Mavzu: bir soatlik to’garak mashg’uloti reja: kirish I bob. Yoshlar tarbiyasida musiqa san’atining ahamiyati i-1 To’garak haqida umumiy ma’lumotlar i-2 To’garak ishini tashkil etish va uning maqsadi II bob


Download 149 Kb.
bet3/9
Sana30.04.2023
Hajmi149 Kb.
#1414064
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-SOATLIK to\'garak g\'ulomov

Kurs ishining ilmiyligi:
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda o‘qituvchi o‘z imkoniyatlariga qarab turli to‘garaklar tuzish mumkin:
1.Xor
2. VIA
3. Ashula va raqs ansambllari
4. Vokal ansambllari
5. Cholg'uchilar ansambli (dutorchilar, rubobchilar, doirachilar)
6. Raqs ansambli
7. Orkestr (duxovoy, xalq cholg‘u asboblari orkestri)
8. Yakkaxon qo‘shiqchilar.
I BOB. YOSHLAR TARBIYASIDA MUSIQA SAN’ATINING
AHAMIYATI.


I-1 To’garak haqida umumiy ma’lumotlar

To'garaklar - ta'lim muassasalarida bir ixtiyoriy ibrat bordir. Odatda qo'shimcha, ixtiyoriy ob'ektlar uchun ishlatiladi.


To’garak bolalarning to’garaklarni o’zlari erkin tanlashi, bir vaqtning o’zida bir necha to’garakka qatnashi va qiziqishiga ko’ra to’garakni almashtirishi mumkin.
Bu kelajakda bolalarning biror-bir kasbni tanlashida boshlang’ich pog’ona vazifasini o’taydi. To’garak rahbari to’garak mashg’ulotida samaradorlikka erishish uchun to’garak mashg’uloti ishlanmasiga alohida e’tibor qaratishi, uni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tuzishi lozim.Bunda to’garak rahbari oldiga qo’ygan har bir maqsadga xolisona, bolalar tushinishi uchun uning soddaligiga alohida e’tibor berishi kerak.To’garak rahbarlari to’garak mashg’ulotlari ishlanmasini quyidagi tartibda tuzishlari mumkin.
Shuningdek, ixtiyoriy faoliyat - bu maktabda ayrim sub'ektlari uchun maxsus soat. repetitorlik darslarida kabi bir narsa. Ularning asosiy afzalligi - uni majburiy bo'lmagan hisoblanadi. Umuman, bolalar va ularning ota-onalari bir yoki taklif ta'lim muassasasi boshqa bet (yoki undan ko'p) tanlashadi.
To‘garak ishlarini esa, ish rejasini musiqa o‘qituvchisining o‘zi, o‘z chiqishi va imkoniyatlariga qarab, mustaqil tarzda tuzadi. 0‘qituvchi to‘garak ishlariga o‘quvchilami musiqiy qobiliyati, hohish - istagi, qiziqishi, ovoziga qarab tanlab oladi va turli to‘garaklar tuzadi. Xaftasiga 2 - 3 bor to‘garakni guruhlarga bo‘lib ishlaydi. To‘garak ishlarining asosi musiqa darsidir. To‘garak ishlariga qobiliyatli, qiziquvchan, musiqa darsdarida aktiv qatnashadigan o‘quvchilar tanlab olinadi. Darsda har bir bolaning layoqati, qiziqish hisobga olinib, u yoki bu musiqa to‘garagiga jal etiladi. To‘garak faoliyati faollashtiradigan narsa bu maktab saxnasidir. 0‘quvchilar tadbirlarda, qo‘shiqlar, raqslar ijro etib, maktab jamoasi oldida e’tibor kozonib, tuman, shahar, Respublika ko‘rik - tanlovlarida qatnashdilar. Bu ulami o‘z mexnatida zavqlanishi his - tuyg'ulami Ona - Vatanga muhabbat, musiqa san’atiga hurmat, do‘stlari orasida mehr - muhabbat tuyg‘usini oshirib boradi.
To'garak mashg'uloti muayyan miqdordagi doimiy o'quvchilar tarkibi bilan qat'iy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yo'naltirilgan ta'limiy tadbirdir. Zamonaviy mashg'ulot ta'lim muassasasining mulkiy mansubligidan qat'iy nazar quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi lozim: ta'limning tarbiyaviy maqsadlarga bo'ysundirilganligi, o'quvchini komil shaxs sifatida shakllantirishga yo'naltirilganligi, ilmiyligi va izchilligi, tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini ta'minlashga qaratilganligi, insonparvarlik yo'nalishiga egaligi, tizimliligi, bilimlarni ongli ravishda o'zlashtirishga qaratilganligi, amaliy ahamiyatga egaligi va h.k.
TO'GARAK MASHG'ULOTINING MAQSADI Mashg'ulot maqsadi quyidagi uch qismdan tarkib topadi.
a) ta'limiy maqsad — mashg'ulot jarayonida to'garak a'zolarida shakllantiriladigan bilim, ko'nikma va malakalar asosida belgilanadi;
b) tarbiyaviy maqsad — mashg'ulot jarayonida to'garak a'zolarida qaysi axloqiy sifatlar shakllantirilishi asosida belgilanadi;
s) rivojlantiruvchi maqsad — mashg'ulot natijasida to'garak a'zolarida qaysi bilimlar va axloqiy fazilatlar rivojlantirilishi asosida belgilanadi.

TO'GARAK MASHG'ULOTI: UNING TURLARI, SHAKLLARI VA TIPLARI


Mashg'uloti turlari
nazariy;
amaliy;
laboratoriya;
madaniy-ommaviy tadbir;
o'quv sayohati;
ko'rgazma va namoyish, kinomashg'ulot, aralash (kombinasiyalangan) va b.
Mashg'ulot shakllari – zamonaviy didaktikada mashg'ulot shakllari 3 ga bo'linadi:
Frontal; guruhiy; individual.

Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling