Mavzu: Biznes g‘oyalarni shakllantirish va amalga oshirish. Reja


Download 19.34 Kb.
bet1/2
Sana24.09.2023
Hajmi19.34 Kb.
#1686863
  1   2
Bog'liq
2-mavzu biznes g\'oya


Mavzu: Biznes g‘oyalarni shakllantirish va amalga oshirish.
Reja:



  1. Biznes g’oya haqida tushuncha.

  2. Biznes g‘oyalarni shakllantirish va uni amalga oshirish yo’llari.



Biznes g’oya – tadbirkorlik faoliyatini boshlashdan avval uning tavsifi, faoliyat davri, ko‘zda tutilayotgan sarf-xarajat va kutilayotgan foyda kabi muhim jihatlari bayon etilgan tashkiliy-iqtisodiy tavsifdagi hujjat.
Iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga doir dastlabki tadqiqotlar XVIII asrda R. Kontilon, A. Tyurgo, F. Kene, A. Smit va J.B. Sei asarlarida amalga oshirila boshlandi. Biroq hozirga qadar jamoatchilik fikrida “tadbirkorlik” tushunchasining ko'p ma'noliligi saqlanib qolmoqda. Ko'pincha ilmiy adabiyotlarda ushbu tushuncha haqida, bu favqulodda hodisaning iqtisodiy, tashkiliy va ruhiy tavsiflari to'plamidan iborat, degan tasawurlar mavjud.
Dastlabki bosqichlarda tadbirkorlikning eng muhim alomati biron bir shaxs-tadbirkor faoliyatining foydali yoki zararliligini belgilovchi noaniqlik omili sifatida baholangan. Tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi turli bozorlarda talab bilan taklif orasida muvozanat o'rnatishga doir takomillik faoliyatidan iborat deb tan olingan.
Keyinchalik “sarmoya egasi” va “tadbirkor” tushunchalari bir-biridan farqlana boshlandi. Tadbirkor sarmoyaning muomalada yuritishni, ko'payib borishini ta'minlaydi va bu borada u «venchur» sarmoyador, ya'ni jalb qilingan moliyaviy mablag'larni ustalik bilan tasarruf etuvchi shaxs sifatida ishni yuritib yuborishga o'z g'oyalari, bilimi va ko'nikmalarini tatbiq qilib, ko'p foyda olish maqsadida o'sha mablag'larni tavakkal ishlarga sarflaydi.
Biznes” so'zi inglizcha bo'lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so'z bilan aytganda, kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir.
“Biznesmen” (tadbirkor) atamasi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo'lib, u «mulk egasi» degan ma'-noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta'riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g'oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir, deb ta'kidlaydi.
Tadbirkorning o'zi, o'z ishini rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi va olgan daromadiga o'zi xo'jayinlik qiladi. Biznes — bu awalo, ishlab chiqarishni tashkil etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, hayotning o'zi, so'ngra esa pul ishlash demakdir. Biznes — bu xorijiy so'z bo'lib, u butun dunyo bo'yicha tarqalgan, undan barcha mamlakatlarda foydalanadilar.
O'zbek tilida esa biznes so'zi tadbirkorlik, biznesmen esa tadbirkor demakdir. O'zbekcha so'z xorijiy so'zga to'g'ri keladi, lekin unga qo'shimcha ma'no ham beradi. Bu so'zlar ortida “ish”, ya'ni ish bilan shug'ullanish yoki korxona tashkil qilish yotadi. Shunday qilib, biznes — bu korxona tashkil qilish demakdir (sanoat korxonasi, savdo do'koni, xizmat ko'rsatish korxonasi, auditorlik kontorasi, advokat idorasi, bank va h.k.).
Demak, biznes — bu yo'q narsadan pul qilish emas, balki murakkab ishlab chiqarishni yoki xizmat ko'r-satishni tashkil etish demakdir.
Oldingi mavzulardan ma’lum bo‘ldiki, tadbirkorlik faoliyati muayyan
darajada tavakkalchilik, risk bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra, tadbirkordan biron-bir xo‘jalik qarori qabul qilish, masalan, bankdan kredit olish, asbob-uskuna, moddiy resurslarni sotib olishdan oldin uni har tomonlama, puxta o‘ylab ko‘rish, tegishli hisob-kitob ishlarini amalga oshirish talab etiladi.
Odatda, bunday hisob-kitob qilish, ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirish ketma-ketligini belgilab olish jarayoni biznesni rejalashtirish deb ataladi. Biznesni rejalashtirish natijasida tayyorlangan tashkiliy-iqtisodiy tavsifdagi hujjat biznes g’oya deb nomlanadi. Tadbirkorlik — bu doimo o'z ishining fidoyisi, bilimdonidir. Tadbirkorlik uchun o'qish kerak, nafaqat, dastlabki paytlarda, balki tadbirkor bir umr o'qishi, izlanishda bo'lishi kerak.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, biznes g’oya har qanday tadbirkorlik faoliyati uchun muhim va zarurdir. Agar tadbirkor o‘z faoliyatini biznesrejasiz boshlasa, mo‘ljallangan maqsadga erisha olmasligi mumkin.
Biznes g’oya tadbirkorlik faoliyatining xaritasi hisoblanib, uning aniq maqsadi, yo‘nalishlari va asosiy bosqichlarini belgilab beradi. Tadbirkorlik faoliyati boshlanganidan keyin olingan natijalar reja bilan solishtirib boriladi, mavjud muammolar aniqlanadi. Aks holda, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish
qiyinlashib ketadi.
Biznes g’oya tuzish uning ishtirokchilaridan katta bilim, faoliyatga oid ma’lumotlar, yangi texnologiyalar va bozorlarni bilishni talab etadi. Biznes g’oya tuzishda barcha jihatlarni e’tiborga olmaslik yoki ayrim kam chiliklarni yashirish hisob-kitob ishlarini chalkashtiradi.
Bu esa korxona faoliyatini izdan chiqarishi yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli biznes g’oya tuzishda malakali mutaxassislar, masalan, huquqshunoslar, iqtisodchilar, buxgalterlar, texnologlar xizmatlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Download 19.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling