Mavzu: “Blis-so’rov” texnologiyasi va uning afzalligi Reja: Kirish
Download 150.5 Kb.
|
“Blis-so’rov” texnologiyasi va uning afzalligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Matematik tushunchalarni tahlil qilishda “Blis-so’rov” texnologiyasini qo’llash 4. “Blis-so’rov” texnologiyasini o’tkazish bosqichlari va ahamiyati Xulosa
Mavzu: “Blis-so’rov” texnologiyasi va uning afzalligi Reja: Kirish 1. Matematika darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati 2. Ta’lim jarayonida guruhlarga bo’lishda qo’llaniladigan texnologiyalar va ularni amalga oshirish imkoniyatlari 3. Matematik tushunchalarni tahlil qilishda “Blis-so’rov” texnologiyasini qo’llash 4. “Blis-so’rov” texnologiyasini o’tkazish bosqichlari va ahamiyati Xulosa Adabiyotlar Kirish Hozirgi kunda darslarning samaradorligini oshirishda ko’plab zamonaviy pedagogik texnologiyalar ishlab chiqilgan va qo’llanilmoqda. Pedagogik texnologiya amaliyotda bajariladigan ma’lum pedagogik tizim loyihasi ekanligi ko’pchilikda katta qiziqish uyg`otadi. Odatda darsda ko’p gapiramiz, nazariy tushunchalar beramiz, biroq berayotgan ta’limimizning natijasi haqida o’ylamaymiz, uzundan-uzoq qilgan va’zxonligimiz o’quvchi yoki talabalarimizning xotirasida mustahkam saqlanib qolayapdimi, ularning ruhiyatiga ta’sir qiluvchi qanday vositalarni qo’llayapmiz, nazariyani amaliyot bilan qay darajada bog`layapmiz, bu haqida o’ylab ko’rishning mavridi yetib keldi deb o’ylayman. Prezidentimiz alohida ta’kidlaganlaridek, «Agar bolalar erkin fikrlashga o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o’z yo’liga. Mustaqil fikrlash esa katta boylikdir. O’qituvchining bosh vazifasi o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko’pincha yaxshi tushunamiz, lekin afsuski, amalda, tajribamizda unga rioya qilmaymiz». Hozirgi ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish kundan-kunga kuchayib bormoqda. Innovatsion texnologiyalar, pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to’liq foydalaniladi. Interfaol metodlar pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o’ziga xosligi — ular faqat pedagog, o’quvchi va talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi: o’quvchi-talabani dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga yo’llash; o’quvchi-talabalarning o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarining doimiy ravishda bo’lishini ta’minlash; o’quvchi-talabaning bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirish; pedagog va o’quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatining tashkil etilishi. “Blis-so’rov” texnologiyasining maqsadi — o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil etib natijaga erishish, o’quv jarayonida o’quvchining mustaqil fikrlay olishi, ijodiy ishlay olishi, izlanishi, tahlil eta olishi va xulosa chiqara olishi, shuningdek, o’ziga, guruhga, guruh esa unga baho bera olishi kerak. O’qituvchining esa bunday faoliyat uchun imkoniyat va sharoit yarata bilishi o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Ushbu kurs ishida men matematika darslarini tashkil etishda noan’anaviy dars uslublaridan biri “Blis-so’rov” texnoligiyasidan foydalanib dars o’tishning afzalliklarini yoritishga harakat qildim. Download 150.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling