Mavzu: Biоlоgiya o`qitish metodikasining rivоjlаnish tаriхi. O`zbekistondа biоlоgiya o`qitish metodikasining rivоjlаnishi Ma`ruzachi: dots: U. B. Baxodirova


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana29.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1138247
  1   2   3   4
Bog'liq
5-мавзу.Biоlоgiya o`qitish metodikasining rivоjlаnish



Mavzu:Biоlоgiya o`qitish metodikasining rivоjlаnish 
tаriхi.O`zbekistondа biоlоgiya o`qitish metodikasining
rivоjlаnishi
Ma`ruzachi: dots:U.B.Baxodirova



Reja:

1.Tabiiyotshunoslik o‘qitish metodikasining dastlabki davri.

2.Tabiiyotshunoslikning maktablarda o‘qitish va uning metodikasi.

3.XX asrda biologiya o‘qitish metodikasining holati.

4.O‘zbekistonda biologiya o‘qitish metodikasi. 

5.Respublikamizda biologiya o‘qitish metodikasiga oid tadqiqotlar.

6.“Biologiya o‘qitish metodikasi” kafedrasi tashkil qilinishi

7.A.T.G‘ofurov, J.Tolipovlarning O’zbekistonda biologiya o’qitish metodikasi
fani rivojiga qo’shgan hissalari.



Biologiya 1931-yilga qadar tabiiy fanlar tarkibida o‘qitilgan va uni o‘qitish tabiatshunoslikni 
o‘qitish metodikasi deb atalgan.

1931-yildan boshlab biologiya o‘qitish metodikasi alohida mustaqil fan sifatida vujudga kelgan va 
shu kunga qadar rivojlantirilib kelinmoqda.

Shu sababli, biologiya o‘qitish metodikasining rivojlanish tarixi tabiatshunoslik va uni o‘qitish 
metodikasining vujudga kelishi va rivojlanishiga bog‘liq.

Insoniyat jamiyatining asosiy qonunlaridan biri, to‘plangan bilim, ko‘nikma, malaka va tajribalarni 
yosh avlodga etkazish sanaladi.

Tabiiyotshunoslik o‘qitish metodikasining dastlabki davri.

Tabiiyotshunoslik maktablarga o‘quv fani sifatida XVIII asr oxirida kiritilgan. Bu soxada dastlabki
darslikni V.F.Zuev yozgan. Uning darsligi “Anorganik tabiiyot”, “O‘simliklar dunyosi”, “Xayvonlar
dunyosi” kabi bo‘limlardan tashkil topgan. Birinchi bo‘lim tuproq, toshlar, tuzlar, yonilg‘i moddalar,
toshga aylangan organizmlar haqidadir. O‘simliklar dunyosi bo‘limida esa o‘simliklarning
hujayraviy tuzilishi, har xil o‘simliklarning tasnifiga oid bilimlar berilgan. Zoologiya bo‘limida
ayrim xayvonlarning tashqi qiyofasi, hayot kechirishi hikoya qilinadi. 

V.F.Zuev darsligida o‘simliklar, hayvonlar morfologiyasi, sistemasidan tashqari ekologiyaga oid
ma’lumotlar bor. Darslikda tabiiy, tasviriy ko‘rgazmali qurollardan foydalanish haqida ham fikr
bildirilgan. 




XIX asrda nashr qilingan A.Sh.Teryaev botanika darsligi sistematika fanining asoschisi Karl Linneyning
“Botanika falsafasi” asaridan to‘liq ko‘chirilganligi sababli o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lmadi.

Rossiyada 1828-1852 yillar mobaynida halq ta’limi sohasida isloh o‘tkazilib tabiiyotshunoslik o‘quv fani
maktab rejasidan olib tashlandi.

Lekin keyinchalik 1853 yildan boshlab maktablarda qayta “tabiat haqida umumiy tushuncha”, 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling