Mavzu: Bilishning obyekti va subyekti. Inson bilishining asosiy bosqichlari
Download 95 Kb.
|
Bilishning obyekti va subyekti. Inson bilishining asosiy bosqichlari .
v) Induktiv va deduktiv metodlar.Induktiv metod yoki induksiya bilishning shunday usuliki, bunda tadqiqotchi o‘z tafakkurida tekshirayotgan predmet yoki hodisalar to‘g‘risidagi bir qancha juz’iy faktlardan, ular haqidagi ayrim bilimlardan umumiyroq bilimlarni hosil qiladi. Ilmiy bilishda induktiv usul bilan hosil qilin gan bilimlar doimo deduktiv usul yordamida tekshiri ladi. Deduktiv metod yoki deduksiya — bu bilish jarayonida fikrda umumiy bilimlardan juz’iy, qisman bilimlarga kelishdir. Deduktiv usul vositasida tadqiqotchi bir sinf, bir jins, bir guruh predmet yoki hodisa to‘g‘risidagi umumiy bilimlardan ularning har biri haqida alohida bilimlarni hosil qiladi. Insonning bilish tajribasidan shu narsa ma’lumki, agar biron xusu siyat bir sinf yoki bir jinsdagi hamma predmet yoki hodisalarga xos bo‘lsa, bu xususiyat shu sinf yoki jinsga oid har bir predmet yoki hodisaga ham xos bo‘ladi. Ilmiy bilishning bu usullari o‘z navbatida tarixiylik va mantiqiylik metodlari bilan chambarchas bog‘liqdir. g) Tarixiylik va mantiqiylik metodlari.Tarixiylik — bu o‘rganilayotgan predmet yoki hodisaning paydo bo‘lish, rivojlanish va yemirilish jarayonlari birligini, uning tarixiy taraqqiyot jarayo nida boshqa voqealar bilan aloqadorligini nazariybilishga oid usuldir. Tarixiylik deganda, tadqiq etilayotgan predmet yoki hodisaning konkret sharoitda paydo bo‘lishi, yashashi, rivojlanish va yemirilish yokiyo‘q bo‘lishidan iborat jarayonning tafakkurda ifoda lanishi tushuniladi. Mantiqiylik esa, ana shu tarixiylikning tadqi qotchi fikridagi umumlashtirilgan, abstraktlashti rilgan, konkretlashtirilgan, qisqargan, tasodiflar dan tozalangan abstrakt konkretlik shaklida ifodala nishidir. Mantiqiylikda tarixiylikning eng zarur va engasosiy tomonlari, xususiyatlari, qonuniyatlari ifo dalanadi. Tarixiylik va mantiqiylik o‘zaro chambarchas bog‘liq. Lekin tarixiylik — birlamchi, manti qiylik ikkilamchidir. Tadqiqotchi biron bir obyekt ustida izlanishla rolib borganida, ilmiy bilishning bu usullarini to‘g‘ ri qo‘llash lozim. Haqiqatan ham, tadqiq etilayotgan predmet yoki hodisaning real tarixini to‘g‘ri o‘rganib chiqmay turib, uning mohiyatini to‘g‘ri ifodalab berib bo‘lmaydi. Download 95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling