Mavzu: Biznesni tashkil etish. 1 O’zbekiston iqtisodiyotida biznes o’rni va mohiyati
Download 17.27 Kb.
|
Biznesni tashkil etish
Mavzu: Biznesni tashkil etish. 1 O’zbekiston iqtisodiyotida biznes o’rni va mohiyati 2 Biznes boshqarishning turlari 3 Biznesning tashkiliy tuzilmasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida va Respublika Oliy majlisi sessiyalarida qabul qilingan qonunlarda O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash, ularga har tomonlama madad berish, ularning samarali ishlashi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ular yordamida mamlakat iste’mol bozorini yuqori sifatli tovarlar bilan to’ldirish masalalariga alohida e’tibor berilgan. O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik to’g’risida»gi qonunga asosan biznes va tadbirkorlikning faoliyat sohalari, huquqlari, majburiyatlari, ma’suliyatlari va manfaatlarini himoya qilish davlat tomonidan kafolatlangan. 1995yil 21dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi sessiyasida qabul qilingan «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish to’g’risida»gi qonunda kichik biznes bilan shug’ullanuvchi ish bilarmonlarga yanada ko’proq imtiyozlar berildi. Bu o’z navbatida kichik biznes bilan shug’ullanuvchi ish bilarmonlarning ishchanligini yanada faollashtirishga, mamlaka tyalpi milliy mahsuloti hajmini oshirishga, inflyatsiya jarayonlarini syokinlashtirishga, iqtisodiyotni barqarorlashtirish va rivojlantirishga keng imkoniyat yaratdi. Kichik biznesning mohiyati va iqtisodiyotda tutgano’rni Hozirgi paytda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, qo’shma korxonalar tuzish, korxonalarni ochiq tipdagi aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirish va ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga katta e’tiborberilmokda. O’zbekistonda va mustaqil hamdo’stlik davlatlarida biznes haqidagi maqolalar, adabiyotlar 60-yillarning o’rtalarida paydo bo’lgan. Biroq, u paytdagi barcha maqolalar tanqidiy tarzda yozilar edi.Chunki biznesni asosini xususiy mulkchilik tashkil etar edi.Xususiy mulkchilik esa o’sha paytda bizning mafkuramiz uchun butunlay yot narsa edi. Lyokin biznesni fan tariqasida o’rganish faqatgina 90- yillarning boshlarida bozor munosabatlariga asta - syokin o’tish bilan boshlandi. “Biznes” so’zi inglizcha so’z bo’lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so’z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan turli mehnat faoliyatidir. Xorijiy adabiyotlarda biznes ta’rifini ko’p turlari mavjuddir.Insoniyat jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog’liq bo’lgan. Biznesmen (Tadbirkor) so’zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo’lib, u “Mulk egasi” degan ma’noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta’riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g’oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir,- deb ta’kidlaydi. Tadbirkorni o’zi, o’z ishini rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi hamda olgan daromadiga o’zi xo’jayinlik qiladi. Rahbar salbiy qusurlar domiga tortilmaslikka intilishi kerak. U egallab turgan lavozimidan mahrum boʻlmasligi uchun quyidagi oʻnta qoidaga rioya qilmogʻi lozim: 1. Iloji boricha qulogʻingizgacha ishga koʻmiling. Oʻz kompaniyangiz mijozlarini koʻpaytirish uchun barcha imkoniyatlaringizni ishga soling. 2. Kompyuterni oʻrganing. 3. Chet tilini oʻrganing. 4. Oʻz arxivingizni tashkil qiling. Zarur tashkilotlar va kishilar adreslari, telefonlarini yozib boring. Ular favqulodda hollarda kerak boʻlib qoladi. 5. Har doim “ha” deng. Hamma narsani bajarishga urining. Hattoki imkoniyatingiz, qobiliyatingiz yetarli boʻlmasa ham oldin bajarmagan ishingizni bajarishga harakat qiling. Ishdan mahrum boʻlib qolishning eng qisqa yoʻli: “Bu mening ishim emas” deb javob berish. Bunday soʻzni aytishdan oʻzingizni tiying. 6. Chiroyli imo-ishora qilishni biling. Firma inqirozga uchragan vaqtda ham uni bunday holatdan chiqarish uchun vaqtingizni ayamasligingizga tayyor ekanligingizni bildiring. 7. Malakangizni muttasil oshirib boring. 8. Kishilar bilan boʻladigan muomalada hushfeʻl va iltifotli boʻling. Noyob, nazokatli, doʻstona kayfiyat jamoadagi muhitni yaxshilaydi, oʻzaro ishonchni mustahkamlaydi, kishilarni hamjihatlikka chorlaydi. 9. Boshqalar bilmaydigan va bajara olmaydigan u yoki bu ishni bilish va bajara olishga urining. Bu nur ustiga aʻlo nur boʻladi. 10. Ish vaqti faqat, masalan: 800 dan 1700 gacha boʻlmasin. Agar siz ertalab ish vaqtidan oldin yoki ish vaqti tugagandan soʻng ish joyida boʻlsangiz, bilingki bu ham eʻtiborsiz qolmaydi. Rahbar madaniyati = odob+iymon+insof+adolat+iqtidor. Odob - aqlning suyanchigʻi, barcha fazilatlarning mezoni. Behudaga xalqimizda “Aql bilan odob – egizak” deyishmaydi. Odob -yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish, foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglash. Odob vositasida kishi oʻz jonini yomon hislatlardan davolaydi, yoqimsiz ayblardan poklaydi, chiroyli fazilatlardan bezaydi. Odob rahbarni eng chiroyli xulq bilan qurollantiradi. Natijada, aql egalari bunday rahbardan har ishda rozi boʻladilar. Odobli rahbar esa kundan-kunga obroʻ topadi, nufuzi oshadi, ishlari ravnaq topadi. Baʻzi hakimlar odobni eng masʻum va koʻrkam feʻlga ega boʻlish desalar, baʻzilari nafsni barcha qabih odatlardan tozalash deydilar. Tadbirkor va biznesmenning faoliyati natijalari turlicha tugallanadi. Tadbirkor o’z qobiliyati hisobiga tadbirkorlik daromadini olsa, biznesmen kiritgan kapitalidan foyda oladi. Tovarlar va tovarashgan xizmatlarni yaratish bozor iqtisodiyoti uchun birlamchi bo’lganidan uning asosini tadbirkorlik tashkil etadi. Tadbirkorlik - iqtisodiyotning suyangan tog’i-yu, ishongan bog’i, xarakatga keltiruvchi kuchi hisoblanadi. Tadbirkorlik-kishilar (mulkchilik sub’ektlari)ning moddiy va pul mablag’larini (kapitalni) amalda xo’jalik oborotiga tushirib, daromad topish uchun mo’ljallngan iqtisodiy faoliyatdir. Download 17.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling