Mavzu: Bog'imoyoqlilar (arthropoda) tipi sistematikasi, filogeniyasi va ekologiyasi. Kirish I bob. Bo'g'imoyoqlilar (Arthropoda ) tipi umumiy tavsifi
Bog'imoyoqlilar filogeniyasi va ekologiyasi
Download 123.35 Kb.
|
Bog\'imoyoqlilar (arthropoda) tipi sistematikasi, filogeniyasi va ekologiyasi(16)
2.2. Bog'imoyoqlilar filogeniyasi va ekologiyasi.
Ko‘pchilik qisqichbaqasimonlarning tutish oyoqlarining qisqichi bor. Krablar va zohid qisqichbaqalarning faqat birinchi juft oyoqlari; krevetkalarning oldingi ikki juft oyoqlari, daryo qiskichbaqalari, omarlar va ayrim krevetkalarning oldingi uch juft oyoqlarida qisqichlar rivojlangan. Odatda oldingi ko‘krak oyoqlarining qisqichlari boshqalariga nisbatan kuchliroq bo‘ladi. Langustlar va boshqa ayrim o‘noyoqlilarda qisqichlar bo‘lmaydi. Qisqichlar ko‘pincha asimmetrik, ya′ni ulardan biri ikkinchisidan yirikroq bo‘ladi. Omarlarning yirik qisqichi dengiz kirpilarining qattiq po‘sti va mollyuskalar chig‘anog‘ini maydalash, kichik qisqichi esa krevetka va baliqlar tanasini bo‘laklash uchun xizmat qiladi. Tropik dengizlarda tarqalgan chorlovchi krablarning o‘ng qisqichi chap qisqichiga nisbatan juda yirik bo‘ladi. Ayrim o‘noyoqlilarning keyingi ko‘krak oyoqlari ham o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Masalan, zohid qisqichbaqalarda bu oyoqlar qisqargan bo‘lib, qisqichbaqa tanasini chig‘anoq ichida ushlab turish uchun xizmat qiladi. O‘noyoqlilarning jabralari oyoqjag‘lar va yurish oyoqlarining asosiy bo‘g‘imi bilan bog‘langan yoki ko‘krak oyoqlarining tanaga birikkan joyida joylashgan. Karapaks jabralarni ikki yon tomondan yopib olishi tufayli jabra bo‘ shlig‘i paydo bo‘ ladi. Suv jabra bo‘ shlig‘iga qisqichlar asosida yoki yurish oyoqlarining asosiy bo‘g‘imlari o‘rtasida joylashgan teshiklar orqali kirib, karapaksning oldingi tomonidan chiqib ketadi. Quruqlikda hayot kechiradigan qisqichbaqalar (masalan, palma o‘g‘risi Birgus latra)ning jabra bo‘shlig‘i o‘pka vazifasini bajaradi. Bu bo‘shliqning ichki devori juda ko‘p mayda qon tomirlari bilan ta‘minlangan bo‘lib, shu joyda gaz almashinuvi sodir bo‘ladi. Lekin jabralar qisman saqlanib qolganligi tufayli ular suvda ham bemalol nafas oladi. O‘noyoqlilar qorin bo‘limi har xil tuzilgan. Krevetkalar qorni yondan siqilgan bo‘lib, suzgich oyoqlar - pleopodlar bilan ta‘minlangan. O‘rmalovchi omarlar, daryo qisqichbaqalari va langustlarning qorin qismi uzun, lekin orqa-qorin yo‘nalishida yassilashgan bo‘lib, harakatlanishda faol ishtirok etmaydi. Ko‘pchilik zohid qisqichbaqalarning qorin qoplag‘ichi juda yumshoq, chig‘anoqqa mos ravishda spiral buralgan, qorinoyoqlarining bir qismi yo‘qolib ketgan bo‘ladi. Ularga yaqin turadigan Kamchatka krabi va palma o‘g‘risining qorin qismi ancha kalta bo‘lib, tanasi ostida taxlanib turadi. Haqiqiy krablarning qorin qismi juda kichraygan bo‘lib, bo‘g‘imlar soni qisqargan; qorin oyoqlari yaxshi rivojlanmagan; dum suzgichi umuman bo‘lmaydi. Qorin oyoqlar jinsiy funktsiyani bajaradi. Erkak qisqichbaqalarning birinchi va ikkinchi juft qorin oyoqlari kuyikish organiga aylangan. Urg‘ochida qorinoyoqlar tuxumini yopishtirib olib yuradi. O‘noyoqlilarning rangi xilma-xil bo‘ladi. Suv tubida yashaydigan turlari kulrang yoki ko‘kimtir, suv o‘tlari orasida uchraydigan turlari yashil himoya rangiga bo‘ladi. Qisqichbaqalar tanasi rangi qoplag‘ichdagi karotinoid pigment - aktoksantinga bog‘liq. Toza holda qizil bo‘ ladi. Pigment organizmda oqsillar bilan birikib, ko‘kish yoki kulrang tusga kiradi. Yuqori haroratda birikma tez yemiriladi. Shu sababdan pishirilgan qisqichbaqa qizaradi. Qisqichbaqasimonlarning bir qancha turlarida in qurish instinkti yaxshi rivojlangan. Bu instinkt ayniqsa, quruqlikda yashovchi turlarda murakkab bo‘ladi. Daryo qisqichbaqalari suv havzalarining sohilga yaqin pana joylarida loyni kavlab oddiy in quradi. Chorlovchi krablarning inlari esa birmuncha murakkab bo‘ ladi. Zohid qisqichbaqalar qorinoyoqli molluskalarning bo‘sh qolgan chig‘anog‘ini egallab oladi. O‘noyoqli qisqichbaqalar boshqa hayvonlardan o‘z tanasini niqoblash maqsadida va dushmanlarga qarshi qurol sifatida foydalanadi. Uyatchan krablar (Dorippidae oilasi) o‘z tanasini ikki pallali mollyuskalar chig‘anog‘i bilan yopib oladi. Majidae va Dromiidae oilasiga mansub krablar yelkasiga g‘ovaktanlilar, gidroidlar yoki mshankalar koloniyasini o‘tqazib oladi. Zohid qisqichbaqalar dushmandan saqdanish uchun aktiniyalarning kuydiruvchi paypaslagichlaridan foydalanadi. Ko‘pchilik zohid qisqichbaqalar va aktiniyalar birgalikda yoki har qaysisi alohida hayot kechira olishi mumkin. Ayrim qisqichbaqalar va aktiniyalar, masalan, zohid qisqichbaqa- Pagurus bernhardus va aktiniya Sagartia parasitica faqat birgalikda hayot kechiradi. Aktiniya qisqichbaqani dushmandan himoya qilish bilan birga o‘zi ham qisqichbaqaning ozig‘iga sherik bo‘ladi. Ikki organizmning bunday o‘zaro hamkorlikda hayot kechirishi simbioz deb ataladi. Ko‘pchilik dengiz o‘noyoqlilarining tuxumidan voyaga yetgan davriga o‘xshamaydigan lichinka chiqadi. Lichinka nauplius, metanauplius, zoyea, mizid davrlarini o‘tgandan so‘ng voyaga yetadi. Sodda tuzilgan nauplius va metanauplius tuban o‘ noyoqlilar (krevetkalar) uchun xos. Ko‘pincha qisqichbaqalar tuxumidan ancha murakkab tuzilgan zoyea lichinkasi rivojlanib chiqadi. Uzun dumli qisqichbaqalar (omarlar)ning zoyea lichinkasi rivojlanib, mizid stadiyasiga o‘tadi. Ko‘pchilik chuchuk suvda, sovuq dengizlarda va suvning chuqur qismida hayot kechiradigan o‘noyoqlilarning tuxumlari yirik va sariqlikka boy bo‘ladi. Shuning uchun barcha lichinkalik stadiyalari tuxum ichida o‘tadi. Tuxumdan voyaga yetgan davriga o‘xshaydigan, lekin juda kichik qisqichbaqalar chiqali. Ular urg‘ochisining qorinoyoqlariga yopishib oladi. Qisqichbaqalar bir necha yildan (krevetkalar) 20-30 yilgacha (daryo qisqichbaqasi, krablar), omarlar 50 yilgacha yashaydi. O‘noyoqlilarga 8500 dan ortiq tur kiradi. Ularning asosiy ko‘pchiligi dengiz va okeanlarda tarqalgan. Ayniqsa, tropik dengizlarning uncha chuqur bo‘lmagan sohil boyida qisqichbaqalar ko‘p uchraydi. Chuchuk suv havzalarida daryo qisqichbaqalari, krablar va krevetkalarning bir necha turi tarqalgan. Tropik krablarning ayrim turlari, masalan arvoh krab Ocupode rotundate, zohid qisqichbaqalar (Soyepospa),qaroqchi krab yoki palma o‘g‘risi (Birgus latro) quruqlikda yashashga moslashgan. O‘noyoqlilar 3 ta kenja turkumni tashkil etadi. Uzun qorinlilar (Natantia) kenja turkumi eng tuban tuzilgan o‘ noyoqlilarga kiradi. Ularning yaxshi rivojlangan va uzun qorin bo‘limidagi oyoqlari suzish uchun xizmat qiladi. Kenja turkumga vakil sifatida har xil krevetkalar (Pandalus, Crangon va boshqalar)ni ko‘rsatish mumkin. Ayrim krevetkalar chuchuk suvlarda yashaydi. O‘rta Yer dengizi havzasi, Kavkaz, Qrim, O‘rta Osiyo hududi chuchuk suvlarida Potamon potamios krevetkasi keng tarqalgan. Chala qorinlilar (Reptantia) kenja turkumi ko‘p sonli xilma-xil tuzilgan turlarni o‘z ichiga oladi. Chala qorinlilarning qorinoyoqlari birmuncha kuchsiz rivojlangan bo‘ lib, suzishda ishtirok etmaydi. Bu kenja turkum bir necha alohida bo‘limlarga ajratiladi. Langustlar (Polinura) ancha yirik, qorin bo‘limi yaxshi rivojlangan, lekin qisqichlari bo‘ lmaydi. Daryo qisqichbaqalari (Astacura) bo‘ limiga mansub o‘noyoqlilar ham langustlarga o‘xshash, qisqichlari yaxshi rivojlangan. Bu bo‘limga omarlar (Homarus) va daryo qisqichbaqalarining bir necha oilalari kiradi. Chuchuk suv havzalarida daryo qisqichbaqalaridan keng barmoqli Astacus astacus va ingichka barmoqli Astacus leptodactylus keng tarqalgan. Birinchi tur Boltiq dengizi havzasi daryolarida, ikkinchi tur Qora, Azov, Kaspiy, Orol dengizlari havzalari hamda G‘arbiy Sibirning daryo va ko‘llarida tarqalgan. Chala dumlilar (Anomura) kenja turkumiga o‘z tanasini qorin oyoqli mollyuskalar chanog‘iga solib olib yuradigan zohid qisqichbaqalar kiradi. Ulardan ayrim turlari, masalan, zohid qisqichbaqa, arvoh krab va qaroqchi krab quruqlikda yashashga moslashgan. Qaroqchi krab Tinch va Hind okeanlaridagi ayrim orollarda tuproqdagi uncha chuqur bo‘lmagan inlarda hayot kechiradi. Kechasi inidan chiqib, mevalar bilan oziqdanadi. Urg‘ochi qisqichbaqalar ko‘payishdan oldin dengizga tushadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar bir necha oy planktonda yashaydi. So‘ngra dengiz tubiga cho‘ kib, mollyuskalarning bo‘shagan chig‘anog‘i ichiga kirib oladi. Faqat quruqlikka chiqqandan so‘ng chig‘anog‘ini tashlab, voyaga yetgan qaroqchi qisqichbaqaga aylanadi. Kamchatka krabi (Paralithodes camtschatica) ham tashqi tomondan krablarga o‘xshasada, chala dumlilar bo‘limiga kiradi. U hech qachon mollyuskalar chig‘anog‘idan foydalanmaydi, qorin qismi asimmetrik tuzilgan. Kaltadumlilar, ya’ni krablar (Brachyura) bo’limi turlarining qorni juda kichik, ko‘kragi ostiga, moylovlari kalta, boshko‘krak qalqoni keng bo‘ladi. Asosan dengizda hayot kechiradi. Uzoq Sharq dengizlarida tarqalgan yapon krabi tanasi uzunligi 3 m ga yetadi. Ular orasida ayrim turlari chuchuk suvlarda yashaydi. O‘noyoqlilar oziq-ovqat sifatida muhim amaliy ahamiyatga ega. Daryo qisqichbaqalari, omarlar, langustlar, krevetkalar va krablar ovlanadi. Dunyo boyicha har yili 1 mln tonnaga yaqin qisqichbaqalar ovlanadi. Faqat ovlanadigan krevetkalar miqdori bir yilda 700 ming tonnani tashkil etadi. Ayrim mamlakatlarda krevetkalar sun‘iy boqib ko‘paytiriladi. Kamchatka krabini ovlash ayniqsa yaxshi yo‘lga qoyilgan. Bu krab shimoliy dengizlar, xususan Barents dengiziga aklimatizatsiya qilingan. Xulosa. Bo'g'imoyoqlilar (Arthropoda)- umurtqasiz hayvonlar tipi. B.ning ajdodi tuban tuzilgan dengiz halqali chuvalchanglari hisoblansada, ularning bitta yoki bir necha umumiy ajdodlardan kelib chiqqanligi to'g'risidagi muammo hozirgacha uzilkesil hal etilmagan.Eng qad. Bo'g'imoyoqlilardan trilobitasimonlar quyi kembriy qatlamlaridan boshlab uchraydi. Ordovik va silur davrida B. quruqlikka chiqishgan. B.ning tanasi va oyoqlari bo'g'imlariga bo'lingan (B. nomi ham ana shundan olingan ), ikki tomonlama simmetriyali. Tanasi qattiq xitin kutikula bilan qoplangan. Xitin qoplog'ich tashqi skelet funksiyasini ham bajaradi, unga ichki tomondan muskullar birikadi.Tana bo'g'imlari geteronom, ya'ni ularning shakli va kattaligi har xil bo'ladi. B. tanasi, odatda, bosh, ko'krak va qorin bo'limlaridan iborat. Lekin ba'zan tananing turli bo'limlari o'zaro har xil tarzda birikib ketishi mumkin.B.ning bosh bo'limi bosh bo'lagi – akrondan va 4 tana bo'g'imlarning qoshilishidan hosil bo'ladi. Ko'krak va qorin bo'limlardagi bo'g'imlar har xil sitematik guruhlarda bir xil bo'lmaydi.B. tanasidagi har bir bo'g'im dastlab bir juftdan nayga oxshash o'simtaga ega bo'lgan, keyinchalik bu o'simtalar jag'lar, yurish oyoqlari, suzgich organlar, so'rg'ichlar, o'rgimchak bezlari va boshqa organlarga aylangan yoki yo'qolib ketgan. Bo'g'imoyoqlilar jabra, traxeya yoki o'pka orqali nafas oladi. Nafas olish organlari - jabra, o‘pka yoki traxeyalar. Jabralar - birlamchi suvda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar, traxeya va o‘pkalar - quruqlik bo’g’imoyoqlilari uchun xos organlar. Suv bo‘g‘imoyoqlilarining ayirish organlari halqalilar metanefridiylari o‘zgarishidan hosil bo‘lgan bir juft naysimon koksal bezlardan iborat. Quruqlik bo‘g‘imoyoqlilarida malpigi naychilari rivojlangan. Naychalar keyingi ichakning oldingi qismiga ochiladi. Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarga o‘xshash tuzilgan bo‘lib, bir juft bosh nerv tugunlari, ya‘ni bosh miya, halqumni aylanib o‘tuvchi nerv tomiri — qonnektiva va qorin nerv zanjiridan iborat. Odatda bosh miya prototserebrum, deytotserebrum, tritotserebrum bo‘limlarga bo‘ linadi. Bo‘g‘imoyoqlilar boshqa umurtqasiz hayvonlardan nerv sistemasi va sezgi organlarining ancha murakkab tuzilganligi va murakkab turq-atvori bilan farq qiladi. Ko‘zlari bitta linzali oddiy va Ko‘p linzali murakkab, ya‘ni fasetkali bo‘ lishi mumkin. Ularda ovoz chiqarish, eshitish, hid bilish, muvozanat saqlash va tuyg‘u organlari rivojlangan. O‘noyoqlilar oziq-ovqat sifatida muhim amaliy ahamiyatga ega. Daryo qisqichbaqalari, omarlar, langustlar, krevetkalar va krablar ovlanadi. Dunyo boyicha har yili 1 mln tonnaga yaqin qisqichbaqalar ovlanadi. Faqat ovlanadigan krevetkalar miqdori bir yilda 700 ming tonnani tashkil etadi. Ayrim mamlakatlarda krevetkalar sun‘iy boqib ko‘paytiriladi. Kamchatka krabini ovlash ayniqsa yaxshi yo‘lga qoyilgan. Bu krab shimoliy dengizlar, xususan Barents dengiziga aklimatizatsiya qilingan. Download 123.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling