Mavzu Biznes sub’yekti,uning manfaatdot tomonlari va tashqi muhit (4 soat) reja


Ushbu omillarning biznesga ta’siri quyidagi 4 xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin


Download 99.38 Kb.
bet5/10
Sana13.04.2023
Hajmi99.38 Kb.
#1352229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu ma\'ruza

Ushbu omillarning biznesga ta’siri quyidagi 4 xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin:

  • to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiyotga;

  • tartibga solish tizimini o‘zgarishida;

  • siyosiy barqarorlikda;

  • xavf-xatar risklarni pasayishida.

Mamlakatdagi siyosiy vaziyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy muhitni shakllanishi va uning o‘zgarishiga ta’sir o‘tkazadi, natijada yangi siyosati asosida shakllangan iqtisodiy muhit biznesning samaradorligiga ta’sir o‘tkazadi. Masalan investitsiya muhitini yaxshilanishi yoki yomonlashuvchi mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalar oqimini ko‘payishiga, aksincha esa kamayishiga sabab bo‘ladi. Siyosiy muhitning biznesga ta’sirini ikkinchi ko‘rinishi tartibga solish tizimlaridagi o‘zgarishlar hisoblanadi. Ma’lumki malakatimizda tadbirkorlarni ruyxatdan o‘tkazish va hisobga qo‘yish, valyuta konvertatsiyasi hamda raqobatni tartibga solish tizimlari soddalashtirildi. Ushbu holatlar tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishiga ijobiy ta’sir etmoqda. Agarda aksincha ushbu jarayonlar murakkablashtirilganda tadbirkorlar yana qiyinchilikga duch kelgan bo‘lar edi.
Mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlik biznesni rivojlanishiga ijobiy ta’sir etuvchi omil hisoblanadi. Aksincha ushbu vaziyatlarni yomonlashuvchi mamlakatdan kapitalning chetga oqimini ko‘paytiradi va mamlakatdagi biznes fallikning pasayishiga, yashirin iqtisodiyotning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Ukraina, Qirg‘izistonda bo‘lgan siyosiy inqirozlar siyosiy barqarorlikning samarali yo’lga qoyilishiga ta’sir ko’rsatadi.
Biznes uchun xavf-xatar risklarining pasaytirirsh mexanizmining mamlakatda shakllanishi, kutilmagan vaziyatlarda tadbirkorni butunlay bankrotlikdan asraydi. Bunday mexanizmlarning eng maqbuli rivojlangan dunyo mamlakatlari tajribasidan ma’lumki sug‘urta tizimini muvaffaqiyatli tashkil etilishi hamda samarali ishlashi hisoblanadi. Tadbirkor o‘z faoliyatini turli xavf-xatarlardan ishonchli sug‘urta orqali himoyalay olsa, erkin ishlaydi va tavakkal qiladi.
Xalqaro amaliyotda dunyo mamlakatlarining xavf-xatarlik darajasi indeksini aniqlash mexanizmi mavjud. Shunday xalqaro indekslardan biri iqtisodiy erkinlik indeksi bo‘lib, u mamlakatlardagi siyosiy vaziyat, ularda kutilayotgan va sodir bo‘lgan o‘zgarishlarning biznesga ta’sirini baholashga yordam beradi.
Xalqaro amaliyotda ushbu to‘rt guruh omillar tarkibiga kiritilib PEST-tahlil qilish uslubiyoti mavjud.



Download 99.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling