Mavzu: Biznesda tavakkalchilik va uni boshqarish. Reja: Tavakkalchilik to’g’risida tushuncha; Tavakkalchilik jarayoni; Tavakkalchilik turlari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar


Download 54.61 Kb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi54.61 Kb.
#1539097
1   2   3   4
Bog'liq
Asliddin Kilichev m1

Xulosa. Bozor iqtisodiyoti sharoitda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun korxona boshqaruvchilari samarali boshqaruv uslublarini bilishlari, tavakkalchilik chegaralarini aniqlay olishlari, mavjud variantlardan eng maqbulini tanlay olishlari kerak. Bu esa uning ishbilarmonlik qobiliyati bilan belgilanadi va har bir boshqaruvchidan ma’lum darajada bilim va malaka talab qiladi. Hozirgi kunda qishloq xo`jaligi tarmog`ida xususiylashtirish jarayoni nihoyasiga yetkazilib, minglab xususiy tadbirkorlik subyektlari, ya’ni fermer va dehqon xo`jaliklari, shirkatlar va boshqa biznes tuzilmalari vujudga kelmoqda. Biznes va tadbirkorlik faoliyati esa muqarrar ravishda tavakkalchilik (risk) elementlari bilan bog`liq faoliyatdir. Tadbirkorlik – foyda olish maqsadida o`z mol-mulkini tavakkalchilik asosida biznesga tikish jarayoni ekanligi tufayli, bunday faoliyat doimiy ravishda ma’lum bir xatarlar bilan bog`liq bo`ladi. Mamlakatimiz va xorijda to`plangan tajribalar tadbirkorlik faoliyatini tavakkalchiliksiz amalga oshirib bo`lmasligini ko`rsatmoqda. Tavakkalchilik – kelgusidagi vaziyat noaniq sharoitda pirovard natija yaxshi bo`lishiga umid bog`lab, mol-mulk yoki foydadan mahrum bo`lish (to`liq yoki qisman) xavfini o`z bo`yniga olib qilinadigan tadbirkorlik faoliyatidir. Tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan bog`liq tavakkalchilik turlarini mohiyati va kelib сhiqish xususiyatlariga ko`ra quyidagicha turkumlash mumkin: 1. Tabiiy jarayonlar bilan bog`liq tavakkalchilik; 2. Ishlab сhiqarish faoliyatiga oid tavakkalchilik; 3. Mahsulotlarni tashish va saqlash jarayoni bilan bog`liq tavakkalchilik; 4. Tijorat faoliyatiga oid tavakkalchilik; 5. Moliyaviy faoliyatga oid tavakkalchilik; 6. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy xaraktyerdagi tavakkalchilik.

Foydalanilgan adabiyotlar. Menejment asoslari. Zayniddinova va boshqalar. Menejment nazariyasi . Zayniddinova va boshqalar. Menejment. Sharifho’jayev va Abdullayev. 2001-yil. Internet manzillar. 1.www.google.uz 2.www.lex.uz 3.www.ziyo.net


Download 54.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling