Mavzu: Biznis reja
Download 145.08 Kb.
|
“Dalatek” loyihasi.
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI MAVZU: Biznis reja Bajardi: Axmadjanov Kamoljon TOSHKENT 2023Agrar sohani raqamlashtirish, fermerlar va eksportchilarni yagona platformada birlashtirish: Dildora Atajanovaning “Dalatek” loyihasi buni qanday amalga oshirdi?Qadim zamonlardan beri odamlar dehqonchilik bilan shugʻullanib kelishadi, lekin oʻsha zamonlardan beri ularni bitta muammo qiynab kelmoqda – bu ham boʻlsa sotish muammosi. Ular oʻzlari yetishtirgan mahsulotlarni anʼanaviy yaʼni bozorlarda sotib kelishmoqda. Ammo axborot texnologiyalari rivojlangan XXI asrda bu muammolarga yechim topildi. Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish va sotib olish imkoniyatini beradigan onlayn platformani “Dalatek” kompaniyasi taqdim etmoqda. Siz Telegram kanalidagi platforma yoki veb-saytdan foydalanib, oʻz mahsulotlaringizni chetga eksport qilish uchun eksportyorlarni topishingiz yoki aksincha eksport qiluvchilar oʻzlari uchun mahsulot yetkazib beruvchi dehqonlarni topishlari mumkin. “Dalatek” platformasi orqali siz oʻzingiz yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini uyingizdan chiqmasdan onlayn tarzda sotishingiz mumkin. Bu juda tez va oson. Ushbu maqolada “Dalatek” platformasi qanday yaratilgani va qay tarzda ishlashi haqida uning asoschilaridan toʻliq bilib olishingiz mumkin. Dildora Atadjanova. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti bilan shugʻullanuvchi “Teadora Goods” kompaniyasi asoschisi va rahbari. Shuningdek, “Dalatek” kompaniyasi 3 ta asoschilaridan biri va rahbaridir. Bir necha yildan buyon qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish sohasida faoliyat yuritib keladi. Ismim Dildora. Men “Dalatek” kompaniyasi asoschisi va hozirgi kundagi rahbari hisoblanaman. Men sizlarga “Dalatek” loyihasi yaratilishi va ushbu gʻoya qanday yaratilgani haqida batafsil aytib beraman. “Dalatek“ — bu multi tomonli agro platforma. U fermerlar, eksportchilar va agro sohadagi boʻlgan barcha ishtirokchilar uchun yaratilgandir. Xoʻsh ”Dalatek” hikoyasi qanday va u qanday yaratilgan? Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilishdagi qiyinchiliklar Agrobiznesda meni asosan eksportchi sifatida tanishadi va men ushbu yoʻnalishda 4 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqdaman. 4 yil oldin mahsulotlarni eksport qilishni boshlaganman va birinchi buyurtmamni muvaffaqiyatli joʻnatganman. Ammo barcha qiyinchiliklar ikkinchi buyurtmadan boshlangan. Birinchi buyurtmam quruq mevalar boʻlgan va u qiyinchilik tugʻdirmagan, ammo ikkinchi buyurtma hoʻl mevalar boʻlgan va ularni yigʻib oluvchi nuqtalarga borganimda menga bir nechta qadoqlardan iborat toʻplamni koʻrsatishgan. Men yuqori qavatda turgan qadoqlarni tekshirib ularni sifatli deb hisoblab, eksportga chiqarishga ruxsat berganman. Ish jarayoni qanday boʻlishi kerakligini bilmaganligim tufayli hammasi shunaqa boʻlishi kerak deb oʻylaganman. Katta miqdordagi mahsulotlar hali buyurtmachiga yetib borib ulgurmasdan ular ikkinchi fura uchun buyurtma berishgan. Men tajribasizligim tufayli yana shu tarzda har bir mahsulot qadogʻini yaxshilab tekshirmasdan yuborganman. Afsuski mahsulotlarimiz yetib borganda, ularning sifati juda pas holda boʻlgan va buyurtmachi mahsulotni qabul qilmagan. Bu menga juda katta qiyinchiliklar tugʻdirgan. Men katta summadagi mablagʻga “tushgan”ligimni tushunganman. Oʻzi oddiy oiladan boʻlganligim tufayli u zararni qoplaydigan katta mablagʻ menda boʻlmagan. Mahsulot uchun chet davlatda ombor topishimiz uni mahalliy bozordagi sotuvchilarga topshirgunimizcha katta qiyinchiliklarga uchraganmiz. Bu albatta menga katta tajriba boʻlgan. Shu tariqa bu sohada sekin-asta tajriba orttirishni boshlaganman. Chet davlatlarda tajriba almashinuvi Oʻsha yili USAID tashkiloti meni uzumni sovuq zanjirini oʻrganish uchun Hindistonga, Oʻzbekiston savdo sanoat palatasi esa butun eksport zanjirini toʻliq oʻrganish uchun Italiyaga yuborishgan. U yerda butun zanjirni toʻliq oʻrganib evolyutsiyani qay tarzda yoʻlga qoʻyilganini va Italiya darajasiga chiqish uchun biz nimalar qilishimiz zarurligini anglab yetganman. Shuningdek, u yerda agro sohasining barcha bosqichlarida shaxsan qatnashib xorijiy davlatlar tajribasini toʻliq egalladim. Oʻzbekistonga qaytganimdan keyin oʻrgangan bilimlarimni oʻz tajribamda qoʻllashni va mahsulotlar sifatini yaxshiroq nazorat qilishni boshladim. Mahsulotlarimiz bir qator chet davlatlar sifat koʻrigidan oʻta boshladi. Mahsulotlarimizni Rossiya va boshqa mamlakatlar xarid qilishni boshladi. Lekin, buning evaziga bizning jamoa umuman uhlamasdan juda katta mehnat qilishi zarur edi. Biz mahsulotlar, qadoqlovchilar, yuk ortuvchilar, yuk mashina haydovchilari, muzlatgichlar sifatini barcha-barchasini toʻliq nazorat qilishimiz har bir jarayonni 24 soat tekshirishimiz zarur edi va buning uchun gohida kuniga 2 soat uxlashimizga toʻgʻri kelardi. Eng achinarlisi esa, biz bitta viloyatda ishimizni tugatib, mavsum tugasa boshqa mahsulot uchun boshqa viloyatga borishimiz va barchasini qaytadan qurishimiz zarur edi. Yaʼni yana qaytadan jamoa tuzib, yangi qadoqlovchilarni yigʻishimiz ularga barchasini oʻrgatishimiz va shu tariqa barcha bosqichlardagi ishchilarni qaytadan oʻqitishimiz zarur edi. Bu xuddi endi uy qurayotganingizda hammasini buzib qaytadan qurishga oʻxshardi. “Dalatek” loyihasi gʻoyasining tugʻilishi Shunda men Oʻzbekistonda yangi bir tizim yaratishimiz zarurligini va shu sistemasiz rivojlanish juda murakkab boʻlishini angladim. Eksportyor sifatida men fermer topish uchun uzoq viloyatga borishim va ushbu viloyat tumanlariga alohida tashrif buyurishim uchun yana qoʻshimcha bir necha kun vaqtim ketishini talab qilardi. Biz “Dalatek” loyihasi ustida yarim yildan ortiq ish yuritdik va bu platforma 2021-yil ikkinchi yarmida tayyor boʻldi. “Dalatek” kompaniyasining asosiy maqsadi “Resurslardan ratsional holda foydalanish” hisoblanadi. Birinchi qadamimiz bu statistika. Tizimni yoʻlga qoʻyish uchun birinchi navbatda nechta fermer va dehqonlar statistikasini tuzishdan iborat edi. Butun jarayonni raqamlashtirish va uni yagona sistemaga birlashtirish zarur boʻlgan. Ushbu paltformada fermer hozirgi kunda nima yetishtirayotganini, mahsulotning hajmi va narxini kiritib boradi. Shuningdek hozirgi kundagi eksportchilar roʻyxatini va ular qanday mahsulotni qidirayotganini koʻra oladi. Bu doimiy yangilanib turadigan maʼlumotlar bazasini yaratadi. Tasavvur qilingki Oʻzbekistondagi barcha fermerlar va eksportchilar bir birlarini topa olsa va bir birida boʻlgan muammolarni yecha olishsa, fermerlar oʻz mahsulotlarini sota olishadi, eksportchilar esa oʻzlari uchun mahsulot yetkazib beruvchilarni topishadi. Shuningdek, bundan tashqari ushbu ishtirokchilarda turli xil boshqa muammolar boʻlishi imkoni yaratiladi. Ular oʻsimliklar, suv, logistika, yerning shoʻrligi bilan bogʻliq muammolardir. Bugungi kunda Oʻzbekistonning oʻzida ushbu barcha muammolarni yechadigan kompaniyalar bor boʻlib, ammo ular bir-birini topadigan platforma yoʻq edi. Ularni hammasini bir joyga jamlash va muammolarga yechim topish uchun ushbu platforma yaratilgan. Bu eksport uchun juda katta yordam beradi. Bundan tashqari bizning rivojlanish boʻyicha rejalarimiz juda katta, lekin birinchi qadamimiz aynan shu. Hozirgi kunda bir ushbu platforma bilan barcha viloyatdagi fermerlarni tanishtirish va ularning turli savollariga javob berish uchun yoshlarni agent sifati ishga qabul qilmoqdamiz. Ularga treninglar orqali mazkur vazifani bajarishga tayyorlamoqdamiz. Joriy yil oxirigacha biz 280 nafar agentlarni yigʻmoqchimiz. Hattoki zoom ilovasi orqali bepul ingliz tili kurslarida oʻz agentlarimizni oʻqityapmiz va tillarni yaxshi oʻzlashtirgan agentlarimizni chet davlatlariga ish jarayonini oʻrganish uchun yuborishni maqsad qilganmiz. Tasavvur qiling 280 nafar yoshlarimiz men Italiyaga borib ish oʻrganib kelganim kabi, chet davlatlariga borib malaka orttirib kelishsa va uni butun mamlakat boʻylab tatbiq qilishsa qanday katta natijalarga erishimiz mumkin. “Dalatek” loyihasi hozirgi kunda shular bilan band. Men sizlarga bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borishni va yangiliklarimiz bilan tanishishingizni soʻrab qolardim. Download 145.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling