Bipolar tranzistorlar
Yarimo‘tkazgichlilar
oilasiga kiruvchi qurilma tranzistor deb ataladi. Ularning
ikki turi mavjud bo‘lib,
bipolar va
maydonli tranzistor deb ataladi. Bipolar
tranzistorlar apparaturalarda keng qo‘llanib kelinmoqda. Tranzistor so‘zining
ma’nosi «transfer» – o‘zgartiruvchi va «resistor» – qarshilik degan ma’noni
anglatadi. Yarimo‘tkazgichlilar, elektr o‘tkazuvchanligi katta bo‘lgan
metallar
bilan tok o‘tkazmaydigan dielektriklar o‘rtasida yotadi. Yarimo‘tkazgichli
tranzistorlarda ikki chekkasidagi elektrodlar hamma vaqt o‘tkazuvchanligi bir xil
bo‘lib, o‘rtasidagi elektrod o‘tkazuvchanligi esa qarama-qarshi tipda bo‘ladi.
Qisqacha NP-N yoki P-N-P tipli deb aytiladi.
Bipolar tranzistorlar chiqish uchlari
baza, emitter, kollektor deb nomlanadi. Ular
faol element hisoblanadi, p-n-p hamda n-p-n tipida tranzistorlar ishlab chiqariladi.
Ular signallarni o‘zgartirish, kuchaytirish vazifalarini bajaradi.