Mavzu: Bilishning obyekti va subyekti. Inson bilishining asosiy bosqichlari


Download 95 Kb.
bet2/15
Sana05.11.2023
Hajmi95 Kb.
#1748915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Bilishning obyekti va subyekti. Inson bilishining asosiy bosqichlari .

Ilmiy bilish 2 bosqichdan:

  1. Hissiy bilish;

  2. Aqliy bilishdan iborat.

Hissiy bilishni shartli ravishda: quyi darajaga ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo‘lib, hissiy bilish deyiladi. Hissiy bilish bu obyektiv olamni inson sezgi a’zolari vositasida bilishdir.
Hissiy bilishning 3 xil shakli mavjud bular;

  1. Sezgi. 2. Idrok. 3. Tasavvur.

Sezgi bu hissiy bilshning shunday shakli bo‘lib unda obyektiv olamdagi predmet va hodisalarning tashqi belgi va xossalari to‘g‘risida ma’lumot, bilim beradi. Insonning 5 ta sezgi a’zolari bizga predmet va hodisalarining turli tomonlari to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Aqliy bilish bu obyektiv borliqni inson ongi va tafakuri yordamida bilish deyiladi.. Agar inson o‘z sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi belgi va xususiyatlarini bilsa, Aqliy bilish vositasida narsa va hodisalarning ichki mohiyatini bilib oladi.
Aqliy bilishning 3 xil shakli mavjud;

  1. Tushuncha - Aqliy bilishning shunday shakli bo‘lib unda predmet va hodisalarning eng umumiy belgilari va xossalarini aks ettiriladi.

  2. Hukm - Aqliy bilishning shunday shakli bo‘lib uning yordamida narsa va hodisalarga xos bo‘lgan belgi va xususiyatlar tasdiqlanadi yoki inkor etiladi.

  3. Xulosa chiqarishaqliy bilishning muhim shakllaridan biri bo‘lib, ikki yoki undan ortiq xukmlardan yangi bilimlar hosil qilish usulidir. Xulosa chiqarish induktiv va deduktiv bo‘lishi, ya’ni ayrim olingan narsalarni bilishdan umumiy xulosalar chiqarishga yoki umumiylikdan alohidalikka borish orqali bo‘lishi ham mumkin.

Bilishning oliy darajasi Inuitiv(qalban) bilish, g‘oyibona bilishdir. O‘zining butun borlig‘ini fan, din, siyosat va san’at sohasiga bag‘ishlagan buyuk kishilar ana shunday bilish qobilyatiga ega bo‘ladilar. Intuitiv bilish hissiy va aqliy bilishga tayanadi.

Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling