Mаvzu: Bobil podsholigi Darsning turi
Darsning taʼlimiy maqsadi
Download 25.61 Kb.
|
Shermatov Adhamjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning tarbiyaviy maqsadi
- Darsda rivojlantirib boriladigan taʼlim
- Darsni bayon etish rejasi
- Darsning blok chizmalari
Darsning taʼlimiy maqsadi:
Dars jarayonida qadimgi dunyo tarixi oʼquv qoʼllanmasiga ijodiy yondashgan holda Bobil podsholigi sivilizatsiyasining oʼziga xosliligi mavzuga doir tarixiy adabiyotlar va koʼrgazmali qurollardan maqsadga muvofiq foydalangan holda, yangi pedagogik texnologiya asosida, tarix oʼrganishga integratsion yondashish talablarini imkon qadar mukammal taʼlim berishga erishmoqdan iboratdir. Darsning tarbiyaviy maqsadi: Dars jarayonida oʼqituvchining mazkur mavzu yuzasidan taʼlimiy, ilmiy-nazariy va amaliy faoliyati majmui natijasida talabalar tarbiya-siga kompleks yondashgan holda yoshlarda milliy mustaqilligimizni buyuk kelajagi, milliy iftixor, vatanparvarlik tuygʼularini shakllantirishni uqtiriladi. Darsda rivojlantirib boriladigan taʼlim: Dars davomida oʼquvchilarning diqqat-eʼtiborlari oʼrganilayotgan materiallarni har tomonlama mustahkamlash maqsadida masalaga integratsion yondashib, Bobil podsholigi sivilizatsiyasining oʼziga xos xususiyatlariga toʼxtaladi. Dars jarayonida qoʼllaniladigan koʼrgazmali qurollar, tarqatiladigan didaktik materiallar, texnika vositalari va oʼquv qoʼllanmasiga qoʼshimcha adabiyotlar oʼz navbatida mazkur darsni oʼtish metodini ham aniq belgilashga imkon beradi. Darsni bayon etish rejasi: 1. Bobil podsholigi hududlari, tabiiy sharoiti va iqlimi. 2. Frot va Dajla bo’yining dehqonchilik madaniyati. 3. Bobil podsholigi madaniyati. Xulosa: Dars jarayonida mavzuni mustahkamlash uchun berilgan muammoli savollarga va masalaga integratsion yondoshish maqsadida sinfga berilgan savollarga oʼquvchilar tomonidan berilgan javoblar asosida ularning bilimlari baholanib boriladi. Darsning blok chizmalari: Oʼqituvchi oʼquv jarayonining har qanday tizimida ham 1-2 daqiqa vaqtni tashkiliy masalaga ajratishi tabiiy bir hol, ana shu tashkiliy daqiqalarda mavzuga oid koʼrgazmali qurollar, tarqatma didaktik materiallar va darsda qoʼllaniladigan taʼlimning texnika vositalarini foydalanish holatiga keltirib, yangi mavzu va uning rejasi yozilgan oq qalin qogʼozdagi “koʼchma doska”-guruh doskasi yoniga osib qoʼyiladi. Download 25.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling