Mavzu: Biznes tashkilotidagi sheriklar
Download 118.44 Kb.
|
Xumora Ibrohimova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Afzalliklari
- Kamchiliklari
ShERIKChILIK Biznesda sherikchilik bu ikki yoki undan koʻp shaхs tomonidan tashkil etilgan tijorat tashkiloti boʻlib, uning boshqaruvida barcha sheriklar sheriklikni boshqarish toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilangan hajm va chegarada ishtirok etadi. Biznes ishtirokchilarining har biri oʻz mablagʻlari, mehnat va malakasini umumiy ishga qoʻshadi va korхonaning daromadi va хarajatlarini oʻrtada boʻlishadi. Ikki yoki undan ortiq kishi tomonidan boshqariluvchi kompaniya – bu sheriklik asosiga qurilgan kompaniya. Afzalliklari: boshlangʻich kapital biznes egalari oʻrtasida taqsimlanadi. Biznesga yangi kirimlar kiritish talab etilgan taqdirda yetarli mablagʻlarni toʻplash ancha osonlik tugʻdiradi. qarorlarni qabul qilish uchun mas’ulyait bir kishi zimmasiga yuklatilmagan. Demak, muammoli vaziyat yuzaga kelgan taqdirda faqat bir kishi javob bermaydi. biznes boshida bir nechta kishining turishi muammoning yechimi boʻyicha takliflar turfaligini ta’minlaydi. Hamkorlik asosiga qurilgan biznes vazifalarni taqsimlash imkonini beradi. Kamchiliklari: sheriklikning eng katta kamchiliklaridan biri – uning egalari oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqishi. Siz muayyan taklifga rozi boʻlmaydigan vaziyat yuzaga keladi yoki siz taklif etgan usul boshqalarga ma’qul kelmaydi. Bu taqdirda siz koʻpchidik tomonidan qabul qilingan qarorlar uchun yuridik jihatdan javobgar boʻlib qolasiz. Hattoki unga qoʻshilmagan taqdiringizda ham. foyda oʻrtadan boʻlinadi, bu esa ba’zida hamkorlar oʻrtasida munozaralar kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin. Masalan, siz biron loyiha uchun tirishib harakat qilgan boʻlsangizu, sherigingiz unga e’tibor ham qaratmagan boʻlsa-da, olingan foydani oʻrtadan boʻlishga har doim tayyor turishingiz zarur boʻladi. hamkorlikning amal qilish muddati chegaralangan. Agar sheriklardan biri biron sababga koʻra biznesni tark etishga qaror qilgan boʻlsa, barcha murakkabliklar va noaniqliklar biznesda qolgan sherikning zimmasiga tushadi.Tashkilot darajasiga ko'ra, sheriklik ikki xil bo'lishi mumkin. Birinchisi, ikki yoki undan ortiq jismoniy yoki yuridik shaxslar ishtirok etgan sheriklik tashkilotining ro'yxatdan o'tgan shakli. Bunday hamkorlik, birinchi navbatda, qo'shma iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanadigan odamlar va korxonalar uchun xosdir. Masalan, sheriklik biznesi, ko'p biznes munosabatlaridagi sheriklik va boshqalar. Ikkinchi tur - yuridik yoki jismoniy shaxslarning huquqiy hujjatlarda mustahkamlanmagan, lekin amalda mavjud bo'lgan va qo'llab-quvvatlanadigan hamkorligi. Masalan, etkazib beruvchilar yoki iste'molchilar o'rtasidagi hamkorlik va boshqalar. Tashkilot shakliga ko'ra, sheriklik bir necha turdagi bo'lishi mumkin:Download 118.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling