Mavzu: Biоlоgiya o`qitish metodikasining rivоjlаnish tаriхi. O`zbekistondа biоlоgiya o`qitish metodikasining rivоjlаnishi Ma`ruzachi: dots: U. B. Baxodirova


“zoologiya”, “botanika”, “mineralogiya”, “odam anatomiyasi va fiziologiyasi


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana29.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1138247
1   2   3   4
Bog'liq
5-мавзу.Biоlоgiya o`qitish metodikasining rivоjlаnish

“zoologiya”, “botanika”, “mineralogiya”, “odam anatomiyasi va fiziologiyasi” kabi fanlar o‘qitila
boshlandi. Mazkur o‘quv fanlar bo‘yicha yozilgan darsliklar xajmi nihoyatda katta bo‘lib, undagi o‘quv
materiallar juda murakkab bo‘lgani sababli o‘quvchilarda hech qanday qiziqish uyg‘otmadi. Faqat V.I.Dal
tomonidan yozilgan botanika darsligi ekologiya va tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha boy ma’lumotga ega
bo‘lgani uchun u tushunarli bo‘lib o‘quvchilarda shu fanga nisbatan qiziqish uyg‘ota oldi.



Tabiiyotshunoslikni maktablarda o‘qitilishi va uning metodikasi.

XIX asrning ikkichi yarmiga kelib Ch.Darvinning organik olam evolyusiyasi to‘g‘risidagi ta’limoti e’lon qilingandan
keyin olimlardan A.N.Beketov, K.A.Timiryazev maktab tabiiyotshunoslik o‘quv fanini asosiy vazifasi o‘quvchilarning
mantiqiy tafakkurni rivojlantirish va tarbiyalashdan iborat ekanligini e’tirof etdilar. 

A.N.Beketov o‘quvchilarning mustaqil ravishda mantiqiy tafakkurini rivojlanishida tabiiyotshunoslik muhim ahamiyatga
ega ekanligini qayd qiladi. U tabiiyotshunoslikni o‘qitishda ko‘rgazma qurollardan keng foydalanish, tajribalar olib
borish nihoyatda muhim ekanligini ta’qidlaydi


Kliment.A.Timiryazev



A.N.Beketovning o‘qitish sohasidagi fikrlari ko‘p jihatdan nemis tabiiyotshunos pedagogi Avgust Lyuben
(1804-1873) qarashlarini eslatadi. Tabiiyotshunoslikga bag‘ishlangan uning darsligida bu fanning tarbiyaviy
ahamiyati, xususan, o‘quvchilar olib boradigan mustaqil ishlarda, ekskursiyalarda ularni tadqiqot ishlar
o‘tkazish ko‘nikmalarini hosil etish lozimligi ta’kidlanadi.

A.Lyuben darsligida diqqat e’tibor faqat o‘simliklar morfologiyasi va sistematikasiga qaratilganligi tabiiyki
pedagogik jamoatchilikni qanoatlantirmas edi. Bu esa o‘z navbatida tabiiyotshunoslikning mazmuniga mos
bo‘lgan yangi pedagogik muammolarni hal etish zarurligini ko‘rsatardi.



Tabiiyotshunos pedagog A.Ya.Gerdning (1841-1888) faoliyati ana shu muammolarni hal etishga qaratildi.A.Ya.Gerd
fikricha
Lyuben
tabiiyotshunosligining
eng
katta
kamchiligi
uning
mazmunini
zamon
talablariga
mos
emasligidir.A.Ya.Gerd XIX asrning tabiiyotshunoslikning yirik metodisti sanaladi. Uning qayd etishicha maktab
tabiiyotshunoslikining asosiy maqsadi o‘quvchilarga rivojlantiruvchi bilim berishdan hamda bilim olishdagi ularning
mustaqilligini taraqqiy etdirishdan iboratdir.

A.Ya.Gerd faoliyatida darslarda tajribalarni namoyish qilish, ekskursiyalar o‘tkazish, amaliy mashg‘ulotlar olib borish
muhim o‘rin tutadi. Olimning qayd etishicha, tabiiyotshunoslikni o‘qitishdan ko‘zlangan vazifa organizmlarning xilma-
xilligi bilan tanishtirish, ularning hayoti yorug‘lik, xarorat, namlik, xavo tuproqqa va boshqa organizmlarga bog‘liqligini
tushuntirish, tabiatdagi sabab bilan oqibatning o‘zaro bog‘liqligini idrok etishdan iborat bo‘lmog‘i kerak.




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling