Mavzu: biznes moliyasiga kirish reja


Download 29.1 Kb.
bet1/6
Sana20.06.2023
Hajmi29.1 Kb.
#1629752
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
biznes moliyasi


Mavzu: BIZNES MOLIYASIGA KIRISH
Reja:

  1. Biznes moliyasi” fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va

  2. “Biznes moliyasi” fanining boshqa maxsus fanlar bilan bog’liqligi.

  3. Biznes moliyasining moliyadagi roli

“Biznes moliyasi” fanining maqsad va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad – kelgusida yuqori malakali “biznes moliyasi” iqtisodchi-mutaxassislar bo’lib yetishadigan talabalar uchun biznes moliyasi yuzasidan nazariy bilimlar berish, rivojlangan davlatlar ilg’or tajribalaridan kelib chiqib biznes moliyasi bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi – qo’yilgan maqsadga erishish uchun biznes moliyasida moliyaviy qarorlar qabul qilish, biznes moliyasining mazmun-mohiyati, biznes reja, biznes moliyasining turlari, biznesda moliyaviy qarorlarni qabul qilish asoslari, investision baholash usullari, biznesda investision baholashning amaliy jihatlari, portfel nazariyasi va uning real investision qarorlar bilan bog'liqligi, biznesni uzoq muddatli moliyalashtirish uchun mablag'lar manbalari, ikkilamchi kapital bozori (fond bozori) va uning samaradorligi, biznesda kapital qiymati va diskont stavkasini hisoblash, leverej, kapital qiymati va aksiyadorlar farovonligi bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishdan iborat.
Biznes moliyasining roli
Kompaniyalarni investitsion tashkilotlar yoki vositachilar sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Bu shuni anglatadiki, ularning roli oddiy fuqarolar va boshqa investorlarning resurslarini jalb etish va investitsiya qilishdan iborat. Odatda, resurslar biznes egalari (aksiyadorlar)dan va kreditorlarning uzoq muddatli qarzlaridan, shuningdek, uncha katta bo‘lmagan qismi banklar va boshqa moliyaviy institutlar tomonidan beriladigan qisqa muddatli qarzlar ko‘rinishida yoki tijorat krediti ko‘rinishida kelib tushadi.
Biznes moliyasi – bu nazariyada moliyaviy va investitsion qarorlarni qanday qabul qilish lozimligini hamda ushbu jarayon amaliyotda qanday amalga oshirilishini o‘rganishdan iborat.

Download 29.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling