Mavzu: Birjalar faoliyati funksiyalari haqida tushuncha


Download 26.96 Kb.
bet1/3
Sana21.10.2023
Hajmi26.96 Kb.
#1714804
  1   2   3
Bog'liq
birja faoliyati funksiyalari

Mavzu:Birjalar faoliyati funksiyalari haqida tushuncha


Reja:



1. Birja faoliyati tushunchasi
2. Birja faoliyatining mohiyati
1. Birja faoliyati tushunchasi
Tovar birjasi bozor iqtisodiyotining tashkiliy rasmiylashtirilgan, klassik instituti, rasmiy narx kotirovkasi va standartlar bo‘yicha bitimlar tuzish vaqti hamda doimiy ish joyiga ega bo‘lgan, muntazam faoliyat ko‘rsatadigan tovarlar ulgurji bozoridir.
Birja – bozor mexanizmining tarkibiy qismi; u talab va taklif real nisbatini aniqlaydi, muvozanatli narxlarni shakllantiradi va ulgurji bozorni ularga yo‘naltiradi, tovar massasini tovar muomalasi sohasiga jalb etishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, birja – xejlash orqali narxni barqarorlashtirish vositasi, narx farqida tijorat chayqovlari vositasi va shu sababli investitsivalash uchun jalb etuvchan soha hisoblanadi.
«Birja» atamasi ostida birja jarayonining o‘zi ham, birja bitimlarini amalga oshirish, ularning natijalarini hisobga olish, sug‘urta operatsiyalari, belgilangan qoidalarga rioya qilinishini ta’minlovchi mos keluvchi infratuzilma ham tushuniladi.
Birja jarayonini tartibga solish va nazorat qilish, birja savdosi qonuniyatlarini aniqlash, birja konyunkturasini baholash, talab va taklifni bashorat qilish ehtiyojlari birja faoliyatini statistik tadqiq etish zaruratini asoslab beradi.
Birja statistikasini o‘rganish predmeti quyidagilar hisoblanadi: birja konyunkturasi, tovar massasi harakati, birja narx shakllanishi, birjada narx darajasi va tendensiyalari, investitsion jarayonlar, sotuvchi va xaridorlarning daromad va yo‘qotishlari, birjaning tovarlar bozoriga ta’siri, birja infratuzilmasi.
Birja savdosining bosh funksiyasi bozorni narx haqidagi axborot bilan ta’minlash, riskni sug‘urtalash va bozorda raqobat uchun sharoitlar yaratish hisoblanadi.
Alohida tovar birjasi doimiy ish vaqti va joyiga ega bo‘lgan, ma’lum bir tovar yoki tovarlar majmuyi bilan savdo qiladigan bozorni ifodalaydi.
Jahon amaliyotida tovar birjalari faoliyati, asosan, xomashyo va qishloq xo‘jalik mahsulotlari oldi-sotdisi bilan cheklanadi. Qoidaga ko‘ra, birja tovarlari – bu xomashyo, mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayoni boshlanishiga mansub. Shu sababli ular ko‘p jihatdan chiqariladigan boshqa tovarlar narxini belgilab beradi. Klassik birja tovari – sifati va hajmi bo‘yicha bir xillashtirilgan, qat’iy belgilangan, oson muayyanlashtirilgan, barqaror xususiyatlarga ega bo‘lgan ommaviy mahsulot. U urfdan chiqib qolmasligi yoki ma’naviy eskirmasligi lozim. Bu shuni anglatadiki, birja tovari birjaga yetkazib berilmasligi mumkin. Xaridorga farqi yo‘q bo‘lishi lozim: sotuvchi kim, tovar qaysi partiyadan olingan. Eng mashhur birja tovarlari: neft va neft mahsulotlari, rangli va qimmatbaho metall, o‘rmon, paxta, kauchuk, kofe, shakar, don. Bir xil tovar bir mamlakatda birja tovari bo‘lishi, boshqasida bo‘lmasligi mumkin.
Shuni e’tiborga olish kerakki, birja yuridik shaxs maqomida oldi-sotdi bitimining tomonlaridan biri sifatida ishtirok etmasdan, faqat bitimning amalga oshirilishi va birja savdosi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi.

Download 26.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling