Mavzu: Biznes va tadbirkorlik tushunchasi Reja: Kirish


Tadbirkorlik va mulk shakllari


Download 42.54 Kb.
bet3/5
Sana03.11.2023
Hajmi42.54 Kb.
#1741945
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Biznes va tadbirkorlik tushunchasi Reja Kirish-fayllar.org

3.Tadbirkorlik va mulk shakllari
Bozor iqtisodiyotining turli mulk shakllariga asoslanishini tadbirkorlikda yaqqol ko`rish mumkin. -Insonga naf keltiruvchi har qandan ne`matlar albatta kimningdir mulki. Faqat hech kimga kerak bo`lmagan narsaning egasi yo`q. Bozor iqtisodiyoti kerakli narsani yaratib, uni bozor orqali iste`mol etishga asoslanar ekan, u albatta mulkchilikni talab qiladi.
Mulk moddiy va maishiy boyliklarni qonuniy ravishda va belgilangan tartibda kishilar tomonidai o`zlashtirish shaklidir.
O`zlashtirish tartibini mulkiy huquq belgilaydi, u kimning mulkdor bo`lishi, mulkdan, foydalanish qoidalari, mulkni davlat tomonidan kafolatlash kabilarni belgilab qo`yadi. O`zbekistondagi mulk Respublika Konstitutsiyasi va mulkchilik to`g`risidagi qonunga binoan boshqariladi.
Tadbirkorlar mulkiy munosabatning sub`ekti, ya`ni ishtirokchisi bo`ladilar. Ular mulk qilib o`zlashtiradigan narsalar er, bino, inshoat, asbob-uskunalar, mashina-mexanizmlar, yaratilgan tovarlar, ilmiy g`oyalar, loyihalar, tovar belgilari va boshqalardan iborat. Bular mulkiy munosabatlarning ob`ektidir. Mulkning uch bosqichi bor: a) egalik qilish; b) foydalanish (ishlatish); v) tasarruf etish. Ularning yaxlitligi mulkchilikni yaratadi. Tadbirkorlarning mulkiy maqomi ikki yoqlama bo`lib, birinchidan, ular o`z mulkiga tayanib nsh yuritadilar, ya`ni moddiy resurslar va yaratilgan tovarlar ularning o`ziniki. Ikkinchidan, ular o`zgalar mulkini ijaraga olib ham faoliyat yuritadilar, bunda mulkka vaqtinchalik egalik qiladilar va mulkdan foydalanadilar, ammo uni tasarruf etib xujayinlik qila olmaydilar. Baribir, har ikki holda ham yaratplgan tovarlarning egasi tadbirkor bo`lib qolaveradi. Tadbirkor o`z mulkidan naf ko`rishi shart, shundagina uning iqtisodiy manfaati yuzaga chiqadi. Tadbirkor o`z mulkini ishlatib foyda topadi, o`z mulkini qimmatiga sotib, daromad ko`radi, o`z mulkiga tayanib mehnat qiladi va shu yul bilan pul topadi va, nihoyat, u o`z mulkini merosga qoldiradi yoki xayr-ehson yo`lida hadya qiladi. Mulkni qanday ishlatishni tadbirkor o`zi hal qiladi, ya`ni buning eng maqbul yo`lini o`zi tanlab oladi. Tadbirkor o`z mulkidan naf ko`rgani uchun mulkiy mas`uliyatni, ya`ni mulkni oqilona ishlatish javobgarligini znmmasiga oladi.
Tadbirkorlik turli mulk shakllari doirasida yuz beradi va qonunga qarab uning turlari yuzaga keladi. Bozor iqtisodiyotida hususiy mulk etakchi mavqeda turadi.
Хususiy mulk ayrim kishilarga tegishln va ularga naf keltiruvchi mulkdir.
Хususiy mulkka qarab xususiy tadbirkorlik mavjud bo`ladi. Хususiy mulkiing o`zi ikki ko`rinishga ega:
  1. Yakka xususiy mulk—bu yakka shaxsnnng mulki, shu mulkka: asoslangan korxona yakka shaxsga tegishli korxona hisoblanadi. Ayrim mulkdorga


    qarashli, lekin ishchilarni yollab ishlatadigan yoki mulkdorning shaxsan o`zi
    va oila a`zolari ishlaydigan korxonalar ham bo`ladi.
  2. Guruhiy - korporativ xususiy mulk — bu ma`lum maqsadni ko`zlab o`zaro


    birlashgan mulk sohiblarining xususiy mulki. Bu mulkni har bir sohib
    alohida emas, balki birgalikda o`zlashtiradi. Uning namunasi korporatsiyalar
    bo`lib, ular amalda hissadorlar jamiyati shaklida faoliyat ko`rsatadi.
    Tadbirkorlik ishi korporatsiya doirasida amalga oshadi.

Tadbirkorlik jamoa mulkiga ham asoslanadi. Bu mulk jamoaga birlashgan kishilarning umumiy mulki hisoblanadi. Jamoaga kiruvchilar uning mulkiga o`z hissasini qo`shishi shart. Bu erda ham hissadorlik qoidasi bor ammo aktsiyadorlikdan farqi shuki, mulk sohibi jamoa tarkibida ishlashi shart. Bunga misol qilib kooperativlarni mahalla va jamoa xo`jaliklarini olish mumkin.


Davlat mulki davlatning vazifalarini bajarishga xizmat qiluvchi mulk, davlat korxonalarining va tashkilotlarinnng mol-mulkidan iborat. Davlat unitar korxonalari ham tadbirkorlik bilan shug`ullanib, foyda ko`radilar.

Download 42.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling