Mavzu: Blankalar-bosma ish qog’ozlari qanday bo’lishi kerak Guruh: i-103 Bajardi


turli ko'rsatmalar, so'rovlar, javoblar, tushuntirishlar, xabar, taklif, iltimos, kafolatlar beriladi va qabul


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana08.08.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1665952
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Blankalar-bosma ish qog’ozlari qanday bo’lishi kerak Guru

turli ko'rsatmalar, so'rovlar, javoblar, tushuntirishlar, xabar, taklif, iltimos, kafolatlar beriladi va qabul 
qilinadi.
 



Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko'ra, xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Xizmat hujjatlari 
tayyorlanishiga ko'ra muassasa yoki mansabdar shaxslarga tegishli bo'lsa, shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar 
tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatidan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog'liq 
masalalarga tegishli bo'ladi (shaxsiy ariza, shikoyat va h.k.).

Ma’muriy-boshqaruv faoliyatidagi xizmat mavqeyiga ko'ra hujjatlar quyidagicha tasnif qilingan: tashkiliy 
hujjatlar; farmoyish hujjatlari; ma’lumot-axborot hujjatlari; xizmat yozishmalari.

Hududiy qonunchilik va ish yuritish munosabatlari doirasida qo'llaniluvchi rasmiy – idoraviy uslub quyidagi 
turlarga bo'linadi.

1. Sof qonunchilik uslubi (qonun, farmon, fuqarolik va jinoiy aktlar, nizomlar uslubi);

2. Idoraviy-devonxona uslubi (buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tavsifnoma, tarjimayi hol, ishonchnoma, 
dalolatnoma); diplomatik uslub (nota, bayonot, bitim, konvensiya va boshqalar).

Ma’muriy va huquqiy hujjatlar quyidagi turlarga bo'linadi:

1. Namunali hujjatlar. Boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog'liq, bir – biriga o'xshash va ko'p 
takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o'z ichiga oladi.

2. Qolipli hujjatlar. Odatda oldindan tayyorlangan bosma ish qog'ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli 
axborot aks etadi, ya’ni o'zgaruvchan va o'zgarmas axborot beriladi.

3. Xizmat hujjatlari - tayyorlanishiga ko'ra muassasa yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo'lsa, shaxsiy hujjatlar - 
yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan 
bog'liq masalalarga tegishli bo'ladi.

4. Tashkiliy hujjatlar. Mazmuni tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va 
xodimlari boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan 
aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Bulardan tashqari, farmoyish hujjatlari (buyruq, 
ko'rsatma, farmoyish), ma'lumot- axborot hujjatlari (dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati
hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma), xizmat

yozishmalari kabi hujjatlar mavjud.

Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo'ndalik, mazmuniy to'liqlik kabi talablarga javob berish kerak. Ushbu talablarga 
javob bera olmaydigan hujjat chinakam hujjat bo'la olmaydi, bu kabi hujjatlar ish yuritish jarayoniga halaqit 
beradi, ishning samaradorligini pasaytiradi. Hujjatlar matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, lo'ndalik, mazmuniy 
to'liqlikdan iborat zaruriy sifatlari hujjatchilik tilining o'ziga xos so'z qo'llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar 
orqali ta’min etadi. Hujjatlar

tilida ot turkumiga oid so'zlar ko'p qo'llaniladi. Hatto fe’l bilan ifodalanuvchi harakat va holatlar ifodasi uchun 
ham otga yaqin so'z shakllari tanlanadi, ya’ni harakat nomi deb ataluvchi so'z shakllari faol ishlatiladi. 

Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchini shaxs tilida yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish 
hujjatlar (buyruq, farmoyish, ko'rsatma kabilar) birinchi shaxs tilida bo'ladi. Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan 
yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati kabi) ham birinchi shaxs, birlik, sonda yoziladi. Boshqa hujjatlar esa 
birinchi shaxs ko'plik sonda yoki uchinchi shaxs birlik sonda tuziladi: “...ga ruxsat berishingizni so'raymiz”, “...deb 
hisoblaymiz”, ma’muriyat talab qiladi”, boshqarma so'raydi” kabi.


Xulosa 
• Xulosa qilib aytganda O'zbek hujjatchiligini bugungi kun 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling