksiz koinot obrazi yaratilgan. Shunga ko‘ra, Geraklit 
ziddiyatlarning ayniyligini yaxshilik va yomonlikning bir xil ekanligini ta’kidlaydi, 
Bu mutafakkir ijodining qonuniy natijasi bo‘lib, u reallikning nazariy modelini 
yaratadi. Geraklit ziddiyatlar haqida gapirmaydi, bu tushuncha fanga Aristotel 
tomonidan kiritilgan, Aristotel (Arastu) (er.av. 384—322 y.) Aflotun ta’limotini 
tanqidiy o‘rganar ekan, o‘zgaruvchanlik muammosini taraqqiyot omili sifatida tahlil 
qiladi. Uning dialektikasiga xoc alohida xysusiyatlar, avvalo, taraqqiyotni 
moddiylik, harakatda, formal va sababiy bog‘lanishdaligini tan olishda, yangi 
bosqichni boshqalari bilan bog‘liq emas, deb tushunishda yaqqol ko‘rinadi. 
Ikkinchidan, Aristotel ziddiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar doirasini 
yaratadi. Ziddiyatlarning mutlaq mos kelishini inkor qilar ekan, mutlaqo mos 
kelmasligini ham inkor qiladi, biroq ularning qandaydir holatida mavjudligini tan 
oladi. Uchinchidan, Aristotel formal mantiqqa acoc solar ekan, uning ontologiyada 
namoyon bo‘lishi va u esa, o‘z navbatida, mazmunan progressiv, shaklanmukammal 
falsafiy metodni yaratish zarurligiga olib keladi, deb hisoblaydi. To‘rtinchidan, 
Aristotel o‘sha davrdayoq bu asosiy falsafiy metodning yo‘nalishini belgilab 


beradi.Dialektik metod yangi davrda, xususan, nemis falsafasida, ayniqsa, Kant, 
Fixte, Shelling va Gegel tomonidan yanada chuqurroq tahlil qilingan.Yangi 
davrning o‘ziga xoc xususiyati shundaki, bu davrga kelib taraqqiyotga yangicha 
munosabat shakllandi. Dialektik metod predmetlarda emas, balki munosabatlarda 
o‘z aksini topa boshladi. Bu cheksizlik haqidagi g‘oyani qayta ishlash bilan bog‘liq 
edi. Cheksizlik g‘oyasining yangicha talqini paradoksal nazariya shaklida namoyon 
bo‘ldi. Bu Kantning planetar tizimlarning tumanlikdan paydo bo‘lganligi haqidagi 
gipotezani yaratishi bilan bog‘liq. Bilish nazariyasida Kant ikki mulohazaning 
ziddiyatliligi antinomiyasini ochib tashlar ekan, bunda har ikkalasini yetarli asosga 
ega, deb hisoblaydi. Masalan: 1. Dunyo vaqtda boshlang‘ich nuqtaga ega va vaqtda 
cheklidir. 2. Dunyo vaqtda boshlang‘ich nuqtaga ega emas va vaqtda cheksizdir. 
gnoseologiya yoki bilim nazariyasi bu umumiy bilimlarni o'rganadigan falsafaning 
bir bo'limi. Bu bilimni kelib chiqishi bilan bir qatorda tabiatni o'rganish haqida 
o'ylaydi. Epistemologiya nafaqat ma'lum bir sohani tahlil qiladi, balki inson qanday 
qilib bilim olishga qodir ekanligi va uning natijalariga e'tibor beradi. 
Gnoseologiya postulatlariga ko'ra, inson haqiqat va haqiqatga yaqinlashtiradigan bir 
qator manbalardan foydalanadi. Ushbu manbalar idrok, vakillik, tushuncha, 
hukmlar, ma'no, talqin va xulosadir. 
Shunisi e'tiborga loyiqki, gnoseologiyani epistemologiya bilan aralashtirib 
yubormaslik kerak, chunki ikkinchisi asosan ilmiy bilimlarni o'rganishga, 
gipotezalardan foydalanishga va qonunlar va printsiplar polkidan foydalanishga, 
gnoseologiyadan farqli o'laroq, bilim. 
Tarix 
- Gnoseologiyaga oid dastlabki tadqiqotlar qadimgi Yunonistondan Tetetusning 
dialoglari tufayli boshlandi, u tadqiqotlarni tahlil qilish va tasniflashni taklif qildi. 


-Aristotel, shuningdek, bilim empirik (yoki sezgi orqali) olinganligini aytib, ushbu 
mavzu bo'yicha bir qator hissa qo'shgan. Shuningdek, u metafizika bo'yicha birinchi 
tadqiqotlarni o'tkazdi. 
- O'rta asrlar bilimlarni o'rganish uchun qiziqarli davr edi. Sankt-Avgustin ilohiy 
aralashuv tufayli bilimga erishilganligini va avliyo Tomas Akvinskiy bilimlar 
nazariyasining asoslarini yaratish uchun Aristotelning birinchi postulatlarini 
to'plagan; Bu realistik va nominalistik qarashlardan chuqur rad etilganligini 
ko'rsatdi. 
- Uyg'onish davrida erishilgan yutuqlar tufayli ilm-fan va boshqa tadqiqotlar uchun 
yanada qattiqroq bo'lgan asboblar ixtirosi tufayli bir qator bilimlar rivojlandi. Bu, 
shuningdek, zamonaviylikning debochasi bo'lib xizmat qildi. 
Jon Lokk va Frensis Bekon singari XVII personajlar empiriklikni bilimning asosiy 
manbai sifatida himoya qildilar. Masalani o'rganish va uning inson bilan 
munosabatlari yanada chuqurlashdi. 
- 1637 va 1642 yillarda Rene Dekart tomonidan nashr etilgan Usul bo'yicha nutq va 
Metafizik meditatsiyalarmos ravishda va xavfsiz bilim olish uchun manba sifatida 
uslubiy shubhalarni kiritdi. Uning yordamida ratsionalistik oqim paydo bo'ldi. 
-O'sha paytda empirizm va ratsionalizm hukmron oqimlarga aylandi. Immanuil Kant 
transsendental idealizm deb nomlangan taklifni ilgari surdi, bu esa insonning passiv 
mavjudot emasligini, balki bilim olish nuqtai nazaridan progressiv jarayonning bir 
qismi ekanligini ko'rsatdi. 
Kant ikki turdagi bilimlarni o'rnatdi: xarakterlardan biri apriori, bu universal 
bo'lganligi sababli dalilga muhtoj bo'lmagan tur; va boshqalarposteriori, bu uning 
haqiqiyligini tekshirish uchun bir qator vositalarga muhtoj bo'lgan narsadir. Shu payt 
gnoseologiyaning yana bir subbranasi paydo bo'ldi: nemis idealizmi. 


- S.da XX fenomenologiyani namoyon qildi, bu nazariya va eksperiment o'rtasidagi 
o'rta nuqta hisoblanadigan bilim nazariyasining oqimi. Bunda mantiqiy xarakterdagi 
jihatlar ko'proq hisobga olinadi, chunki bu olimning intuitivligiga bog'liq. 
-Undan farqli o'laroq, Angliya-Sakson maktabida (AQSh, Yangi Zelandiya, Kanada, 
Buyuk Britaniya va Avstraliya) analitik falsafa deb nomlangan oqimning bir turi 
ishlab chiqilgan bo'lib, u haqiqat ma'nosini anglash uchun empirikizm va ilmiy 
izlanishlardan xalos qiladi. 
- 1963 yilda Fitch Paradox deb nomlangan ushbu postulatdan kelib chiqadigan 
yondashuv "agar hamma haqiqatni bilish mumkin bo'lsa, unda hamma haqiqat 
ma'lum bo'lar edi". Shu bilan birga, haqiqat tushunchasi keng va ba'zan sub'ektiv 
ekanligini hisobga olish kerak. 
Gnoseologiya muayyan bilim yo'nalishlarini hisobga olmasdan, insoniyatdagi 
tabiatning kelib chiqishi, kelib chiqishi, bilimlari va aloqalarini o'rganishga 
qaratilgan. 
Ya'ni, bu sub'ekt va ob'ektning o'zaro ta'siridan qanday qilib inson haqiqatni va 
haqiqatni bilishga qodirligini aniqlash bilan chegaralanadi. 
So'zning etimologiyasiga ko'ra, u yunoncha atamalardan kelib chiqadi gnosis, bu 
"bilish fakulteti" degan ma'noni anglatadi; Y logotiplar bu ta'limotga yoki fikrlashga 
ishora qiladi. 
Xususiyatlari 
-Bilim turlari, uning kelib chiqish va narsalarning mohiyatini o'rganish. 
-Ma'lum bilimlarni emas, umuman olganda, masalan, matematika, kimyo yoki 
biologiya bilimlarini o'rganish. 
-Bu odatda uchta bilim turini ajratadi: to'g'ridan-to'g'ri, taklifiy va amaliy. 
-Gnoseologiya uchun bilim olishning ikki usuli mavjud: aql va hislar. 


- Bu Qadimgi Yunonistonda, Tetetning Platonik dialogidan boshlanadi 
-Uning asosiy muammolaridan biri bu oqlanishdir, ya'ni qanday sharoitda ishonchni 
bilim deb atash mumkin. 
Bilishning subyekti sifatida borliqdagi predmet va hodisalar bilan bevosita yoki 
bilvosita, muayyan tabiiy va ijtimoiy munosabatlarda bo’luvchi, jamiyatning aniq 
bosqichiga xos, ijtimoiy mohiyatga ega bo’lgan aniq bir kishi yoki kishilar jamoasi 
tashkil qiladi. 
Bilishning obyekti esa, subyektning bilish doirasiga kirgan, uning bilishiga 
qaratilgan borliqdagi aniq predmetlar, hodisa va jarayonlar tashkil etadi. 
Bilishning predmeti ham mavjud bo’lib, bunda bilish obyekti va subyektining bilish 
faoliyati doirasiga kirgan tomonlari, xususiyatlari va munosabatlaridir. 
Bilish turlari 
Insonning bilish nazariyasi turlari shartli ravishda bir necha turlarga bo’lib o’rganish 
mumkin. Dastlab, inson bilishini unda borliq qanday holda in’ikos etganligiga qarab, 
oddiy( kundalik) va ilmiy bilishlarga ajratish mumkin. 
Oddiy bilish insonning kundalik hayotdagi voqea va hodisalarning o’z sezgi a’zolari 
orqali atrofni ong tafakkur yodamida tushunishidir. 
Ilmiy bilish oddiydan farqli o’laroq tabiatdagi predmet va hodisalarning aniq 
qonuniyatlarini bilishdan iborat bo’lib bu o’z navbatida ularni yuzaki emas balki 
chuqurroq o’rganishni taqazo etadi. 
Bilishning asosiy bosqichlari 
Inson bilishi hissiy bilishdan- aqliy bilishga, jonli mushohadalardan- abstract 
tafakkurga tomon va aksincha, yo’nalishlardan iborat dialektik jarayon hisoblanadi. 
Bundagi hissiy va aqliy bilish o’zaro chambarchas bog’liq ikki “quyi” va “yuqori” 
bosqichlardir. 


Hissiy bilish- inson bilishining dastlabki bosqichi bo’lib, natijada miyada predmet 
va hodisalarning belgilari, signallari va hissiy obrazlari hosil bo’ladi. Hissiy bilish 
bosqichlari: sezgi, idrok va tasavvur kabi shakllarda bo’ladi 
Ilmiy bilish 
Fanlar ilmiy bilishning shakllaridir. Ilmiy bilish ko’plab umumiy, xususiy va alohida 
konkret ilmiy metodlar yordamida vujudga keladi. 
Fanlar borliq va uning turli ko’rinishlari: tabiat, jamiyat, inson tafakkuri to’g’risidagi 
ilmiy bilish jarayonida yuzaga kelgan bilimlar tizimlaridan iborat. 
Ular insonlarning borliqni bilishi, o’rganishi va o’zlashtirishining o’ziga xos nazariy 
shakllari bo’lib, o’zlarida moddiy va ma’naviy omillarni birlashtiruvchi ko’p qirrali 
ijtimoiy hodisadir. 
Ilmiy bilish metodlari 
Kuzatish va eksperiment 
analiz va sintez 
Tarixiylik va mantiqiylik 
Induktiv va deduktiv 
Umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish 
Formallashtirish va modellashtirish 
Mantiqiy bilish 
Mantiqiy bilish bu avvalo, predmet va hodisalarning mohiyatini bilishdir. Insonning 
borliqni aqliy bilishi – bu uning tafakkuri orqali borliqdagi predmet va hodisalarni 
fikr shakllarida bilishdir. 
Aqliy bilish- borliqdagi predmet va hodisalarning inson miyasidagi umumlashgan, 
muhumlashgan va konkretlashgan fkriy ifodalanishidir. 


Mantiqiy bilishda inson ongi borliqdagi predmet va hodisalarning ichki 
bog’lanishlari va aloqadorliklarini, ularning harakat, o’zgarish va rivojlanish 
qonunlarining ma’lum fikr shakllari – hukm, tushuncha va xulosalarda ifodalaydi. 
Ong- psixik faoliyatning oliy shakli. U faqat insonga xos fenomendir.Ong, uning 
mohiyati masalasi eng qadimgi muammolardan biri.Ongni dastlab diniy va 
mifologik qarashlar doirasida tushintirishga harakat qildilar. Ongni liniy tushuntirish 
uni iloxiy xodisa, xudo yaratgan mo’jiza sifatida talqin qilishga asoslanadi.Ko’pgina 
dinlarda inson Ongi buyuk ilohiy aqlning namoyon bo’lish shakli sifatida 
tavsiflanadi. 
Ong- psixik faoliyatning oliy shakli. U faqat insonga xos fenomendir.Ong, uning 
mohiyati masalasi eng qadimgi muammolardan biri.Ongni dastlab diniy va 
mifologik qarashlar doirasida tushintirishga harakat qildilar. Ongni liniy tushuntirish 
uni iloxiy xodisa, xudo yaratgan mo’jiza sifatida talqin qilishga asoslanadi.Ko’pgina 
dinlarda inson Ongi buyuk ilohiy aqlning namoyon bo’lish shakli sifatida 
tavsiflanadi. 
Ong va tafakkur haqida 
O’zini-o’zi anglash,xotira, iroda, nutq ongning asosiy jihatlaridir.Hozirgi zamon 
fani ong materiyaning uzoq davom etgan evolyutsiyasining natijasi ekanligini tan 
oladi.Materiya,tabiat hamma vaqt mavjud bo’lib kelgan,inson moddiy dunyoning 
nisbatan so’nggi taraqqiyotining mahsulidir. Materiya taraqqiyoti fikrlay oladigan 
insonning paydo bo’lishi uchun bir necha yil kerak bo’lgan. Ong insonni qurshab 
turgan tabiiy va ijtimoiy muhit bilan chambarchas bog’langan va shu muhitning 
ta’sirida faoliyat ko’rsatadi. 
O’zini-o’zi anglash,xotira, iroda, nutq ongning asosiy jihatlaridir.Hozirgi zamon 
fani ong materiyaning uzoq davom etgan evolyutsiyasining natijasi ekanligini tan 
oladi.Materiya,tabiat hamma vaqt mavjud bo’lib kelgan,inson moddiy dunyoning 
nisbatan so’nggi taraqqiyotining mahsulidir. Materiya taraqqiyoti fikrlay oladigan 
insonning paydo bo’lishi uchun bir necha yil kerak bo’lgan. Ong insonni qurshab 


turgan tabiiy va ijtimoiy muhit bilan chambarchas bog’langan va shu muhitning 
ta’sirida faoliyat ko’rsatadi. 
Ongning asosiy jihatlari 
Ong-ma’naviy hodisa 
Ongning shakllanish omillari: 
Mehnat (ishlab chiqarish) amaliyoti 
Tafakkur va til 
Ijtimoiy muhit 
Tafakkur-inson aqliy faoliyatining yuksak shakli 
Tafakkur. Atrof muhitni,ijtimoiy hodisalarni,voqelikni bildirish quroli,shuningdek 
inson 
faoliyatini 
amalga 
oshirishning 
asosiy 
sharti 
sanaladi. 

sezgi,idrok,tasavvurlarga qaraganda voqelikni to’liq va aniq aks ettiruvchi yuksak 
bilish jarayonidir 
Tafakkurning yo’nalishlariga qarab turlari 
Nazariy tafakkur 
Amaliy tafakkur 
Anglashilishiga nisbatan 
Aniq tafakkur 
Abstrakt tafakkur 
Borliq tushunchasi 
Borliq tushunchasi falsafiy jihatdan juda keng ma’noda bir butun reallik sifatida 
tushuniladi 


Borliq tushunchasining falsafiy jihati shundaki, dunyo bir butun abadiy mavjud 
lekin,uni tashkil etgan narsalar o’z mavjudligi jihatidan har xil va o’tkinchidir 
Borliq 
Moddiy borliq 
Ma’naviy borliq 
Moddiy borliq 3 turga bo’linadi 
1.Tabiiy borliq 
2. Insoniy borliq 
3.Ijtimoiy borliq 
Ma’naviy borliq 2 turga bo’linadi 
1. Individuallashgan ma’naviy borliq 
2. Ob’yektivlashgan ma’naviy borliq 
Ong va ruhni falsafiy jihatdan o’rganish,borliqning o’ziga xos ma’naviy shakli 
Falsafada ong kategoriyasi insonning butun moddiy va ma’naviy faoliyatini tahlil 
qilish va tushunish bilan ham chambarchas bog’liq.Ong masalasini tahlil qilishda 
turli falsafiy maktablarning namoyondalari o’z fikrlarini bayon qilishgan 
Qadimgi yunon faylasuflaridan biri Suqrot “O’zingni bilsang olamni bilasan” degan 
edi. Bu fikr ortida olam kabi inson ham murakkab bo’lib,u o’zini bilish va anglash 
orqali olam mohiyatini anglashga yo’l ochishi mumkin degan xulosaga kelamiz. 
Darxaqiqat inson ongi jamiyatdagi hayot faoliyati davomida shakllanadi va 
rivojlanadi.Odam bolasi faqat jamiyatdagi ijtimoiy muhit ta’sirida ongli zotga-
Insonga aylanadi va shaxs darajasiga ko’tariladi. Xullas ong odamni hayvonot 
dunyosidan ajratib turuvchi ijtimoiy-tarixiy jarayondir 


Falsafada ong muammosi in’ikos nazariyasiga asoslanadi. Ong va tafakkur paydo 
bo’lish jarayonini tushunish uchun in’ikos prinspini ya’ni borliqning inson miyasida 
paydo bo’lish jarayonini bilish lozim. 
Falsafada ong muammosi in’ikos nazariyasiga asoslanadi. Ong va tafakkur paydo 
bo’lish jarayonini tushunish uchun in’ikos prinspini ya’ni borliqning inson miyasida 
paydo bo’lish jarayonini bilish lozim. 
Xulosa qilib aytsak,Inson zoti ongli mavjudot sifatida o’z oldiga maqsadlar qo’yadi 
va unga erishish yo’llarini izlaydi va ong va tafakkur tufayli inson o’zining tabiatda 
va jamiyatda tutgan o’rniga baho beradi. O’zi uchun zaruriy shart-sharoitlarni ijodiy 
ravishda yangilab boradi. 



Download 375.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling