Mavzu Biznes sub’yekti,uning manfaatdot tomonlari va tashqi muhit (4 soat) reja


Oddiy shirkat shartnomasi sheriklari umumiy mulklari tarkibi


Download 99.38 Kb.
bet2/10
Sana13.04.2023
Hajmi99.38 Kb.
#1352229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu ma\'ruza

Oddiy shirkat shartnomasi sheriklari umumiy mulklari tarkibi
Sheriklarning umumiy ulushli mol-mulkdan barcha sheriklarning manfaatlarini ko‘zlab foydalaniladi. Sheriklarning umumiy mol-mulkini asrash bo‘yicha majburiyatlar va ushbu majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash tartibi oddiy shirkatning shartnomasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Sheriklarning umumiy mol-mulkidan foydalanish oddiy shirkat a’zolari kelishuvi asosida, kelishuvga erishilmagan taqdirda, sud belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi. Sheriklar umumiy mol-mulkining buxgalteriya hisobini yuritish ular tomonidan oddiy shirkat shartnomasida ishtirok etayotgan yuridik shaxslardan biriga topshiriladi. Oddiy shirkat shartnomasi ishtirokchilarining umumiy ishlarini yuritish shartnomada kelishilgan tartibda amalga oshiriladi. Umumiy ishlar bir ishtirokchiga yuklatilishi yoki barcha ishtirokchilar tomonidan ni yuritishda har bir sherik, agar oddiy shirkat shartnomasida ishlarni amalga oshirilishi mumkin. Ishlar birgalikda yuritilganda har bir bitimni tuzish uchun barcha sheriklarning roziligi talab qilinadi.
Biznes faoliyati bo‘yicha uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda sherikning barcha sheriklar nomidan bitim tuzish vakolati unga qolgan sheriklar tomonidan berilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanishi yoki oddiy shirkat shartnomasida belgilab qo‘yilishi zarur hisoblanadi. Oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha umumiy ishlarga taalluqli qarorlar qabul qilish shartnomada nazarda tutilgan tartibda yoki sheriklar tomonidan umumiy kelishuvga ko‘ra qabul qilinadi. Umumiy ishlarni yuritishga vakolatli shartnoma ishtirokchilari uchun oddiy shirkat shartnomasida alohida haq to‘lanishi mumkin.Sheriklarning birgalikdagi faoliyatiga bog‘liq xarajatlar va zararlarni qoplash ularning kelishuvi asosida, agarda kelishuvda nazarda tutilmagan bo‘lsa, har bir sherik tomonidan umumiy ishga qo‘shgan hissasi qiymatiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. Sheriklardan birortasini umumiy xarajatlarni yoki zararni qoplashda ishtirok etishdan to‘liq ozod etadigan kelishuv o‘z-o‘zidan haqiqiy hisoblanmaydi.Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq oddiy shirkat shartnomasidan kelib chiqmagan umumiy majburiyatlar bo‘yicha sheriklar ularning yuzaga kelish asosidan qat’i nazar solidar javobgar bo‘ladilar.Sheriklarning birgalikdagi faoliyati natijasida olingan foyda kelishuv asosida, kelishuvda begilanmagan holatlarda esa ularning umumiy ishga qo‘shgan hissalari qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sheriklardan birortasini foydada ishtirok etishdan chetlatish to‘g‘risidagi kelishuv o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan biti hisoblanadi.
Yuridik shaxs sifatida biznes faoliyati yuritish qonunchilikda belgilangan tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga oshiriladi


Download 99.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling