Mavzu. Biznes g’OYadan-biznes modelga siz o’z biznes g’oyangizni amalga oshirishdan hech qachon tiyilmang, sizning biznes g’oyangiz hatto o’zgalar nazdida o’ta ahmoqona tuyulsa ham. Chunki aqlli g’oyalar allaqachon amalga oshirib bo’lingan


-jadval Biznes-modelning tanlanma ta’riflari


Download 77.25 Kb.
bet3/8
Sana03.02.2023
Hajmi77.25 Kb.
#1156603
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAVZU. BIZNES G’OYaDAN-BIZNES MODELGA

6.1-jadval
Biznes-modelning tanlanma ta’riflari

Muallif, yil

Ta’rif

Timmers,1998

Biznes-model o’zida biznesning turli ishtirochilari va ularning biznes jarayonlardagi o’rnini;biznesning turli ishtirokchilari uchun potentsial navflilik; daromad olish manbalarini batafsil bayon qilib beruvchi mahsulot, servis va axborot oqimlarining o’ziga xos “arxitektura”sini ifoda etadi

Amit&Zott, 2011

Biznes-model “biznes-imkoniyatlardan foydalanish orqali qiymat yaratish maqsadida qurilgan xo’jalik faoliyati aktlarining mazmuni, tuzilmasi va ularni boshqarish jarayonlari”ni ifoda ettiradi

Chesbrough&
Rosenbloom, 2002

Biznes-model o’zida “texnik imkoniyatlarni iqtisodiy qiymatning amalga oshishi bilan birlashtiruvchi evristik mantiq”ni ifodalaydi

Magretta,2002

Biznes-modelllar – bu “korporatsiyalar faoliyatining mantig’ini bayon qilib beruvchi tarixdir. Yaxshi biznes-model Piter Drukerning azaliy savollariga to’laqonli javob beradi: Iste’molchilar kimlar? Iste’mol qiymati qanday bo’lishi kerak? U shu bilan birgalikda har bir boshqaruvchi beradigan quyidagi savollarga ham javob berishi kerak: Biz bu biznesda qanday qilib pul ishlab topamiz? Ma’lum narxlar bo’yicha iste’molchilarga qiymatni biz qanday qilib etkazib berishimizni tushuntirib beradigan iqtisodiy mantiqning asosida nima yotadi?”

Morris et.al.,2005

Biznes-model-bu “ma’lum bir bozorlarda barqaror raqobat ustunligiga erishish maqsadida iqtisodiyot, biznes arxitekturasi va venchurli strategiyalar sohasida o’zaro bog’liq bo’lgan echimlar to’plami bilan qanday munosabatda bo’lish lozimligini tushuntirib beruvchi qisqacha izohdir...”Biznes-model “oltita asosiy tashkil etuvchini o’z ichiga oladi: qiymat, iste’molchilar tavsifi, ichki jarayonlar (kompetentsiyalar), tashqi muhitda o’rin egallash, iqtisodiy model va shaxsiy (investitsion) omillar”

Johnson et.al., 2008

Biznes-model “birgalikda qiymat yaratuvchi va uni ta’min etuvchi o’zaro bog’liq bo’lgan to’rtta tashkil etuvchidan tarkib topadi”. Bu tashkil etuvchilar quyidagilardan iborat: iste’molchilar taklif qilingan qiymat, foyda olish formulasi, asosiy resurslar, asosiy jarayonlar

Casadesus-Masanell&Richard,
2010

“Biznes-model-bu firma tomonidan amalga oshiriluvchi strategiyaning amalda aks etishi...firmaning o’z steyk-xolderlari (biznesga ta’sir ko’rsatuvchi yoki ta’sir ko’rsata olish layoqatiga ega bo’lgan tashkilot yoki shaxslar) uchun qiymat yaratish bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish usul va vositalari va shu bilan bir qatorda firma faoliyatining mantig’i hamdir”

Teece,2010

“Biznes-model –kompaniyaning iste’molchilar uchun yaratayotgan qiymatining hayotiy daromad va xarajatlari tarkibini va hamda iste’molchi uchun taklif qilinayotgan qiymat darajasining yuqori bo’lishini ta’min etuvchi jarayonlarning mantig’ini aniqlashtirib beradi”

Uch bosqichdan iborat bo’lgan ketma-ketlikni quyidagicha tasvirlashimiz mumkin.





Download 77.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling