Derivativlarning bir nechta turlari mavjud, ulardan eng mashhurlari fyucherslar va opsionlardir
Opsion— sotuvchi yoki xaridorga qimmatli qog’ozlar yoki tovarlarni muayyan muddat davomida belgilangan narxlarda sotib olish huquqini beradigan shartnoma. Misol uchun, Buyuk Britaniyaga mahsulot eksport qiluvchi kompaniya, yevroda operatsiyani amalga oshirdi va to‘lovlar ikki oydan keyin kelib tushishini kutyapti. Mazkur kompaniya yevroni bugungi kurs bo‘yicha funt sterlingga aylantirib beruvchi opsion sotib olishi mumkin. Biroq, yevrodagi summa ikki oydan so‘ng xaridordan pulni ko‘chirish bo‘yicha tasdiq kelmaguncha tushmaydi. Qayd etib o‘tish lozim, opsion – bu sotish huquqi, majburiyati emas.
Fyuchers - bu odatda fond birjasida tuziladigan bitim, bunda sotuvchi va xaridor kelajakda ma'lum bir kunda asosiy aktivni (aytaylik, aktsiyalarni) etkazib berishga kelishib olishadi, shu bilan birga aktsiya narxi bitim tuzilgan paytda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |