Amaliy protokollar – ilovalarning muloqoti va ular o’rtasidagi axborot almashinuvini taminlaydi. Ularning ko’p ishlatiladigan va taniqliligi quyidagilardir:
FTAM (File Transfer Accyess and Management) – fayllarga ega bo’lish OSI protokoli;
X.400 – elektron pochtalarni xalqaro almashish uchun CCITT protokoli;
X.500 – bir necha sistemada fayl va katalog xizmati CCITT protokoli;
SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) – elektron pochta almashinuvi uchun Internet global tarmoq protokoli;
FTP (File Transfer Protocol) – fayllar uzatish uchun Internet global tarmoq protokoli;
SNMP (Simple Network Management Protocol) – tarmoq monitoringi, tarmoq qisimlarini nazorat va ularni boshqarish protokoli;
Telnet – Internet global tarmoq protokoli, u uzoqdagi xostlarni qayd qilish va ularda axborotga ishlov berish vazifasini bajaradi;
Microsoft SMBs (Server Message Blocks, bloki soobsheniye servera, serverni xabar berish bloklari) va mijoz qobig’i yoki Microsoft redirektorlari;
NCP (Novell Net Ware Core Protocol) va mijoz qobig’i yoki Novell redirektorlari.
Xozirgi vaqtda 25 yil oldin AQShning MV buyurtmasi bilan ishlab chiqarilgan TCP/IP protokollari steki eng ommabop hisoblanadi.
TCP/IP steki ikkita asosiy protokolni o’z ichiga oladi:
TCP (Transmission Control Protocol) – ketma-ket fragmentlarga bo’lingan ma’lumotlarni kafolatli yetkazishga javob beradi. Transport pog’onasi protokoli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |