Mavzu. Biznes g’OYadan-biznes modelga siz o’z biznes g’oyangizni amalga oshirishdan hech qachon tiyilmang, sizning biznes g’oyangiz hatto o’zgalar nazdida o’ta ahmoqona tuyulsa ham. Chunki aqlli g’oyalar allaqachon amalga oshirib bo’lingan
Biznes-modelni biznes-rejaga aylantirish
Download 77.25 Kb.
|
MAVZU. BIZNES G’OYaDAN-BIZNES MODELGA
Biznes-modelni biznes-rejaga aylantirish
Innovatsion loyihaning biznes-rejasi - bu mazkur loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi borasida amalga oshirilishi zarur bo’lgan harakatlarning bosqichma-bosqich yo’riqnomasi, harakatlar dasturini ifoda etuvchi hujjatdir. M.Jonson, K.Kristensen va X.Kagerman va shuningdek, A. Ostervalder va I. Pinelarning metodik yondashuvlariga muvofiq ishlab chiqilgan potentsial biznes biznes-modelining tahlili biznes-reja tuzishning asosini tashkil etadi. Biznesni rejalashtirish jarayoni biznesni tashkil etishning asosiy jihatlari va holatlarini tizimlashtirish va tartibga solishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Hujjatning aniq bir tuzilmaga ega bo’lishi har qanday o’quvchiga ham butun bir hujjatni batafsil o’rganishga vaqt sarflamasdan biznes-rejada ko’zda tutilgan holatlar borasida yaqqol tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi. Odatda, biznes-rejalar uzoq va ko’p bosqichli professional tekshiruvlardan o’tadi, unda ekspertlar biznes-rejalarning mazmunini sinchkovlik bilan o’rganibgina qolmasdan, ularni o’zaro taqqoslashlariga ham to’g’ri keladi. Shuning uchun biznes-rejani ishlab chiqishda hujjatning rasmiy tuzilmasiga rioya qilish va har bir bo’limni to’ldirish bo’yicha umum e’tirof etilgan talablarni bajarish muhimdir. Ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarga bog’liq ravishda biznes-rejaning ikkita asosiy yo’nalishi mavjud: 1) ichki foydalanish uchun tuzilgan va bozor ehtiyojlariga va zarur resurslarni olish imkoniyatlariga muvofiq yaqin va uzoq kelajak uchun biznesni rivojlantirish strategiyasini ifodalovchi biznes-rejalar. Bunday holda, biznes-rejaning maqsadi loyihaning hayotiyligini, maqsadli natijalarga erishishning haqqoniylik darajasini baholashdan iborat bo’ladi; 2) potentsial investorlarni yoki kredit resurslarini jalb qilish maqsadida tashqi foydalanuvchilarga mo’ljallangan biznes-rejalar. Biznes-reja asosida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi: • kompaniyaning uzoq va qisqa muddatli maqsadlarini, ularni amalga oshirish strategiyasi va taktikasini shakllantirish; • faoliyatning muayyan yo’nalishlarini, istiqbolli sotuv bozorlarini va ushbu bozorlarda kompaniyaning o’rnini aniqlash; kompaniyaning marketing strategiyasini belgilash; • mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo’lgan xarajatlarni baholash; • kompaniya jamoasining belgilangan maqsadlarga erishish bo’yicha talablarga muvofiqligini baholash; • moddiy va moliyaviy resurslarning mavjudligi va etarliligini aniqlash va loyihaning potentsial rentabellik darajasini aniqlash; • xatarlarni tahlil qilish. Biznes-rejaning namunaviy tuzilishi odatda quyidagi qismlardan tashkil topadi: 1. Rezyume (loyihaning qisqacha tavsifi). 2. Loyiha tashabbuskori ( alohida shaxs Q jamoa Q korxona) 3. Mahsulot tavsifi. 4. Bozorni tahlil qilish. 5. Marketing rejasi. 6. Ishlab chiqarish rejasi. 7. Tashkiliy reja. 8 Moliyaviy reja va samaradorlik tahlili. 9. Investitsiya rejasi. 10. Xatarlarni tahlil qilish. Agar biznes-reja tashqi foydalanuvchilar uchun tuzilgan bo’lsa, unda investorni jamoa, daromadning qanday va qaerda paydo bo’lishi, potentsial bozorning mavjudligi, kompaniyaning o’sish potentsiali, barcha axborot manbalarini oson qo’lga kiritish kabi savollar qiziqtirishini albatta inobatga olish talab etiladi. Biznes-reja o’quvchi uchun loyiha haqida maksimal ob’ektiv va ishonchli ma’lumotlarni imkon qadar qisqa, lekin ayni paytda batafsil, ishonchli shaklga etkazishi kerak. Hujjatning ko’p qirrali xususiyati va biznes-rejaning potentsial foydalanuvchilarining turli –tumanligini hisobga olgan holda, axborotni murakkablashtiradigan professional so’zlar va maxsus atamalardan foydalanmasdan, eng keng tarqalgan shaklda taqdim etish kerak. Biznes-rejalarda ko’rgazmali materiallardan foydalanish ham ma’qul hisoblanadi. Biznes-rejalarni uch yildan besh yilgacha bo’lgan istiqbolli muddatga tuzish tavsiya etiladi. 1 va 2 yillik biznes-rejalarda ko’rsatkichlarni choraklar va yoki oylar kesimida ko’rsatish ma’qul hisoblanadi, agar biznes-reja 3 yildan ortiq muddatga tuzilgan bo’lsa, u holda yillik ko’rsatkichlar bilan kifoyalanish mumkin. Biznes-reja tuzayotganda, u narsalarning haqiqiy holatini aks ettirishi kerakligini va bu erda ortiqcha bo’rttirishlar va xayoliy narsalarga joy yo’qligini anglab etish lozim. Har qanday prognoz amalda mavjud ma’lumotlarning to’liq hajmini chuqur va professional o’rganishga asoslangan bo’lishi kerak. Download 77.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling