Mavzu: biznesni innovatsion rivojlantirish
Yangi texnologiyalarni joriy etishda innovatsion rivojlanishning muvaffaqiyati omillari
Download 26.73 Kb.
|
2 инновацион
2. Yangi texnologiyalarni joriy etishda innovatsion rivojlanishning muvaffaqiyati omillariBirlashish va sotib olishda yangi texnologiyalarni joriy etishning muvaffaqiyati quyidagi ikkita omilga bog‘liq: Izlab topilgan sinergitik samaraga; Xalqaro rivojlanishda samarali integratsiyaga. Yangi texnologiyalarni joriy etishda innovatsion rivojlanishning muvaffaqiyatini belgilab beruvchi asosiy omillar quyidagilar hisoblanadi: Daromadlar sinergiyasi: eng yuqori innovatsion qobiliyatlarni shakllantirish evaziga bozorga eng yuqori sifat darajasiga ega bo‘lgan tovarlarni sotish (yangi mahsulotlar, bozorga chiqish sarflanadigan vaqtning kamligi) yoki bozorning to‘liq qamrovi (geografik va gamma mahsulotlar). Xarajatlar sinergiyasi qo‘shib olishning uch modeli – (sotib oluvchi sotib olinayotgan kompaniyaning barcha tuzilmalarini to‘laligicha o‘zgartiradi), ustuvorlik (qo‘shib olish va sotib olish borasidagi qiyin kechgan muzokaralar natijasida yangi tuzilma borasida 50%-50% qaror qabul qilinadi), ikkita kompaniyaning qo‘shilishi jarayonida ikkita kompaniya-dan eng yaxshi tuzilma qoldiriladi. O‘tgan asrning 80 - yillari va 2000 - yillari oralig‘ida muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz chiqqan bitimlarning ulushi keltirib o‘tilgan. Birinchi ustunda turdosh tarmoqlar va ikkinchi ustunda turdosh bo‘lmagan tarmoqlar aks ettirilgan. Ayni damda, innovatsion mahsulotning tijorat yutug‘i ko‘p jihatdan iste’molchilarning: iqtisodiy modelning hayotiylik tsikliga, jamiyatdagi o‘zgarishlarga, birlamchi xulqning o‘zgarishi kabi elementlardan tarkib topgan xulq-atvorining o‘zgarishlariga bog‘liq. Ushbu holatda quyidagilarni tushunish va anglab etish kerak: iqtisodiy modellar bir necha o‘n yildan tortib bir necha asrga bo‘lgan hayotiylik davriga ega ekanligini; jamiyatdagi muhim o‘zgarishlar bir necha o‘n yilliklar davomida amalga oshishini; texnologiyalarning hayotiylik tsikli yarim yildan o‘n yilgacha, ba’zi holatlarda ellik yilgacha davom etishini; inson xulqi bir necha oydan tortib, to insonning butun umri davomida o‘zgarishi. Innovatsiyalarning eng yuqori darajada muvaffaqiyatga erishish ehtimoli yuqorida tilga olib o‘tilgan to‘rt yo‘nalishlardan birining burilish pallasiga to‘g‘ri keladi. Turli vaqt oraliqlari bilan takrorlanib turuvchi tsikllarga moslashish innovatsion kompaniya muvaffaqiyatini ta’minlashning muhim omili sanaladi, ammo bu o‘rinda quyidagi holatlarni hisobga olish talab etiladi: Kompaniyaning xayotiy ritmi bilan innovatsion ritm bir-biriga mos kelmaydi; uzoq muddatli moliyaviy rejalashtirishni amalga oshirish murakkab vazifa hisoblanadi; ko‘plab sektorlarda texnologik tsikl qisqarib boradi. Shu bilan birga, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishda zamonaviy kompaniyalarning zaif tomonlari quyidagilarda ko‘rinadi: Keskin raqobat iste’molchilarning xulqiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi; Butun e’tiborning omon qolishga qaratilishi strategik investitsiyalardan chalg‘itadi; Kichik kompaniyalarda ishlab chiqaruvchi roli odatda bir kishiga beriladi; Kompaniyada innovatsion jarayonlarni markazlashtirish tendentsiyasi; Inson omili ko‘pincha e’tiborga olinmaydi; Kapital brendiga mutloq bog‘liqlik; Standartlashtirilgan komponentlardan foydalanib ishlab chiqarishni tashkil etishda xizmatlari standartlashtirish; Ko‘pincha ishlab chiquvchilar muvaffaqiyatli rivojlanishdagi o‘z hissalariga mos tarzda moliyaviy jihatdan rag‘batlantirilmaydilar. Ayni chog‘da kompaniyaga yangi texnologiyalarni joriy etishda muvaffaqiyat keltiruvchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: texnologik jarayonni rejalashtirish; texnik axborotlarni topa olish qobiliyati; o‘z intellektual kapitalini himoya qila olish qobiliyati; iste’molchilarning xulqini tizimli tahlil qilish; innovatsion jarayon cheklangan sondagi xodimlar bilan hamkorlik darajasida amalga oshiriladi; menejer innovatsion jarayonlarning borishini doimiy kuzatib borishi va ayni vaqtda ishlab chiquvchilar faoliyatining etarlicha erkin bo‘lishini ta’minlashlari talab etiladi. Yangi texnologiyani sotib olgandan so‘ng, uning texnologiyaga moslashishga e’tibor qaratish ham muhimdir. Yangi texnologiyalarni moslashtirish samaradorligini tahlil qilish odatda, bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi, ya’ni: qo‘shilishdan oldin, dastlabki olti oy davomida, birinchi yarim yildan so‘ng. Odatda texnologiyani sotib olgandan keyin uni muvaffaqiyatli joriy etilishini tahlil qilish/auditdan o‘tkazishda quyidagi savollarga batafsil javob olishimiz kerak bo‘ladi: Download 26.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling