Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta'minlash.
Ikkinchidan, o'tish davrida davlatning o'zi bosh islohotchi bo'lishi.
Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog'i, qonunlarning ustunligi ta'minlanmog'i lozim.
To'rtinchidan, bozor munosabatlariga o'tish bilan bir qa-torda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Nihoyat, beshinchidan, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Bozor munosabatlariga o'tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularrilng ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili alohida e'tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy ne-gizni, bozorning infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko'nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo'ladi.
Biznesni tashkil etishning quyidagi shakllari mavjud?
Bo‘lajak korxonaning tashkiliy –huquqiy shaklini tanlashda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish kerak. Bundan maqsad keyinchalik biron-bir ho‘jalik operatsiyasini yoki biror masalani echish uchun kompaniyani qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazish kerakligi ma’lum bo‘lib qolmasin.
O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 1 yanvardan boshlab, amaldagi qonunchiligiga muvofiq, kichik tadbirkorlik sub’ektlariga quyidagilar kiradi: yakka tadbirkorlar, uncha katta bo‘lmagan firmalar va o‘rtacha yillik xodimlari soni 100 kishi atrofida bo‘lgan kichik korxonalar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |