Mavzu: Bilishning obyekti va subyekti. Inson bilishining asosiy bosqichlari


Download 95 Kb.
bet1/15
Sana05.11.2023
Hajmi95 Kb.
#1748915
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Bilishning obyekti va subyekti. Inson bilishining asosiy bosqichlari .


Mavzu: Bilishning obyekti va subyekti. Inson bilishining asosiy bosqichlari .

Reja:


  1. Bilishning predmeti, obyekti va subyekti.

  2. Bilish bosqichlari, asosiy turlari va shakllari.

  3. Haqiqat tushunchasi, uning mezoni va asosiy shakllari.

  4. Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari.

  5. Falsafa va fan metodlari.


Bilish- bu inson ongi va tafakkurining tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida yangi bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Bilish bu inson ongining yangi bilimlarga boyib borish jarayonidir. Bilishning mahsuli, natijasi Ilm bo‘lib, har qanday kasbni egallash faqat ilm va tajriba orqali ro‘y beradi.
Bilishning ikki xil shakli:

  • kundalik (empirik) bilish va

  • nazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi.

Bilish obyekti. Tadqiqotchi faoliyati qaratilgan predmet, hodisa, jarayon va munosabatlar bilish obyektlari hisoblanadi.
Bilish subyekti. Bilish bilan shug‘ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish subyekti hisoblanadi. Ayrim olingan tadqiqotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish subyektlaridir.
Ilmiy bilish faoliyati faqat tabiat va jamiyatning mohiyatini bilishga emas, balki insonning o‘ziga ham qaratilishi mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish obyekti, ham bilish subyekti sifatida namoyon bo‘ladi.
Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar hosil qilishdan iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida avvalo insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish va shu bilan bir qatorda barkamollikka intilish, tabiat va jamiyatning insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Har qanday fan – fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim.
Bilish predmeti deganda biz bilish subyekti(inson)ning aktiv faoliyati yunaltirilgan bilish obyektini va uning ayrim sohalari va tomonlarini tushunamiz.

Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling