Mavzu: Bioelektrogenez Membrananing statsionar va harakat potensiallari
Download 4.87 Kb.
|
portal.guldu.uz-Biofizika
- Bu sahifa navigatsiya:
- REFLEKS VA REFLEKTOR YOY
- 3) markaziy nerv sistemasining yordamchi neyronlari;
Mavzu: Bioelektrogenez1. Membrananing statsionar va harakat potensiallari.2. Tinchlik va harakat potensiali.3. Harakat potensialining nerv tolasi bo’ylab uzatilishi.Nerv muskul hujayralari, hatto suv o’tlari hujayralari qo’zg’alganda hujayra ichi muhiti bilan tashqi muhitdagi eritmalararo, so’nuvchi tebranishlarni eslatuvchi membrana potensialining o’zgarishi yuz berib, u harakat potensiali deb ataladi.Nerv muskul hujayralari, hatto suv o’tlari hujayralari qo’zg’alganda hujayra ichi muhiti bilan tashqi muhitdagi eritmalararo, so’nuvchi tebranishlarni eslatuvchi membrana potensialining o’zgarishi yuz berib, u harakat potensiali deb ataladi.Har bir impulsga mos, akson bo’ylab tarqaluvchi elektr signal - spayk deb ataladi. Aynan mana shu spayk, nerv tolasi bo’ylab uzatiladigan informasiyaning asosiy birligidir.Mielinli nerv tolalarida, harakat potensiali Ranve bo’g’imlarida yuzaga kelib, bo’g’imdan elektr (elektr kabeli bo’ylab, telegraf axboroti berish) yo’li bilan uzatiladi. Mielinsiz nerv tolalarida uning har bir sohasi, qo’shni sohadan elektr signalini qabul qilib, harakat potensiali hosil qiladi va uni navbatdagi sohaga uzatadi. Mohiyatan, HP o’z-o’zini qo’llab- quvvatlab, tarqaladigan signaldir.Mielinli nerv tolalarida, harakat potensiali Ranve bo’g’imlarida yuzaga kelib, bo’g’imdan elektr (elektr kabeli bo’ylab, telegraf axboroti berish) yo’li bilan uzatiladi. Mielinsiz nerv tolalarida uning har bir sohasi, qo’shni sohadan elektr signalini qabul qilib, harakat potensiali hosil qiladi va uni navbatdagi sohaga uzatadi. Mohiyatan, HP o’z-o’zini qo’llab- quvvatlab, tarqaladigan signaldir.abiiy sharoitlarda nerv tolasi bo'ylab qo'zg'alish muayyan chastota bilan uzilib-uzilib, bir maromda (ritmik tarzda) kelib turadigan impulslar ko'rinishida tarqalib boradi. Bu shunga bog'liqki, har bir impulsdan keyin nerv tolasi juda qisqa vaqt oralig'ida qo'zg'almas bo'lib turadi.REFLEKS VA REFLEKTOR YOYQo'zg'alishning retseptordan effektor (to'qimalar, organlar) gacha tarqaladigan yo'li reflektor yoy deb ataladi.Reflektor yoy neyronlar zanjiridan iborat. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:1) ta'sirotni idrok etuvchi retseptor;2) sezuvchi (afferent) neyron, buning o'simtalari qo'zg'alishni markaziy nerv sistemasiga o'tkazib beradigan sezuvchi (afferent) nerv tolasini hosil qiladi;3) markaziy nerv sistemasining yordamchi neyronlari;4) efferent (harakatlantiruvchi, sekretor) neyron, buning aksoni qo'zg'alishni organga o'tkazib beradigan efferent nerv tolasini hosil qiladi;5) ijrochi organ (effektor).SinapslarQo'zg'alishning nerv tolasidan shu tola innervatsiyalaydigan hujayraga — nerv, muskul hujayrasiga, sekretor hujayraga o'tishini ta'min-lab beradigan tuzilishlar sinapslar deb ataladi.Aksonlar oxirlarining membranasi bilan ulanuvchi hujayra membranasi o'rtasida kattaligi 10 nm dan 50 nm gacha boradigan sinaptik tirqish bo'ladi. Nerv tolasi oxiridagi membrana qismi presinaptik membrana deb atalsa, u bilan tutashadigan hujayra membranasining qismi postsinaptik membrana deyiladi. Postsinaptik membrananing bevosita kontakt zonasida joylashgan cheklangan qismi subsinaptik membrana deb ataladi.Download 4.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling