Mavzu: biznes va uning turlari


Kichik biznesda xo‘jalik tavakkalchiligini sug‘urtalash


Download 33.11 Kb.
bet5/5
Sana23.03.2023
Hajmi33.11 Kb.
#1290009
1   2   3   4   5
Bog'liq
4. BIZNES VA UNING TURLARI.

Kichik biznesda xo‘jalik tavakkalchiligini sug‘urtalash.
Tadbirkor hamma vaqt esda tutishi kerakki, tavakkalchilik ba’zi holda muvaffaqiyat keltirsa, boshqa holatda — bankrotlikga olib kelishi mumkin. Salbiy holatni bartaraf etish va xavf-xatarga muvaffaqiyat bilan bardosh bera olish uchun, uni, birinchi navbatda to‘la aniqlash, tavakkalchilikni kamaytirish dasturini ishlab chiqish, turli zaruriy tadbirlarni o‘tkazish, ishbilarmonning xavf-xatarda qolishi maqsadga muvofiqligi yoki uni sug‘urtalash zarurligini aniqlash kerak. Kichik darajadagi tavakkalchilikda, odatda, zararni korxonaning o‘zi qoplaydi va buning uchun, zarur fondlar bunyod etiladi. O‘rta va kichik darajadagi tavakkalchilikni esa, sug‘urtalash maqsadga muvofiqdir.
Sug‘urtalash chora-tadbirlari xavf-xatar oqibatida yuzaga keladigan yo‘qotishni (kutilmagan holatlarda mol-mulk, mablag‘lar va ishlab chiqarishni) to‘la yoki qisman qoplash (tabiiy ofat, avariyalar, baxtsiz xodisalar, xonavayronlikga uchragan shartnomachilarning o‘z majburiyatlarini bajarmasligi va boshqa holatlar yuz berganda) yoki yo‘qotishlarni iloji boricha ko‘proq sonli yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida taqsimlash yo‘li bilan qoplash kabi usullarda amalga oshirilishi mumkin. Ishbilarmon va korxona uchun tavakkalchilikni himoya mudofaa tadbirlari bilan bartaraf etish yoki sezilarli moliyaviy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarni o‘z yelkasiga olishga xoxish bo‘lmagan paytda sug‘urtalash maqsadga muvofiqdir.
Sug‘urtalashda ikki tomonning ishtiroki majburiydir — sug‘urta fondini bunyod etish va uni ishlatish bilan shug‘ullanuvchi maxsus tashkilot va sug‘urtalanuvchi ushbu fondga belgilangan to‘lovni to‘lovchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Ular orasidagi munosabat sug‘urta shartnomasi (polis) asosida tashkil topadi.
Tavakkalchilikni pasaytirish maqsadida qilinadigan sug‘urtalash ixtiyoriy tartibda o‘tkaziladi. Tadbirkorning har qanday faoliyati, odatda, sug‘urtalanishi mumkin. Ammo, bu ba’zi bir, xavf-xatar yuqori bo‘lgan hollardagina amalga oshiriladi.

Asosiy adabiyotlar

1. Менежмент малого бизнеса:Учебник/Под. Ред. Проф. Проф М.М.Максимцова и проф. В.Я.Горфинкеля.-М.:Вузовский учебник, 2004.-269с.


2. Ғуломов С.С.Тадбиркорлик ва кичик бизнес-Т.:Шарқ,2002-365б
3. Уткин Э.А., Шабанов Д.С. Антикризисное управление в малом бизнесе: Учебно практическое пособие. - М.: ТЕИС, 2004. – 124
4. http://www.spc.gov.uz/ru/esupport/mdex3.html
5. http://www.spc.gov.uz/ru/spmanagement/gppredp.html


Download 33.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling