Mavzu: Bioxilma-xillik to'g'rsida Konvensiya ( Rio-de-Janeyro 1992 ) Reja: Bioxilma-xillik nima ?


Download 0.73 Mb.
Sana18.12.2022
Hajmi0.73 Mb.
#1031163
Bog'liq
2.Bio xilma-xillik to\'g\'rsida Konvensiya( Rio-de-Janeyro 1992 )


Mavzu: Bioxilma-xillik to'g'rsida Konvensiya
( Rio-de-Janeyro 1992 )
Reja:
1.Bioxilma-xillik nima ?;
2. Konvensiyadagi ma’lumotlar;
3. Dunyo bioxilma-xillikka qanchalik muxtoj.

1. Bioxilma-xillik oʻzi nima? – degan savolga koʻpchilik mujmal qilib bu “tabiat” yoki “yovvoyi hayvonlar” deb javob beradi. Ammo Bioxilma-xillik ancha keng tushuncha boʻlib, u hayotning barcha turlarini va sayyoramizda mavjud tabiiy tizimlarni oʻz ichiga oladi. Tabiat "chekinmoqda", bioxilma-xillikning qisqarib ketish jarayonlari rekord darajaga yetdi. Yer o‘z hosildorligini yo‘qotdi. O‘simlik va hayvonot dunyosi turlarining milliondan ortig‘i yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Insoniyat yangi biologik tahdidlar, xususan, koronavirus pandemiyasiga ro‘baru keldi. Ammo bioxilma-xillik hayotning barcha turlarini va sayyoramizda mavjud tabiiy tizimlarni o‘z ichiga oladi. Bioxilma-xillik turg‘un tushuncha emas. U tabiat barcha biologik qismlarining o‘zaro bog‘liqligi va bir-birini taqozo etadi. Ko‘pincha mazkur tushunchaning uch darajasi farqlanadi: turlarning biologik rang-barangligi, genetik rang-baranglik va ekologik tizimlarning rang-barangligi. Bu uch daraja jamuljam holda bioxilma-xillikni tashkil etadi. Shu sababli, mazkur darajalarning har birini asrash umuman bioxilma-xillikni asrash uchun muhim.
Biz “biosfera”da, ya’ni sayyoramizning jonli qismida yashaymiz. Biosfera – juda faol substansiya. Lekin o‘zining turli biologik qismlarining boyligi tufayli u hayotni asrash nuqtai nazaridan juda barqaror. Biosfera faqat biologik hayotning boyligi tufayli sirtdan ko‘rsatilgan ta’sirlarga dosh beradi.
Yerda hayotning rang-barangligi qancha kamaysa, biosferaning sirtdan aralashuvlarga ta’sirchanligi shuncha ortadi. Bioxilma-xillik qancha kam bo‘lsa, sayyoramizning uzoq muddatli istiqbolda yashab qolish imkoniyatlari shuncha oz bo‘ladi.
Bioxilma-xillik mamlakatimizda xalqning iqtisodiy, estetik, sog‘liqni saqlashga oid va madaniy farovonligining muhim manbai hisoblanadi. Ammo butun dunyoda bioxilma-xillik kamayib borayotgani, chunonchi, noyob genlar, turlar va ekologik tizimlar yo‘q bo‘lib ketayotgani yurtimizga ham tahdid solmoqda. Buning sababi bitta – odamlar. Odamlar shunday bir sharoitlarni yaratdilarki, ularda yo‘q bo‘lib ketgan turlar miqdori 65 million yil oldingi dinozavrlar davridan boshlab butun tarix mobaynida yo‘q bo‘lib ketgan turlar miqdoridan ham ko‘proq.
Agar bioxilma-xillik yo‘qolishining hozirgi tezligi saqlanib qolsa, odamlarning tabiiy yashash joylarini buzish, ifloslash, iqlimni o‘zgartirish borasidagi harakatlari natijasida sayyoramizdagi turlarning yarmi 100 yildan ham kamroq vaqt ichida yo‘q bo‘lib ketadi.
Masalan, so‘nggi 40 yil davomida baliq ovlash yiliga 20 million tonnadan 135 million tonnaga oshdi. Baliq zaxiralarining 75 foizi yo‘qolib ketdi. Shunga qaramasdan, Yer yuzida yashovchi insonlarning har beshinchisining ovqatlanish ratsioniga baliq kiradi.
Bioxilma-xillikka odamlar ta’sirining bosh omillari biologik resurslar iste’molining o‘sib borayotgani, insonning ishlab chiqarish faoliyati, qishloq xo‘jaligi hamda odamlar yashaydigan joylar kengayib borayotganidir.
Bu odamlar rivojlanish jarayonlarini, o‘z iste’moli, savdo-sotiq va hokazolarni butunlay to‘xtatishi kerak, degan ma’noni anglatadimi? Yo‘q. Ammo insonning hayot faoliyati va mavjudligi uchun ne’matlar ishlab chiqarish jarayonida bioxilma-xillikka ziyon yetkazmaslik va uni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish yo‘llarini topish ustida barcha odamlar bosh qotirishlari lozim.

2. 1992-yiIda BMTning Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan atrof muhit va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasida biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiya imzolandi.l993-yildga kelib, 168 davlat uning ishtirokchisi bo‘ldi. 1995-yilda
O‘zbekiston ham ushbu Konvensiyaga qo‘shildi. Biologik xilma-xillik deganda, barcha tirik organizmlarning populatsiya, tur va ekotizim darajasidagi yig‘indisi tushuniladi. Ekotizimlaming mahsuldorligi, ulaming o‘zini-o‘zi boshqarishi va tiklay olishi, tabiiy va antropogen omillarning ta’siriga bardosh bera olishi bioxilma-xillikka bog‘liq ekanligi ко‘p lab olimlar tomonidan aniq isbotlab berilgan. Hozirgi kunda Biologik xilma-xillik noyob qiymatga va umumjahon ahamiyatga ega ekanligi e’tirof etilmoqda. Biologik turlami saqlashning ahamiyatini chuqur anglash, xalqaro hamjamiyatning xabardorligini oshirish maqsadida BMT tashabbusi bilan 22 may “Xalqaro biologik xilma-xillik kuni” deb e’lon qilingan. Yer yuzasining biologik resusrlari odamzodning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun hayotiy zaruriyatdir. Sayyoramizning biologik xilma-xilligi asosini biologik turlar tashkil etadi. Ulaming birortasi yo‘q bo‘lib ketsa o‘mini mutlaqo to‘dirib bo‘lmaydi. Biologik xilma-xillik muammolari bugunda klassik biologik chegaralaridan chiqib ketdi. Ulami hal etishda sistematika, ekologiya biogeografiya sohasidagi ma’lumotlardangina emas, balki landshaftshunoslik, tabiatdan foydalanishning turlari, sohalari, iqisodiyot, sotsbiologiya va boshqa sohalaming ma’lumot va uslubiy apparatlaridan foydalanish talab etilmoqda. Shu bilan birgalikda yovvoyi flora va fauna na ma’muriy va na davlat chegaralarini bilmaydi. Shunga asosan Konvensiya ishtirokchilari biologik xilma-xillikni saqlash umurninsoniy muammolar ekanligini tasdiqlaydilar. 1998- yilda xalqaro tashkilotlarning (GEF, PROOH) moliyaviy ko‘magi bilan 0 ‘zbekiston Respublikasining biologik xilma-xilligini saqlash bo‘yicha Milliy strategiya va ishlar rejasi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan ma’qullangan (Vazirlar Mahkamasining 1998-yiI 139-sonIi qarori) ushbu hujjat biologik xima-xillikni saqlash sohasidagi asosiy yo‘nalishlar va tadqiqotlar rejalari, amaliy faoliyat va ta’limning 1998-2007 va 2017-yilgacha bo‘lgan istiqbolini belgilab berdi. Unda uchta asosiy masala qo‘yilgan: maxsus qo‘riqlanadigan hududlar tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirish; bioxilma-xillikni saqlash sohasidagi ma’lumotlami yetkazish va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish; biologik resurslardan foydalanishda ularga putur yetkazmaydigan mexanizmlami ishlab chiqish va joriy qilish. Biologik xilma-xillik, oddiy hayotiy shakllarga nisbatan ancha keng qamrovli. U nafaqat amaliy tekshirishlaming yo‘nalishlarini aniqlaydi, balki shunday maqomga egaki, agar biologik xilma-xillik mavjud bo‘Isa, ekotizimning barqarorligi mustahkam bo‘ladi. Shuning uchun ham uni doimiy ravishda himoya qilish maqsadga muvofiq va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarida biologik xilmaxillikni asrash masalasiga alohida e’tibor beriladi
Har yili 2001-yildan beri 22-mayda Butunjahon biologik xilma-xillik kuni nishonlaniladi.
Ushbu kun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1994 yilda qabul qilingan Biologik xilma-xillik to'g'risidagi konventsiyasi (BTK) ishtirokchilari tavsiyasiga asosan 1995-yilda maxsus qaror (№ A / RES / 49/119) e'lon qildi.

Oldiniga Butunjahon biologik xilma-xillik kunini 29-dekabrda - Biologik xilma-xillik to'g'risidagi konventsiya kuchga kirgan kunni nishonlash tavsiya qilindi. Shu bilan birga, yil davomida nishonlanadigan ko'p sonli bayramlar tufayli ko'plab mamlakatlarda kunni nishonlash uchun tadbirlarni rejalashtirish va o'tkazishda qiyinchiliklarga duch keldi va bu sana 22-mayga o'zgartirildi.
Biologik xilma-xillik bugungi kunda tezda pasayib borayotgan sayyoradagi hayotning xilma-xilligi. O'simliklar o'lib ketmoqda, hayvonlar va o'rmonlar Yer yuzidan yo'qolib ketmoqda. Buning asosiy sababi - insonning faoliyati faoliyati. Sayyoramizdagi turlarning biologik xilma-xilligining kelajagi haqida xavotirga tushish, 1992-yilda Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan BMTning Atrof-muhit va Barqaror Rivojlanish bo'yicha konferentsiyasida Butunjahon hamjamiyatiga birinchi navbatda biologik xilma-xillik ham jonli turlarini saqlab qolish, ham ekologik tizimlarga e’tibor qaratishga bag’ishlandi.
Har yili BMT Bosh kotibi Xalqaro bioxilma-xillik kuni munosabati bilan keng jamoatchilikka xabar beradi. Bayram har yili turli mavzularda nishonlaniladi, qaysiki turli yillarda bo’lgan:"Bioxilma-xillik va qashshoqlikni kamaytirish - barqaror rivojlanish uchun qiyinchiliklar", "Biologik xilma-xillik: o'zgaruvchan dunyoda hayotni sug'urtalash", "iqlim o'zgarishi va bioxilma-xillik", "Biologik xilma-xillik", "Biologik xilma-xillik mavzusini yangilash, odamlarning hayotini saqlab qolish va ularning turmush darajasini oshirish" va boshqalar.
3. Bioxilmaxillik–odamlar hayoti uchun muhim resurslar manbai. Bioxilmaxillikning yovvoyi va xonaki (madaniylashtirilgan) komponentlaridan biz oziq-ovqat, kiyim-kechak, ovqat pishirish va uy qurish, mebel yasash uchun yogʻoch, tibbiyot, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun materiallar olamiz.
Bioxilmaxillikdan olinadigan foydani ikki qismga ajratish mumkin.
Biologik xizmatlar: Oʻzbekiston asosan qishloq xoʻjalik mamlakati. Ammo qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish toʻlaligicha tabiat sifatiga bogʻliq. Bioxilma-xillik maqbul sifatni quvvatlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi. Biologik turlar rang-barangligi qancha kam boʻlsa, ular shuncha kam xizmatlar koʻrsatadi va qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi hamda qishloqlardagi hayot uchun tabiiy resurslar sifati shuncha past boʻladi.
Mahsulotlardan toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanish: Mamlakatimizda Bioxilma-xillik mahsulotlaridan foydalanish yonilgʻi sifatida ishlatish uchun yogʻoch yigʻish, ovchilik, oziq-ovqat sifatida ishlatiladigan oʻsimliklarni, dorivor giyohlarni terish va hokazolar orqali amalga oshiriladi. Bioxilma-xillik mahsulotlaridan foydalanish koʻpincha nooqilona amalga oshiriladi. Yaʼni, tabiat tiklashga qodir boʻlgan darajadan koʻproq yigʻiladi.
Yurtimizda ham yildan-yilga bioxilma-xillik yoʻqolib bormoqda. Buning asosiy sababi bioxilma-xillik mavjud tabiiy joylar asosan qishloq xoʻjaligining kengayishi hisobiga buzilib ketyapti.
Bunday muammolarning oldini olish, aholining ekologik madaniyatini yana-da yuksaltirish, yoshlarda tabiatga ehtirom tuygʻusini kuchaytirish, biologik xilma-xillikni asrashga yoʻnaltirilgan loyihalarda jamoatchilikning faolligini yana-da oshirish dolzarb vazifadir.
Bu odamlar rivojlanish jarayonlarini, oʻz isteʼmoli, savdo-sotiq va hokazolarni butunlay toʻxtatishi kerak, degan maʼnoni anglatadimi?
Yoʻq, anglatmaydi. Ammo, insonning hayot faoliyati va mavjudligi uchun neʼmatlar ishlab chiqarish jarayonida Bioxilmaxillikka ziyon-zahmat yetkazmaslik va uni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish yoʻllarini topish ustida barcha odamlar bosh qotirishlari lozim.












Foydalanilgan adabiyotlar


1. zarnews.uz
2. library.samdu.uz
3. https://xs.uz

Mamasoliyeva G

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling