Mavzu: bir komponentli sistemalar


Download 3.76 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi3.76 Kb.
#1446303
Bog'liq
Mavzu bir komponentli sistemalar-fayllar.org


Mavzu: bir komponentli sistemalar

MAVZU:BIR KOMPONENTLI SISTEMALAR

Bir komponentli sistemalarda komponentlar soni faqat birga teng, ya’ni, K= 1 bo‘lib, ayrim fazalar shu moddaning turli agregat holatlarini ko'rsatadi: (Фй 3) bo‘ladi va F= 3 —F. Agar Ф=3 bo'lsa, F= 0 bo'ladi, Ф= 2 bo'lsa, F= 1 bo'ladi, Ф = 3 bo'lsa, F= 2 bo'ladi.

Sistema holatini aniqlovchi o'zgaiuvchan parametrlaming qiymatlari orasidagi bog'lanishni topish uchun yagona metod sifatida temperatura, bosim va muvozanat sistemadagi komponentlar konsentratsiyasi (yoki hajmi)ni bevosita o'lchashdan foydalaniladi

Qo'lga kiritilgan ma’lumotlaidan foydalanib, holat diagrammalar tuziladi. Bir necha fazadan iborat muvozanat holatidagi sistemaning xarakterli belgisi ikkita: biri — moddalaming barcha fazalardagi kimyoviy potensiallari biri-birinikiga teng (bir xil qiymatga ega), ikkinchisi — fazalaming temperaturalari ham birdek bo'ladi

Bir necha fazadan iborat sistema muvozanat holatiga kelganida ham molekulalaming bir fazadan boshqa fazaga o'tish jarayonlari to'xtamaydi. Masalan, ≪suv — suv bug'i≫ dan iborat muvozanat sistemada molekulalar har doim suvdan bug'ga va, aksincha, bug'dan suvga o'tib turadi.

Muvozanat holatida suvning bug'lanish tezligi bug'ning kondensatlanish tezligiga teng bo'ladi. Binobarin, muvozanat bir-biriga qarama-qarshi yo'nalgan, lekin bir xil tezlik bilan boradigan ikki jarayon tufayli qaror topadi.

Klauzius— Klapeyron tenglamasi faza o'zgarishida bosimning temperatura koeffitsiyenti bilan faza o'zgarish issiqligi orasidagi bog'lanishni ifodalaydi. Bu tenglama modda holati o'zgarishining qator-qator turlarida, masalan, bug'lanish, suyuqlanish, moddaning bir allotropik ko'rinishidan boshqa allotropik ko'rinishga o'tishi kabi jarayonlarda qo'llanila oladi.

Klauzius—Klapeyron tenglamasi aylanma jarayonlar metodi bilan keltirib chiqariladi. Bu tenglama differensial shaklda hosil qilinadi:

bunda: Q — bir fazaning ikkinchi fazaga aylanish issiqligi; V2 — yuqoriroq temperaturada barqaror bo'lgan fazaning hajmi; Қ — pastroq temperaturada bo'lgan fazaning hajmi; T— bu ikki fazaning muvozanat temperaturasi, agar V2 — Vf va Q ma’lum bo'lsa, temperatura biroz o'zgarganida bosim qaysi tomonga o'zgarishini bilish mumkin. Masalan, suv bug'ga aylanganida Klauzius—Klapeyron tenglamasi quyidagicha yoziladi:

Bunda: X — suvning bug'ga aylanish mqlyar issiqligi; V2 — bug' hajmi; V, — suv hajmi; T — suvning bug'ga aylanish temperaturasi. Agarbug'ning hajmi suyuqlik hajmiga qaraganda g‘oyat katta ekanligi nazarda tutilsa, Wauzius—Юареугоп tenglamasi quyidagi shaklni oladi:

Kritik temperaturadan uzoq temperaturalarda bug1 uchun pV = RT formulani tatbiq etib, undan V2 topiladi:

tenglamani, p, dan p2 gacha va T{ dan T2 gacha integrallanganda Klauzius— Klapeyron tenglamasi

shaklga ega bo'ladi.


Klauzius— Klapeyron tenglamasi muzning erish jarayoni uchun

dT/dp ning ishorasi faqat (V^— V ) ayimianing ishorasiga bog‘liq. \ f — suyuqlik hajmi, V— qattiq jism hajmi. Agar V/.> V bo'lsa va qattiq jism (masalan, oltingugurt) suyuqlanganida kengaysa, u holda dT/dp > 0 bo'ladi, demak, muzning suyuqlanish temperaturasi bosim ortganida yuqorilashadi.

Etiboringiz uchun rahmat



http://fayllar.org
Download 3.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling