TAQSIMLANGAN TIZIM KOMPANENTALARI ORASIDA MA’LUMOT UZATISH JARAYONLARINI TASHKIL ETILISHIDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR TAHLILI
Reja:
1.Taqsimlangan tizim kompanentalari.
2. Taqsimlangan tizimlarda OSI standartinig qo’llanishi.
3. Taqsimlangan tizimlarda ma’lumot uzatishni tashkil etishda tarmoq protokoli.
1.Taqsimlangan tizim komponentalari.
Taqsimlangan tizimning biron bir kompyuteri nuqtayi nazaridan, tizim tarkibidagi boshqa komyuterlar masofa jihatidan uzoqda joylashgan axborot qayta ishlash tizimlari hisoblanadi.
TT doisrasida bir-biridan uzoqda joylashgan kompyuterlarning orasidagi o’zaro axborot almashish jarayonlari asosan ochiq tizimlarning munosabatlarini ta’minlovchi yetti sathli OSI/ISO modeli asosida amalga oshiriladi.
Ochiq tizimlar orasidagi munosabatlar standart yetti sathli protokollar asosida belgilanadi, ularning funktsional vazifalari adabiyotlarda yoritilgan.
OSI modelining quyi sathlari (1-4 sathlari) TT komponentalari orasidagi axborot uzatish vazifalarini bajaradi, seans va taqdim etish sathlarining protokollari TT ning oraliq sath (ya’ni oraliq sath dasturiy ta’minotining) (middleware ) vazifalarini amalga oshiradi. (1-rasm)
Boshqa so’z bilan, seans va taqdim etish sathlari bitta oraliq sath bilan almashtiriladi. Ular ilovalar taqdim etish protokollariga bog’liq bo’lmaydi.
Bunday maqsadga erishish uchun oraliq sath muhiti taqsimlangan tizim kompanentalarining o’zaro munosabatlarini tashkil etish hizmatlari bilan ta’minlanishi kerak. Bunday xizmatlarga quyidagilar kiradi:
-TT ma’lum bir dasturiy komponentasini uning boshqa komponentalarining hizmatlaridan operasion tizim dasturlariga bog’liq bo’lmagan holda foydalanish yaxlit mexanizmlari bilan ta’minlash;
-ma’lumotlar to’liqligini ta’minlash, ya’ni masofadagi kompanentalar orasida taqsimlangan tranzaksiyalar boshqaruvini ta’minlash;
-dasturiy kompanentalarga ega serverlar yuklamalarini balansirovka qilish;
- uzoq masofalardagi kompanentalrni aniqlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |