Mavzu: Biоlоgiya o`qitish metodikasining rivоjlаnish tаriхi. O`zbekistondа biоlоgiya o`qitish metodikasining rivоjlаnishi Ma`ruzachi: dots: U. B. Baxodirova
XX asrdagi biologiya o‘qitish metodikasiga
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5-мавзу.Biоlоgiya o`qitish metodikasining rivоjlаnish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1917 yildan
XX asrdagi biologiya o‘qitish metodikasiga V.V.Polovsov katta xissa qo‘shdi. U 1907 yili
“Tabiiyotshunoslikning umumiy metodika asoslari” kitobini nashr qilib, unda metodikaga oid bilimlar sistemasini yoritdi V.V.Polovsov birinchi marotaba fan bilan o‘quv fani orasidagi o‘xshashlik va tafovutni ochib beradi va bu sohada tadqiqot ishlar olib borish lozimligini ta’kidlaydi. Tabiiyotshunoslik metodikasi tarixida V.V.Polovsov ekologik bilimlarni targ‘ib qilgan olim sifatida yuqori baholanadi. 1917 yildan boshlab tabiiyotshunoslik fani biologiya fani deb atala boshlandi. Bu davrda Moskva va Peterburg metodistlari biologiya o‘qitish saviyasini oshirish, uning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyatini ochib berishga xarakat qildilar. 1920-1930 yillar mobaynida biologiya o‘qitishning asosiy muammosi bo‘lib nazariya va amaliyotning birligini joriy etish hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun bilimlar va ko‘nikmalar ya’ni o‘quv materiali o‘quv fanlarga taqsimlanmay, balki yil fasllarini e’tiborga olib dolzarb mavzularga, masalan “Tabiat”, “Qishloq bilan shaharning bog‘liqligi”, “Yerdagi hayot va hayotiy jarayonlarning fizik-ximik asoslari”, “Ekish va o‘simliklarni parvarishlash” kabi mavzularga taqsimlangan edi. Bunday majmuaviy dasturlar tabiiy ravishda o‘quvchilarga sistemali bilim bera olmas edi, shunga ko‘ra o‘quv materialini laboratoriya metodi asosida o‘rganish targ‘ib qilina boshlandi. Natijada o‘quvchilar sinf darslari o‘rniga tabiatni kuzatish, tajriba o‘tkazish bilan shug‘ullana boshladilar. 1931 yildan boshlab xukumat qarori bilan boshlang‘ich va o‘rta maktab isloh qilindi va ta’lim berishning asosiy tashkiliy shakli dars bo‘lishi lozimligi o‘qtirildi. Shu paytdan boshlab maktablarda botanika, zoologiya, odam anatomiyasi, fiziologiyasi, darvinizm o‘quv fanlari maktab rejasiga kiritildi va ana shu o‘quv fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari va darsliklari yaratildi, hamda maktab hayotiga joriy etildi. prof. P.I.Borovitskiy tahriri ostida chiqqan “Biologiya o‘qitish metodikasi” M.1962, prof. B.V.Vsesvyatskiyning Biologiyaning umumiy o‘qitish metodikasi” M.1960, N.M.Verzilin va V.M.Korsunskayalarning “Biologiya o‘qitishning umumiy metodikasi” M.1983, prof. I.N.Ponamaryova taxriri ostida nashr qilingan “Biologiya o‘qitishning umumiy metodikasi” M.2003 kabilarni darsliklar yaratilgan. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling