Mavzu: Bog'imoyoqlilar (arthropoda) tipi sistematikasi, filogeniyasi va ekologiyasi. Kirish I bob. Bo'g'imoyoqlilar (Arthropoda ) tipi umumiy tavsifi
Download 123.35 Kb.
|
Bog\'imoyoqlilar (arthropoda) tipi sistematikasi, filogeniyasi va ekologiyasi(16)
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB. Bogimoyoqlilar (Arthropoda ) tipi umumiy tavsifi. Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) sinfi.
Kurs ishining maqsadi : Mеn o`z kurs ishimda Bog'imoyoqlilar (arthropoda) tipi sistematikasi, filogeniyasi va ekologiyasi haqida umumiy tushuncha bеrishni va bu kasallik haqida to’liq o`rganishni o`z oldimga maqasad qilib qo`yaman.
Kurs ishining vazifasi: Bog'imoyoqlilar (arthropoda) tipi sistematikasi, filogeniyasi va ekologiyasi mavzusida bilimimni rivojlantirish. Kurs ishi tuzilishi: kirish, ikki bob, xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, jami 31 sahifani tashkil etadi. 1Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2017 yil, 2Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlashyurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi.Toshkent, “O‘zbekiston”, 2017 yil, I BOB. Bo'g'imoyoqlilar (Arthropoda ) tipi umumiy tavsifi. Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) sinfi. Bu hayvonlar yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan bo'lib, yer sharining biror bo'lagi yo'qki bular uchramasa. Dengiz va okeanlarda, suv tubining eng chuqur zonalaridan tortib, eng yuksak cho'qqilargacha, cho'llar, batqoqliklar, qaynar bo'loqlar, yer osti suvlaridan ham uchraydi. Bular umurtqasizlar ichida eng ko'p turni ( 1mln 300 mingga yaqin ) o'z ichiga oladi. Bularning tanasi halqali chuvalchanglar kabi segmentlardan tashkil topgan, hamda ularda segmentlararo parda yo'qolgan. Terining ustki qismdagi kutikula qalinlashib, u xitin deb ataluvchi organik modda tarkibiga ega bo'lgan qattiq himoya qobig'i hosil etgan. Ayni vaqtda mazkur qavat tashqi skelet vazifasini ham bajaradi. ( Ichki tomondan bu qavatga muskullar birikadi). Shuning uchun ham bo'g'imoyoqlilarning oraliqlari yupqalashgan. (Po'st tashlash hodisasi). So'nggi takomillanish natijasida ( halqali chuvalchanglar parodiyalari ) hosil bo'lgan harakat organlari - oyoqlari maxsus bo'g'imlardan tashkil topgan. Tipning sodda tuzilgan qadimgi avlodlarida oyoqlar soni ko'p bo'lib, bir qancha guruhlarda ular xilma – xil vazifalarni bajarishga moslashib o'zgargan bo'lishi, bir qanchalarida esa oyoqlar soni kamayishi yuz berganligi xarakterlidir. Bo'g'imoyoqlilarda tana uch qismdan iborat: Bosh. Tana. Qorincha ( abdomen ) Bundan tashqari bularda-yaxshi rivojlangan harakat organlari oyoqlarining paydo bo'lishi, ularda sezuv organlarining g'oyat kuchli darajada rivojlanishi xarakterlidir. Markaziy nerv sistemasi, bosh miya va qorin nerv zanjirini murakkablanishi va taraqqiy etishini muvofiqlashtirgan. Ikkilamchi tana bo'shlig'i o'zgargan. Bu tana bo'shlig'i(ko'pchilik zoologlarning fikricha birlamchi va ikkilamchi tana bo'shlig'ining qo'shilishidan ) hosil bo'lgan. Shuning uchun ham ortidan ularda qon aylanish sistemasi (qon tomirlari to'la tutashgan emas ). Dastlabki suvda yashovchi bo'g'imoyoqlilarda halqalilarning nafas olish organi-paronodiya o'simtalarining rivojlanishi natijasida rivojlangan jabralar bo'ib, bir qanchalarida havodan nafas olishga moslashgan varaqchalar ( o'pka) yoki naychalar sistemasi (traxeya) taraqqiy etgan. Bo'g'imoyoqlilarning hamma avlodlari jinsiy yo'l bilan ko'payadi. Buularning hamma avlodlarida embrion taraqqiyoti lichinkalik davrini o'taydi. Juda ko'p hodisalarda lichinka to'la o'zgarishli ''metamorfoz'' orqali rivojlanadi. Download 123.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling