Mavzu: Biosferada global muammolar. Reja
Download 0.6 Mb.
|
biosfera
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biosferani saqlash usuli sifatida qoriqlanadigan hududlarni yaratish
Mavzu: Biosferada global muammolar. Reja: Biosferali monitoring Global ekologik muammolar va ularning oqibatlari Biosferaning ifloslnishi Biosferani saqlash muammosi Biosferani saqlash usuli sifatida qo'riqlanadigan hududlarni yaratishBiosfera va insoniyat Mundarija Reja……………………………………………………………………………..…1 Mundarija……………………………………………………………………….....2 Kirish………………………………………………………………………….…...3 Biosferali monitoring…………………………………………………………..…..5 Global ekologik muammolar va ularning oqibatlari……………………….….….11 Biosferaning ifloslnishi………………………………………………………..….17 Biosferani saqlash muammosi…………………………………………………………19 Biosferani saqlash usuli sifatida qo'riqlanadigan hududlarni yaratish……………19 Biosfera va insoniyat…………………………………………………………...…21 Xulosa……………………………………………………………………..............31 Adabiyotlar………………………………………………………………………..32 Kirish Biosfera yerning barcha tirik organizmlar mavjud bo'lgan yuqori qobig'i sayyoramizning global ekotizimini tashkil etadi. U gidrosferadan, atmosferaning quyi qismidan, yuqori litosferadan iborat. Biosferaning aniq chegaralari yo'q u doimiy rivojlanish va dinamikada bo'ladi.Endi biosferaning ekologik xavfsizligi muammolari haqida o’ylab ko’rsak. Inson faoliyati sayyoramizning tirik qobig'iga xavf tug'dirganligi sababli antropogen ta'sir ekotizimlarning yo'q qilinishiga va flora va fauna turlarining yo'q qilinishiga, er po'stining relyefi va iqlimining o'zgarishiga olib keldi va davom etmoqda.Natijada litosferadagi yoriqlar va biosferadagi bo'shliqlar hosil bo'ladi. Bundan tashqari tabiat o'ziga zarar yetkazishi mumkin vulqon otilishidan keyin atmosferada karbonat angidrid miqdori ko'payadi, zilzilalar relyeflarni o'zgartiradi, yong'in va toshqinlar o'simlik va hayvonot turlarining yo'q qilinishiga olib keladi.Bunday holatlarni oldini olish uchun atrof muhit holatini yaxshilash va ba'zi ekotizimlarni saqlab qolish uchun qo'riqxonalar va milliy bog'larni yaratish mumkin. Ular tabiatni asl shaklida saqlab qolishadi, qo'riqlanadigan hududlarda o'rmonlarni kesish va ov qilish taqiqlanadishi samara beradi.Bunday obyektlarni muhofaza qilish va tabiatni muhofaza qilish yerlarida joylashgan davlatlar tomonidan ta'minlanishi kerak.Undan oldin esa aholini ham bu jarayonga tayyorlash kerak faqatgina davlat yoki malum bir taraf harakati bilan samara bermaydi . Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, jumladan yosh avlod ongida ona tabiatni asrab-avaylash, unga daxldorlik hissini kuchaytirish bo‘yicha ham muayyan ishlar ro‘yobga chiqarilishi. Ekoharakat va uning deputatlari guruhi tegishli vazirlik hamda idoralar hamkorligida yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirilishi kerak.Ekologik ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ta’lim konsepsiyasi uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda Vazirlar Mahkamasi qaror loyihalari ishlab chiqilib, hukumatga taqdim etilgan va bu ishlar sezilarli samara berishini kutilmoqda. Bundan roppa-rosa 10 yildan soʻng dunyo manzarasi qanday boʻlishi haqida hech oʻylab koʻrganmisiz? Insoniyatning hayot kechirish tarzi qay tarzda oʻzgarishi mumkinligi haqida-chi? Hozirgi anʼanalarimiz qay darajada oʻzgarishi mumkin deb hisoblaysiz? Shunisi maʼlumki, yer sharining ekologik vaziyati oʻtgan asrga nisbatan misli koʻrilmagan darajada oʻzgarishga ulgirishi bilan bir qatorda avlodlarning chinakamiga qargʻishiga sabab boʻluvchi muammolarni ham vujudga keltirdi. Garchi ushbu hodisalar dunyo hamjamiyatini global ekologik muammolar toʻgʻrisida koʻproq maʼlumotlarga ega boʻlish, tadqiqotlar olib borish va bu muammolarni bartaraf etish borasida amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishga undab kelayotgan boʻlsa hamki, koʻpchilik mamlakatlar va millatlar bu muammolarning koʻlami shabadasini seza olishmayapti yoxud ular oʻzlarini mutlaqo xabarsizdek tutishmoqda. "Koʻpchilik foydalanishga yaroqli suvimiz tugashini bilmaydi, 2030-yilga kelib suvga boʻlgan talab va mavjud boʻlgan suv taʼminoti oʻrtasida 40 % tafovut boʻladi. Suv muammosini hal qilish uchun bizda bor-yoʻgʻi 15 yil bor xolos”, deydi Jahon iqtisodiy forumining yosh global yetakchisi Mina Guli. Taʼkidlash joizki, 750 mutaxassisdan tarkib topgan jamoa tomonidan oʻtkazilgan soʻrovda toza ichimlik suvining tugab borishi butun dunyo aholisi uchun chinakamiga global xavf deb baholandi. Aslida, ichimlik suvi muammosi dunyo aholisini qiynab kelayotgan muammolarning eng oldi qatoridan oʻrin olib ulgurgan. Foydalanish uchun suv yetarli boʻlmagan, kunni toza ichimlik suvini izlash uchun sarflaydiganlarga ham oson emas! Bu tuygʻularni suvni isrof qilayotganlar qayoqdan ham bilsin. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling