Mavzu: Biosfera va uning vazifalari
“Iqra’ va robbikal akram, allazi allama bil qalam. Allama-l-insana ma lam ya’lam”
Download 118.55 Kb.
|
1 2
Bog'liqFALSAFA MUSTAQIL ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islomda yoshlar tarbiyasi
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI Quroni Karim oyatlari Hadisi Sharif Internet ma’lumotlari E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
“Iqra’ va robbikal akram, allazi allama bil qalam. Allama-l-insana ma lam ya’lam”
(“O‘qi! Sening o‘ta karamli parvardigoring qalam vositasi bilan ta’lim berdi. Insonga u bilmagan narsalarni o‘rgatdi”). Ilmga qiziqtirish borasida Alloh Qur’onda shunday deydi: «Aytgin, ilmlilar bilan ilmsizlar teng bo‘la oladilarmi albatta bu haqda faqat aqlli kishilargina eslaydilar: (“Zumar” surasi, 9-oyat). Boshqa bir oyatda ilmli kishilar Allohning huzurida boshqalardan ko‘ra yuqori darajada turishlari ochiq-oydin aytilgan: «Alloh taolo sizlardan imon keltirganlarni va ilmli bo‘lganlarning darajasini ko‘taradi» («Mujodala» surasi, 11-oyat). Ilm – bu ma’rifat, fazilat. Ilm jamiyat musaffoligining belgisidir. Ilm- ma’rifat bor joyda diyonat bor. Agar ilm susaysa – jaholat, nodonlik kuchayadi. Ilmsiz mamlakatda fitnalar kuchayadi, qotillik avj oladi. Qur’oni Karimning “Al-Isro” surasini 23-24-oyatlarida ota-onaning bolani dunyoga keltirishi bilan birga, farzandga yaxshi ism qo‘yishi, o‘z farzandini jismoniy va ma’naviy tomondan etuk kishi qilib tarbiyalashi, ya’ni ilmu ma’rifatga o‘rgatish va biror bir kasb-hunar egasi qilish, o‘g‘il bola bo‘lsa uylantirish, qiz bola bo‘lsa turmushga chiqarish, ularga moddiy va ma’naviy yordam berib turishi ta’kidlanadi. Islomda yoshlar tarbiyasi Shariatimizda yoshlar tarbiyasiga alohida e'tibor qaratilgan. Shuning uchun ham yoshlar tarbiyasini qachondan boshlash kerak degan savolga oila qurishdan oldin, ya'ni onasini (yoki otasini) tanlashdan avval deb javob beriladi. Ulamolarimiz ta’kidlab aytishadiki, farzand hali dunyoga kelmay turib, uning kimlar orqali dunyoga kelishi mumkinligiga e'tibor berishni aytishadi. Bo‘lg‘usi ona yoki ota tug‘ilajak farzand tarbiyasining zohiriy asoschilaridir. Chunki farzand tug‘ilganida uning tabiati sof holda tug‘iladi va qaysi muhitda tarbiya ko‘rib, o‘sib o‘lg‘aysa, o‘sha muhitdan ta'sirlanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Har bir tug‘ilgan go‘dak Islom fitratida (ya'ni sof tabiatda) tug‘iladi. Ota-onasi uni yo yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi”, – deb marhamat qilganlar. Agar ota-ona diyonatli bo‘lsa, farzandini ham diyonatlik qilib tarbiyalaydi. Ibn Moja Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilib, quyidagi hadisni keltiradilar: “Ayollarga ularning chiroyi uchungina uylanmang, ularning chiroyi halokatga ketkazishi mumkin, molu davlatlari uchun ham uylanmang, balki shu molu davlatlari tug‘yonga solishi mumkin, lekin dindorlariga uylaninglar, albatta, qora cho‘ri bo‘lsa ham dindorlari afzal”. Alloh taolo ota-onalarga qarata xitob qilib: “Ey, imon keltirganlar! O‘zlaringizni va oila a'zolaringizni yoqilg‘isi odamlar va toshlar bo‘lmish do‘zaxdan saqlangiz”[1], deydi. Binobarin, Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Har biringiz mutasaddidir va har biringiz qo‘l ostidagilari uchun mas'uldir. Imom mutasaddidir va qo‘l ostidagilari uchun mas'uldir. Erkak o‘z oilasida mutasaddidir va qo‘l ostidagilari uchun mas'uldir. Ayol erining uyida mutasaddidir va qo‘l ostidagilari uchun mas'uldir. Xodim o‘z xojasining mol-mulkida mutasaddidir va qo‘l ostidagilari uchun mas'uldir”. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati. Yuqoridagi oyat va hadisda, har bir shaxsning jamiyat oldidagi mas'uliyati, har bir erkakning o‘z ahli ayoli oldidagi mas'uliyati, har bir ayolning o‘z erining xonadonidagi mas'uliyati va barcha insonlarning boshqa kishilar oldidagi mas'uliyatini bayon qilib berdi.Go‘zal xulq insondagi barcha fazilatlarning eng oliy va afzalidir. Chunki odob va go‘zal axloq egasi bo‘lgan kishilardan doimo yaxshilik kutiladi. O‘ziga, oilasiga, jamiyatiga va butun atrof-muhitga undan faqat manfaat yetadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 118.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling