Mavzu: biznesni innovatsion rivojlantirish


Kompaniyaning himoya maqsadlari


Download 26.73 Kb.
bet2/4
Sana04.10.2023
Hajmi26.73 Kb.
#1691542
1   2   3   4
Bog'liq
2 инновацион

Kompaniyaning himoya maqsadlari uning o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan sektor yoki boshqa sektordan xaridlarni amalga oshirishi, qo‘shimcha aktivlarni sotib olishi; qo‘shilish orqali bozordagi mavqeini mustahkamlash, turli vosita va usullar yordamida raqobatchilardan xalos bo‘lish evaziga o‘sish imkoniyatlarining mavjudligida aks etadi.

  • Investitsion maqsadlar. Kompaniyalar, ularning menejerlari va investorlar quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydilar: bo‘sh mablag‘larni joylashtirish; foydali biznesda ishtirok etish; etarlicha yaxshi baholangmangan va kelgusida qiymati oshishi mumkin bo‘lgan aktivlarni sotib olish;boshqaruv tajribalaridan unumli foydalanish; ortiqcha naqd pullarni investitsiyalarga yo‘naltirish; portfel uchun antitsiklik yoki balanslovchi aktivlarni sotib olish.Informatsion maqsadlar. Qo‘shib olish va sotib olishlar kompaniyaning mol etkazib beruvchilarning texnolgiyalari va xarajatlari to‘g‘risida, iste’molchilarning qaysi mahsulotlarni afzal ko‘rishlari borasida xabardorlik darajasini oshiradi.

  • Sinergitik samaraga ega bo‘lish. Kompaniyalarni qo‘shib olish va sotib olishlar ko‘rinishida qaytadan tashkil etish sinergitik samaraga erishish va uning ta’sir kuchini oshirishda namoyon bo‘ladi, ya’ni ikki yoki undan ortiq kompaniyalarning o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi faoliyatlari ushbu kompaniyalarning yakka o‘zlari erishish mumkin bo‘lgan natijadan bir necha barobar ko‘p natijaga erishish imkonini beradi. Ushbu holatda ITTKI sohasida bir- birlarining o‘rnini to‘ldirish, transaktsion xarajatlarning qisqarishi evaziga moliyaviy tejashga erishish, raqobatning susayishi sababli bozor ulushini ortishi kabilar evaziga sinergitik samaraga erishiladi.

  • Boshqaruv sifatini oshirish. Kompaniyalarning qo‘shilishi yoki sotib olinishidan avval muayyan bir firmaning aktivlarni boshqarish borasidagi faoliyati samarasiz bo‘lgan bo‘lsa, qo‘shlish yoki sotib olish jarayonlaridan so‘ng, kompaniya aktivlarini boshqarish samaradorligi ortadi. Aktivlardan samarali foydalana olmayotgan, xarajatlarni pasaytirish va sotish hajmini oshirish imkoniyatlarini etarlicha ishga sola olmayotgan kompaniyalar amalda ko‘plab topiladi, aynan mana shunday kompaniyalar qo‘shib olish va sotib olishlarning obbyektiga aylanadi.

    Download 26.73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling