Boshqaruv jarayonida turli-tuman texnika - oddiy kalkulyatordan tortib murakkab EXMlargacha qo’llaniladi. Biznes boshqaruvlar bu texnika imkoniyatlari va maqbul foydalanish soxalarini bilishlari lozim bo’lib, bu boshqaruv madaniyati darajasini bildiradi. Boshqaruv madaniyatining ajralmas unsuri - xujjatlar yuritish madaniyatidir. Xujjatlarning boshqaruv jarayonidagi ahamiyatiiyati juda katta, chunki boshqaruvning biror-bir vazifasini xujjalar asosida yetkazilib beriluvchi axborotsiz amalga oshirib bulmaydi. Xujjatlardagi axborot korxona tashqi va ichki faoliyatining xamma tomonini kamrab oladi. Boshqaruv jarayonining barcha operasiyalari amalda xujjatlardan boshlanib, xo’jatlar bilan tugaydi. Boshqaruv madaniyatini takomillashtirish - uning bara unsurlarini takomillashtirish demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |