Mavzu: Blokcheyn texnologiyasi, uning yaratilishi va ishlatilishi


Blokcheyn tizimi asosida yotuvchi asosiy tamoillarga quyidagilarni misol qilib keltira olamiz


Download 98.17 Kb.
bet5/6
Sana28.12.2022
Hajmi98.17 Kb.
#1010119
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Saylanqulov Muhammad.

Blokcheyn tizimi asosida yotuvchi asosiy tamoillarga quyidagilarni misol qilib keltira olamiz:
Barcha ishtirokchilar orasida taqsimlangan hisob-kitob jurnali tamoilida tashkil qilingan taqsimlangan grossbux yoki 2.0 registr bo’ladi.
Markazlashmaganlik va vositachilardan voz kechish – blokcheyn hech qanday markazlashgan organ tomonidan nazorat qilinmaydi va ikki ishtirokchi orasidagi ishonch tizimida boshqa uchinchi shaxslarga o‘rin qolmaydi.
Konsensus: Tranzaksiyalarni qabul qilish yoki undan voz kechish fakti taqsimlangan konsusning natijasi bo‘lib, u qandaydir markazlashgan tashkilotning qarori emas.
O‘zgarmaslik va doimiylik: Yozuvlarni o‘zgartirish yoki yo‘qotish mumkin emas.
Taqsimlangan ishonch va shaffoflilik: ma’lumotlar, amallar va konsensus bir-biridan ajratilgan.
  • Markazsizlashtirish va taqsimlangan saqlanishi Odamlar hayotining ma’lum bir sohasi bilan bog‘liq har qanday muhim ma’lumotlar biron bir joyda saqlanadi. Uy yoki mashina sotib olishqarz olish, pul o‘tkazish – bu operatsiyalar bo‘yicha barcha ma’lumotlar qayd qilinadi va markaziy ravishda davlat muassasalari yoki xususiy kompaniyalarning serverlariga joylashtiriladi. Bu ko‘pincha suiiste’mol qilishga olib keladi - xohlaganda, har qanday bazaga kirish va unga tuzatishlar kiritishmumkin. Blokcheyn texnologiyasi ushbu yondashuvni tubdan o‘zgartirmoqda. Uning mohiyati shundan iboratki, ma’lumotlar bazasi bir joyda saqlanmaydi, balki minglab, hatto o‘n minglab, ba’zan esa millionlab kompyuterlarga tarqatiladi (4-rasm). Ularning barchasining ishgan chiqarish ehtimoli juda kam. Bu orada, hech bo‘lmaganda tarmoqda bitta kompyuter ishlab tursa, blokcheynga asoslangan tizim mavjud bo‘ladi.

Xavfsizlik va himoyalanganlik Yuqorida aytib o‘tilganidek, har qanday markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi buzilishi va o‘zgartirilishi mumkin. Blokcheyn bilan bu mumkin emas. Bloklardan birini buzish va undagi ma’lumotni o‘zgartirish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi, chunki barcha bloklarni buzish kerak va bu juda katta hisoblash quvvatini talab qiladi - chunki yangi bloklarda oldingi bloklar to‘g‘risidagi shifrlangan ma’lumotlar mavjud. Shuning uchun, buzishga urinish tarmoqning boshqa ishtirokchilari tomonidan seziladi. Elektron raqamli imzo bilan bir qatordaxesh- funksiyalaridan foydalangan holda kuchli shifrlash algoritmi firibgarlikka to‘sqinlik qiladi. Imzo ikkita kalitdan foydalanadi - ochiq va yopiqBirinchisi, imzoning o‘zini tekshirish uchun kerak, ikkinchisi uni yaratish uchun ishlatiladi va maxfiydir. Kalitlar ishtirokchilarga ma’lum ma’lumotlarga kirishni ta’minlaydi.

  • Xavfsizlik va himoyalanganlik Yuqorida aytib o‘tilganidek, har qanday markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi buzilishi va o‘zgartirilishi mumkin. Blokcheyn bilan bu mumkin emas. Bloklardan birini buzish va undagi ma’lumotni o‘zgartirish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi, chunki barcha bloklarni buzish kerak va bu juda katta hisoblash quvvatini talab qiladi - chunki yangi bloklarda oldingi bloklar to‘g‘risidagi shifrlangan ma’lumotlar mavjud. Shuning uchun, buzishga urinish tarmoqning boshqa ishtirokchilari tomonidan seziladi. Elektron raqamli imzo bilan bir qatorda, xesh- funksiyalaridan foydalangan holda kuchli shifrlash algoritmi firibgarlikka to‘sqinlik qiladi. Imzo ikkita kalitdan foydalanadi - ochiq va yopiqBirinchisi, imzoning o‘zini tekshirish uchun kerak, ikkinchisi uni yaratish uchun ishlatiladi va maxfiydir. Kalitlar ishtirokchilarga ma’lum ma’lumotlarga kirishni ta’minlaydi.


Download 98.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling