Mavzu: Bir xo`jalik misolida aftomorf tuproqlar tarqalgan xududida tuproqlarni paydo qiliuvchi omillar, tarqalish qonuniyatlari,ball boneteti va unumdorlikni oshirish yo`llari Reja


Biogeoximiyaviy provinsiya tug’risida ta’limot. Tuproqni o’z - o’zidan tozalanishi va uning sanitariya gigiyenik ahamiyati


Download 39.04 Kb.
bet4/5
Sana10.02.2023
Hajmi39.04 Kb.
#1185918
1   2   3   4   5
Bog'liq
10) Bir xo`jalik misolida aftomorf tuproqlar tarqalgan xududida tuproqlarni paydo qiliuvchi omillar, tarqalish qonuniyatlari,ball boneteti va unumdorlikni oshirish yo`llari

2.3.Biogeoximiyaviy provinsiya tug’risida ta’limot. Tuproqni o’z - o’zidan tozalanishi va uning sanitariya gigiyenik ahamiyati.
Mikroelementlarni biologik rolini 1891 yil biogeoximiyaning ya’ni tuproqni ximiyaviy tarkibini bo’tun tirik organizm bilan bog’lanishini o’rganadigan fanning asoschisi akad. V.I.Vernadskiy o’rgangan va isbotlagan. Mikroelementlarni tuproq, suv va tirik organizmlar o’rtasida taqsimlanishini uni shogirdlari A.P. Vinogradov, Ya.V. Peyve, V.V.Kovalskiy va boshqalar o’rganganlar ya’ni biogeoximiyaviy provinsiyani ta’limotini yaratganlar. Biogeoximiyaviy provinsiya ma’lum viloyat tuprog’ida, o’simlik dunyosida, suv va hayvonlar organizmida u yoki bu elementlarni ko’p yoki oz bo’lishiga aytiladi. Bu ixtiro ko’pgina hayvon va odamlar kasalliklari tug’risida bilishga sharoit yaratdi. Bunday kasalliklarga Biogeoximiyaviy enzootiya kasalliklari deyiladi. Mamlakatimizda enzootik kasalliklar har xil joylarda uchraydi. Masalan: yod yetishmasligidan – buqoq (zob); kobolt yetishmasligidan akaboltoz (suxotka), mis yetishmasligidan akuproz (lizuxa) kasalliklari aniqlangan.
Kaspiy buyi, Dog’iston, Checheniston, Ingushetiya va boshqa rayonlarda mis yetishmasligi va qurg’oshin - molibden sulfatlarni ko’pligidan yosh hayvonlar va bug’oz qo’ylarda ataksiya kasalligi uchraydi.. Boshkirtistonda misni ko’pligidan (normadan 40 barobar ko’p) qon ishlab chiqarish buziladi, qonda eritrosit va gemoglabin kamayadi, jigar kattalashadi, juda oriqlaydi va halok bo’ladi.
O’zbekiston sharoitida birinchi bo’lib Zarafshon vohasida, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida biogeoximiyaviy provinsiyani prof. M.A. Rish va uning shogirdlari R.A.Aminov, D.V.Abdullayev, K.A.Askarov, Sh.M.Xolmatov va Sh.N. Nazarovlar aniqladilar. Ohakli va ishqorli tuproqlarda molibden erigan holda ko’p uchrab, qoramol va qo’ylarni zaharlaydi. Yaylov o’simliklari muzlaganda yoki quritilganda molibden erimaydigan birikmaga aylanib, zaharlaydi. Tuproq va suvda ftor elementi ko’p bo’lsa odam va hayvonlarda flyuoroz kasalligi uchraydi yetishmasa tishlarda chirish kasalligi bo’ladi. Qorqalpog’iston, Xorazm, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari, Dolvarzin, Qarshi, Muborak, Qoraqum, Nishon xo’jaliklarida mis yetishmasligidan endemik gepatit, qora junli depigmentasiyalanishi va jun tukilishi kuzatiladi. Yod yetishmasligidan buqoq, sigirlarni qisir qolishi, mahsuldorlikni kamayishi bo’ladi. Bu kasallik Buxoroning qorakul, Farg’onaning markaziy tumanlarida, Andijon, Shaxrixon, Samarqandning Jomboy, Okdaryo, Ishtixon tumanlarida uchraydi. Rux yetishmasligi Jizzax viloyati G’allaorol, Zomin, Zarbdor, Samarqandning Nurobod, Navoiyning Nurota, Qashqadaryoning G’o’zor va Yakkabog’ tumanlarida uchraydi. Buxoroning chul tumanlarida Qashqadaryoning g’arbiy tumanlarida, Samarqandning Urgut va boshqa tumanlarida o’simlik va tuproqda misni ko’pligidan misdan zaharlanish – ya’ni jigar va qonga misni tarqalishi kasalligi bo’ladi. Shunday qilib tuproqda yetishmaydigan makro va mikroelementlarni o’g’it tariqasida o’simliklarga berilishi yoki mikroo’g’itlar ishlatilishi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari rasionga ham makro va mikroelementlar qo’shib berib boriladi.
Tuproq har xil mikroorganizmlarga juda boy bo’ladi. (bakteriyalar, aktinomisitlar, mog’orlar, achitqilar protozoalar, suv hayvonlari). Eng ko’pi tuproqning 10-30 sm qalinligida uchraydi. Ustki betida juda kam bo’ladi. Chunki quyosh nuri va qurg’oqchilik ta’sirida nobud bo’ladi. 2-4 m chuqurlikda 1-2 ta va 6 m chuqurlikdan keyin mikroblar bo’lmaydi. Mikroorganizmlarni Soni yilning fasliga qarab o’zgaradi: qishda eng kam, bahorda eng ko’p va yozda esa maksimumga yetadi. Ko’pincha tuproq tarkibida saprofit bakteriyalar bilan bir qatorda patogen mikroblar sporalari va gelmintlar tuxumlari ham ko’p o’chraydi. Patogen mikroblar odam va hayvonlarni axlati, sulagi va boshqa ajratmalari, shuningdek yuqumli kasalliklardan o’lgan hayvonlarni jasadlaridan o’tadi. Ular tuproqqa tushgandan keyin tez halok bo’ladi yoki patogenlik xossasini yo’qotadi. Biroq spora hosil qiladigan bakteriyalar (kuydirgi, qoqshol, gazli gangrena, botulizm) uzoqyillar tirik qolishi mumkin.
1881 yil Lui Paster kuydirgidan o’lgan jasadni ko’mib 17 yildan keyin ochgan, kursa sporaga uralgan mikroblar tuliq yashash qobiliyatini yo’qotmaganligini aniqladi. Qorason (emkar) mikroblari 30-40 yil yashaydi. Bu kasalliklarni tuproq infeksiyasi deb ataladi. Bu mikroblarni uzoq yashashiga oziqa muhiti va namlik bor yo’qligi ko’p darajada sabab bo’ladi. Nam tuproqda quruqqa nisbatan 2-4 barobar uzoqroq saqlanadi. Tuproqda doimo yashaydigan ba’zi bir bakteriya va zamburug’lar patogen mikroblarni dushmanidir, chunki bularda ishlab chiqariladigan bakteriofag va antibiotiklar ularni halok qiladi. Kuydirgi kasalligini mikrobi tuproq neytral yo kuchsiz ishqoriy muhitda bo’lsa aktivlashadi. Tuproqda ma’lum sharoitlarda spora hosil qilmaydigan patogen mikroblar (sil kasalligi, brusellez, cho’chqa saramasi, salmonellez, nekrobasillez, oqsil, dermotomikoz) ham uchraydi.
Patogen mikroblardan tashqari gelmintlarning tuxumi ham ko’p o’chraydi. Yer betiga tushgan askaridalar quyosh nuri ta’sirida namlik yo’qligi tufayli 7 Soatda nobud bo’ladi, ammo 2-10 sm chuqurlikda esa bir yilgacha saqlanadi. Ba’zi bir gelmintlarning tuxumi har xil iqlim sharoitidagi tumanlar tuprog’ida 2 va undan ko’proq yillar yashash qobiliyatini yo’qotmaydi va kelgusida ozuqa va suv orqali hayvonlarni kasallantiradi. Insoniyat va hayvonot olamida paydo bo’ladigan hamma iflosliklar, chiqindilar tuproqqa tushishi tabiydir. Ammo, bu murakkab, organik moddalar qator omillar ta’sirida o’simliklar uchun zarur bo’lgan organik birikmalarga aylanib qoladi. Lekin, iflosliklar haddan tashqari ko’p bo’lsa tuproq bularni zararsizlantira olmaydi. Aksincha iflosliklarni organik qismi patogen mikroblar uchun oziqa muhit bo’lib, ularni ko’payishi va rivojlanshiga sabab bo’ladi. Iflos tuproq atmosfera havosini ham ifloslantiradi, pashsha kemiruvchilar ko’payadi va natijada kasalliklar ko’payadi. (havo changi temasini eslating). Hozirgi kunda tuproq radioktiv chiqindilar bilan ham ifloslanish ehtimolini oldini olish gigiyena tomondan ahamiyati katta. Agar tuproq radioaktiv moddalar bilan ifloslansa bu moddalar o’simliklarga, suvga, hayvonlarga go’sht va sut orqali odamga ham o’tadi.
Tuproqning o’z-o’zidan tozalanishida bakteriyalar, zamburug’lar, hasharotlarning lichinkalari, qurtlar va boshqalar ishtirok etadi. Bunda ko’pgina patogen mikroorganizmlar noqulay biologik sharoitlar ta’sirida halok bo’ladi. Tuproqdagi murakkab organik moddalar tuproqdagi bakteriyalar ishlab chiqadigan enzimlar ta’sirida parchalanib O2 ishtirokida mineral moddalarga aylanadi. Oksidlanish jarayonida suv, СO2 azot, gugurt, fosfat kislotalarini tuzlari hosil bo’ladi bunga ammonifikasiyalanish deyiladi. Ammonifikasiyalanishdan keyin aerob sharoitda nitrifikasiya jarayoni boshlanadi. Ammonifikasiya va nitrofikasiya hodisalari uzluksiz qaytarilib turadi va bu hodisani denitrifikasiya deyiladi. Hosil bo’lgan nitrifit mikroblar ta’sirida azot kislotalarini hosil qiladi, qaysikim tuproqdagi K, Na va boshqa elementlar bilan birikib o’simliklar yaxshi o’zlashtiradigan o’g’itlarni hosil qiladi. Xuddi shuningdek, sulfatlar, fosfatlar ham hosil bo’lishi bo’ladi. Tuproqda organik moddalarning parchalanishi jarayonlari bilan bir qatorda sintez jarayonlar ham bo’lib turadi natijada chirindi (gumus) hosil bo’ladi. Bu agronomiyada katta ahamiyatga ega.
Tuproqni sanitariya tomondan baholash uning fizik, kimyoviy, bakteriologik va gelmintologik xossalarini tekshirishlar asosida o’tkaziladi. Qurilish uchun tuprog’i toza, organik moddalar bilan ifloslanmagan, yer osti suvlari chuqur joylashgan (poydevorgacha 1 m qolsin) joy ajratiladi. Tuproq va suvni sanitariya jihatdan baholashda ichak tayoqchasi bilan ifloslanganligini ifodalovchi miqdor belgisini koli titr va koli indeks joriy qilingan (jadval). Tuproqda gijja tuxumlari bo’lishi ham ifloslikdan darak beradi. 1 kg tuproqda 100 dan ortiq gelmint tuxumi bo’lsa juda iflos, 10-100 gacha o’rtacha, 1-10 sal iflos, bo’lmasa toza deyiladi (jadval). Har xil kasallik mikroblari bilan ifloslanishi oldini olish agrotexnik va sanitariya tadbir choralarga bog’liq. Almashlab ekishni joriy etish, tuproqni to’g’ri ishlash mineral va organik o’g’itlardan to’g’ri foydalanish zarur. Yerni quritish, haydash, kanallar o’tkazish.
Tuproqda yuqumli va gelmintozlar bo’lgan yerlarda kuyidagitadbirlar o’tkazish zarur: ifloslangan yerni o’rash va o’sgan o’simliklardan foydalanmaslik, kasal mollarni ajratish yoki shu kasalliklarni yuqtiradigan hayvonlarni emlash, epizootik tadbirlarni reja asosida bajarish, ilgari mollarni o’ligi kumilgan yerlarni tartibga keltirish, yaylovlarni biologik degelmintizasiya (zagonlarga bo’lish) va boshqa ishlarni bajarish kerak.
Tuproqni organik chiqindilar va tuproq infeksiyasini qo’zg’atuvchi mikroblar bilan ifloslanishidan qo’riqlashning asosiy tadbirlari – aholi yashaydigan punktlari va chorvachilik fermalarini har xil chiqindilardan tozalashni uyushtirish, go’ngxonalarni jihozlash, yerlarni sug’orish va shimdirishdan to’g’ri foydalanish, hojatxona, yuvindi chuqurlari axlatxonani to’g’ri qurish, go’sht kombinatlari, biotermik quduqlar veterinariya-sanitariya qoidalariga va talablariga qattiq rioya qilishdir.
Tuproqni patogen mikroblar va gelmintlarni bo’g’imlari bilan ifloslanishida shu kasallik bilan kasallangan hayvonlarning tezagi eng xavflidir. Shuning uchun bu hayvonlarning go’ngi ma’lumdarajada biotermik usulda zararsizlantirilgandan so’ng dalaga chiqariladi. Mabodo, go’ngda spora hosil qiladigan mikroblar bo’lsa, u holda go’ng ko’ydiriladi. Ba’zan xavfli kasalliklar bilan o’lgan mollarni o’ligi yotgan yerlar ham zararsizlantirishga to’g’ri keladi. Bunda tuproqning tuzilishi, ko’rinishi va mikroorganizmlarning turiga qarab har xil dezinfeksiya qiladigan dorilar ishlatiladi. Qum, qumloq va boshqa yumshoq tuproqlar patogen mikroblar bilan ifloslangan bo’lsa 4% formaldegid, 10% - issiq sernokarbol aralashmasi yoki NaOH (1m2 10 l), 25% xlorli ohak aralashtiriladi. Bunda tuproq 25 sm chuqurlikda chopilib aralashtiriladi (1 m2 5 kg).
Tuproq ko’ydirgi, qorason va boshqa kasalliklar sporalari bilan ifloslangan bo’lsa etilen oksid va bromli etil, bromli metil aralashmasi bilan zararsizlantiriladi. Bu dorilar 2 m chuqurlikgacha o’tadi.
Katta mollarni o’ligini yo’qotishda maxsus avtomashinalardan foydalaniladi. Avtomashina yoki aravalar suyuqlik oqmaydigan, mahkam yopiladigan tushirish va ortishga oson qilib jihozlanadi. Yashiklarni ichki devorlari va taglari dezinfeksiya qilishga oson bo’lishi uchun ruxlanadi yoki metall tunuka bilan qoplanadi. Yashiklarni uzunligi 2,5 m; kengligi 1,7-1,75 m va chuqurligi 0,85 m bo’lib, orqa va yon tomonlaridan tashlanadigan bo’ladi.
O’lik yotgan yerning ustki qatlami 25-50 sm olinib, o’lik bilan olib ketiladi, qolgan yer esa 10% xlorli ohak aralashmasi bilan dezifeksiya qilinadi. Har safar o’lik tashilgandan keyin avtomashina, arava, asboblar, anjomlar, maxsus kiyimlar qunt bilan dezinfeksiya qilinadi va tozalanadi.
O’liklarni yorish va terisini ishlash chiqindi zavodlarning xonalarida yoki biotermik quduqni oldida betonlangan joyda bajariladi.
Kasallikni turiga qarab o’liklar va suyim chiqindilari biotermik quduqda zararsizlantiriladi yoki chiqindi zavodlarida maxsus usullarda hayvonat olamidan olinadigan ozuqalar tayyorlanadi ayrim zooantroponoz kasalliklarda butunlay ko’ydiriladi.
Biotermik quduq – hayvonlarni o’ligini yuqotish uchun quritiladi. Buning uchun aholi yashash joyidan, fermalar, yaylov, daryo, kul va ariqlardan 1-2 km uzoqlikdan joy tanlanadi 200-500 m2 yerning atrofi devor bilan uralib yagona kirish darvozasi quriladi. Devorning ichki tomonidan eni 1 m va chuqurligi 1,4 m ariq qaziladi. Quduqning eni 3 m, chuqurligi 9-12 m bo’lib va ichki devori tubi suv o’tkazmaydigan qatlam bilan ishlab chiqiladi. Quduqning labi yerdan 20 sm balandlikga ko’tariladi. Og’zi 2 qavat: oralig’i 30 sm qilib qopqoq qilinadi. Bu oraliq qish paytida poxol, eski paxta yoki jandalar bilan tuldiriladi. Quduqning havosini almashlab turish uchun 25x25 sm o’lchamli taxtadan surg’ichli truba qilinadi. Quduqga juda xavfli kasalliklardan o’lgan hayvonlarning o’ligidan boshqa hammasi tashlanishi mumkin. aerob sharoitda o’liklar 4-5 oy davomida chiriydi. Bunda termofil bakteriyalar rivojlanishi natijasida harorat 60-70 ko’tariladi va oqibatda patogen mikrofloralar halok bo’ladi.
O’liklarni ko’ydirish – xavfli yuqumli kasalliklardan (ko’ydirgi, qoraСOn, quturish va boshqalar) o’lgan hayvonlarning o’ligi butunlay terisi shilinmay, ajratgan suyuqliklari bilan birga ko’ydiriladi.
Chiqindi zavodlarida turli kasalliklardan o’lgan hayvonlardan go’sht - suyak uni, qon uni, baliq uni va boshqalar olinadi. Tuproq(qum) — litosfera yuza qavatlarining suvhavo va tirik organizmlar taʼsirida oʻzgarishidan shakllanadigan va genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq gorizontlardan tashkil topgan tabiiy tuzilmaYer poʻstining yuza va unumdor qatlami. T.ning nuragan tog jinslaridan farq qiladigan eng muhim xususiyati — unumdorligidir (qarang Tuproq unumdorligi). T.ni oʻrganish va uning tasnifini tuzish, tarkibini yaxshilash hamda unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish singari masalalar bilan tuproqshunoslik fani shugʻullanadi. T. hosil qiluvchi asosiy omillar: iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimliklar va hayvonot olami, hududning relyefi va geologik yoshi hamda odamning xoʻjalik faoliyati.Yer yuzasiga chiqib turgan togʻ jinslari yogʻinsochin, karbonat angidrid, kislorod, havo harorati, mexanik kuchlar, suv va unda erigan moddalar, havo, mikroorganizmlar va tuban oʻsimliklar (yoʻsin, lishayniklar) taʼsirida yemiriladi (nuraydi). Nuragan jinslar maydalanib, gʻovak qatlam hosil qiladi. Bu qatlam vaqt o'tishi bilan yangi xususiyat — nam sigʻimi va oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan bir oz miqdordagi oziq moddalarga ega boʻladi. Vujudga kelgan yangi muhitdagi mikroorganizmlar oʻz hayot faoliyati tufayli oʻsimliklarning oʻsishi uchun sharoit yaratadi, oʻsimliklar tuproqdan oʻz hayoti uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtiradi va oʻzida toʻplaydi. Nobud boʻlgan oʻsimlikning bir qismi mikroorganizmlar taʼsirida parchalanib, mineral moddalarga, qolgan qismi esa murakkab biokimyoviy jarayonlar natijasida chirindi (gumus) ga aylanadi. Bu jarayonlarning barchasi uzluksiz davom etadigan nurash sharoitida sodir boʻlib, oʻsimlik ildizlari ajratgan nordon moddalar hamda organik qoldiqlar taʼsirida yanada tezlashadi. Natijada Yer poʻstlogʻining sirtida unumdor gʻovak qatlam — T. paydo boʻladi. Iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimlik hamda hayvonot olami, hudud relyefi kabi omillarning T. hosil boʻlish jarayoniga taʼsiri turlicha boʻlganligi tufayli har xil tabiiy zonalarda oʻziga xos T. tiplari vujudga keladi. Mas., tayga zonasida chimli podzol T., dashtlarda qora va kashtan T., choʻllarda esa sur tusli qoʻngʻir T.lar va b (qarang Tuproq zonasi).
Odamning xoʻjalik faoliyati qam T. hosil boʻlish jarayonining baʼzi omillariga, mas., oʻsimliklarga, shuningdek, yerga ishlov berish, uning meliorativ holatini yaxshilash, organik oʻgʻit solish va boshqa bilan tuproqqa bevosita taʼsir koʻrsatadi. Bu taʼsir koʻrsatish toʻgʻri mutanosiblikda olib borilganda T. hosil boʻlish jarayonini va xususiyatlarini maqsadga muvofiq oʻzgartirish mumkin.
Tuproq profilidagi gorizontlar Tuproq qattiq, suyuq, gaz holatidagi va tirik tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Ularning bir-biriga nisbati turli Tuproq lardagina emas, balki bir Tuproq tipining har xil qatlamlarida ham turlicha Tuproq qattiq qismini mineral moddalar tashkil qiladi. Tabiiy joylanishda qattiq zarralar T. massasining maʼlum qismini egallaydi, qolgan qismini esa zarralar va ularning agregatlari oraligʻidagi har xil kattalik hamda shaklga ega boʻlgan kovaklar (gʻovaklik) tashkil qiladi. Bu boʻshliqlarning umumiy yigʻindisi T. gʻovakligi deyiladi. T. gʻovakligi kapillyar va nokapillyar boʻladi. Kapillyar gʻovakli T.ning mayda zarralari kapillyar oraligʻidagi hajmga, nokapillyar gʻovaklik esa makrostruktura elementlari oraligʻidagi yirik kovaklar hajmiga teng. Tuproq ning mineral qismidagi g'ovakligi 40—60%, botqoqi va gleylangan Tlarda esa 27% atrofida boʻladi. Gʻovaklik T.ning solishtirma va hajm ogʻirligiga bogʻliq. Kovaklarda T.ning suyuq qismini tashkil qiluvchi, tarkibida erigan moddalar — tuproq eritmasi boʻlgan tuproq nami hamda T.ning gaz holatidagi qismini tashkil etuvchi tuproq havosi boʻladi. Tuproq tarkibidagi suv va havo miqdorining nisbati atmosfera yogʻinlari, sugʻorish va grunt suvlari hamda suvning sarflanishi, yaʼni tuproq qatlamidan oqib chiqib ketishi, bugʻlanishi va oʻsimlik ildizlari orqali shimilishi va boshqa bilan bogʻliq holda oʻzgarib turadi. Mana shu sharoitlar tuproqning suv va havo rejimini belgilaydi. T.dagi havo tarkibi atmosfera havosidan (O220,96%, SO20,03%) farq qiladi (tuproq hajmiga nisbatan % hisobida: O2—20,3%, SO2—0,65%), azot miqdori deyarli teng.

Xulosa
Tuproq ning havo oʻtkazuvchanligi undagi havo miqdoriga toʻgʻri proporsional kattalik boʻlib, T. tuzilishi, strukturasi va suvga chidamligiga bogʻliq.
Tuproq ning solishtirma massasi maʼlum hajmli Tuproq qattiq qismi ogʻirligining 4° da olingan xuddi shunday hajmdagi suv ogʻirligiga boʻlgan nisbati bilan belgilanadi. Tuproq mineral qismlarining solishtirma massasi mineralogik tarkib va undagi organik moddalar tarkibiga bogʻliq (2,50— 2,80 g/sm3 gacha boʻladi). Krvushmasi buzilmagan Tuproq zichligi deb tabiiy holatdagi 1 sm3 Tuproq ogʻirligining gramm hisobidagi vazniga aytiladi va T.ning gʻovakligi va qattiq fazaning oʻrtacha zichligi bilan belgilanadi. Unumdorlik darajasini belgilovchi tuproqning kimyoviy tarkibi, fizikkimyoviy, fizikmexanik va boshqa xususiyatlari maʼlum darajada undagi singdiruvchi kompleks tabiati va tarkibiga bogʻliq. Tuproqning ana shu singdiruvchi kompleksi xususiyatlariga qarab yerlarni yaxshilash tadbirlari belgilanadi. Tuproqning tirik tarkibiy qismi tuproq mikroorganizmlari (qarang Mikroflora), umurtqasiz hayvonlarning koʻpgina guruhlari — eng sodda hayvonlar, chuvalchanglar, mollyuskalar, hasharotlar vakillaridan hamda yerni oʻyuvchi umurtqalilar (yumronqoziq, sichqon, kalamush) va h.k.dan tashkil topgan.Moddalarning tabiatda aylanishi hamda qayta joylanishi asosida T. morfologiyasi, tarkibi va xususiyatlari profil boʻylab yuqoridan pastga tomon maʼlum qonuniyatga binoan oʻzgarib boradi va tuproq gorizontlarining navbat bilan almashinishida namoyon boʻladi. Shuning uchun bu jarayonlarni bilmay turib insonning hayot kechirish muhitini tashkil etuvchi omillardan biri boʻlgan T. qoplamidan notoʻgʻri foydalanish tuproq eroziyasiga, uning shoʻrlanishi va botqoqlanishiga olib keladi. Tuproqning ifloslanishini kamaytirish uchun qishloq xoʻjaligi.da pestitsidlardan foydalanish qoidalari joriy qilingan (yana qarang Tuproq tasnifiTu proqunumdorligi).


Download 39.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling