Mavzu: Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash siyosati reja


Download 31.59 Kb.
bet3/7
Sana25.03.2023
Hajmi31.59 Kb.
#1295229
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Biznesn va tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlashning davlat v

Yaponiya. Yaponiyada kichik korxonalarni qo'llab-quwatlashda kichik biznes bo'yicha boshqarma, KO'Kni rivojlantirish bo'yicha davlat korporatsiyasi, moliyalashtirish bo'yicha milliy korporatsiya, KO'K assouiauiyalarining butun yapon federatsiyasi, KO'K butun yapon markazi va boshqalar faoliyat yuritadilar. Bulardan tashqari unga yaqin maxsus banklar KO'Kni kreditlashga xizmat qiladi.
Davlat qo'llab-quwatlashi o'z ichiga quyidagilami oladi: imtiyozli soliqqa tortish, jadallashtirilgan amortizatsiya, imtiyozli kredit-lashtirish, xodimlami o'qitishda yordam, bankrotlik holida yordam ko'rsatish, KO'Kning texnik darajasi o'sishini rag'batlantirish.
Prefekturalarda harakat qiluvchi 500dan ortiq savdo-sanoat palatalari va ulaming filiallari kichik korxonalarga maslahat, moliya, ta’lim yordamini ko'rsatadilar.
Kichik biznesni qo'llab-quvvatlashning maxsus fondi, xalq fondi hamda moliyaviy korporatsiya davlatning KO'Kni qo'llab-quvvatlashning moliyaviy bazasini tashkil qiladilar.
Xitoy. Xitoyda olib borilayotgan soliq va moliya siyosati, tashqi savdo, investitsion siyosat sohalarida islohotlaming chuqurlashuvi kichik korxonalaming tez rivojlanishiga yordam bergan. Ayniqsa, qishloq xo'jaligi, posyolka sanoati deb nomlangan kichik va xususiy ishlab chiqarish tez rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqarishning 70%, tayyor kiyimkechaklaming 40 %, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 80 %i kichik biznesning ulushiga to'g'ri keladi. Xitoy qishloqlari yalpi ijtimoiy mahsulotining 60 % posyolka korxonalarining ulushiga to'g'ri keladi. Posyolka korxonalarining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi va arzon ish kuchining mavjudligi ulami xorijiy investitsiyalami jalb qiluvchi obyektga aylantirgan.
Janubiy Koreya. 1995-yilda KO'K mahsuloti eksportining salmog'I mamlakat umumiy eksport hajmining 30%ni tashkil qilgan va 50 mlrd. AQSH dollariga etgan. Bunga katta bank kreditlari yordam bergan.
Kredit-pul siyosati shunday qurilganki, tijorat banklari o'z qarzlarining 30% ini KO'Kga berishga majburlar. Mamlakatdagi kichik biznes federatsiyasi, KO'K banki, texnologiyalarni sug'urta qilish federatsiyasi, savdo va sanoat vazirligi KO'Kning rivojla-nishiga yordam beradi.
Sanoatni rivojlantirish siyosatining ajralmas qismi sifatida KO'K ning rivojlanishini qo'llab-quvvatlash siyosati sohasida yirik qonunchilik bazasi tashkil qilingan: KO'K ni rag'batlantirish haqidagi dikret (1966-y.), KO'Kning sub- kontraktli ishlarini rag'batlantirish haqidati qonun (1978-y.), faqat KO'K ishlab chiqara-digan tovariar ro'yxati (1982-y.), KO'K o'zaro yordam fondi haqidagi qoidalar (1984-y.), KO'K boshqaruv barqarorligi va boshqalar. Yordam, birinchi navbatda, yuqori eksport salohiyatiga ega bo'lgan korxonalarga ko'rsatiladi.

Download 31.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling