Mavzu: Bog’lovchilar. Bog’lovchilarning vazifasiga ko’ra turlari
Download 36.67 Kb.
|
Mavzu Bog’lovchilar. Bog’lovchilarning vazifasiga ko’ra turlari3333
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’kid yuklamalari
- Ayiruv va chegaralov yuklamalari
- 3.Aniqlovyuklamasi
2.Kuchaytiruv yuklamalari: nahotki, nahot, axir, hattoki, hatto, -oq, -yoq, -ki, -kim. Bu turdagi yuklamalar so‘zlarga kuchaytirish, shuningdek, ta’kid ma’nosi qo‘shish uchun ishlatiladi: Nahot ishq qismati buncha berahm, Bunchalar buyuksan vafo shevasi. (A.O)
Ta’kid yuklamalari: ham,-ku, -da, -u (-yu). ham yuklamasi. 1) ko‘pincha o‘zi ta’kidlab ko‘rsatadigan so‘zlardan (ot, sifat, olmosh, fe’l, ravishdan) keyin keladi: Uni ham o‘qitaman, o‘zim ham o‘qiyman; 2) ba’zan gapda ko‘makchili birikmani ta’kidlab keladi: Bugun uning ovqat bilan ham ishi bo‘lmadi. 3) to‘siqsizlik ma’nosini bildiradi: Havo bulut bo‘lib turgan bo‘lsa ham, yomg‘irdan darak yo‘q edi; 3) ham yuklamasi -yam shaklida (unlidan so‘ng) va h undoshi tushgan holda qo‘llanishi mumkin. Bunday choqda u o‘zi aloqador bo‘lgan so‘zga qo‘shib yoziladi: Bunday kitoblarga qiziqmayam qo‘ydim. –da yuklamasi shart maylidagi fe’llardan so‘ng kelib, to‘siqsizlik ma’nosini anglatadi va ham yuklamasi bilan sinonim bo‘ladi: Yosh bo‘lsa-da, bosh edi (yosh bo‘lsa ham, bosh edi). -u(-yu) yuklamasi aniqlik maylidagi fe’llardan so‘ng kelib, ish-harakatning bajarilishidagi tezlik va davomlilik ma’nosini bildiradi: Keldi-yu, ketdi (tezlik). Ayiruv va chegaralov yuklamalari (-gina, -kina, –qina, faqat). Bunday yuklamalar turli so‘z turkumlari bilan kelib, ularni chegaralab ko‘rsatish, ajratish uchun qo‘llanadi: Faqat odamlar uchun qilingan mehnatgina baxt keltiradi. Faqat yuklamasi o‘rnida yolg‘iz so‘zi qo‘llanishi ham mumkin: Uning ermagi yolg‘iz kitoblar bo‘ldi. 3.Aniqlovyuklamasi: xuddi, naq. Bunday yuklamalar o‘zi birikkan so‘zning ma’nosini aniqlash, qiyoslab ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Xuddi yuklamasi: a) qiyoslash asosida aniqlab ko‘rsatish uchun ishlatiladi: O‘g‘li otasining xuddi o‘zi edi; b) o‘xshatish ma’nosini bildiradi va -dek, -day affiksi bilan yasalgan yoki kabi, singari ko‘makchilari bilan birga boshqarilgan otlar va olmoshlardan oldin keladi: Tevarak-atrof xuddi suv quygandek jim-jit edi. naq yuklamasi ham xuddi yuklamasi bilan ma’nodoshlikka ega bo‘ladi: Itlarning ulushi naq miyasida shang‘illab turadi (As. M.). Download 36.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling