Mavzu: Bojxona qiymatini hisoblash (6-metod) st 92 To’rayev Shohruh


Download 5.87 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi5.87 Kb.
#1792542
Bog'liq
Mavzu Bojxona qiymatini hisoblash (6-metod) st 92 To’rayev Shoh-fayllar.org


Mavzu: Bojxona qiymatini hisoblash (6-metod) st 92 To’rayev Shohruh

Mavzu:Bojxona qiymatini hisoblash (6-metod)
ST 92 To’rayev Shohruh
6-usul rezerv usuli o‘zidan oldingi usullardan hech birini qo‘llash imkoniyati mavjud bo‘lmaganda qo‘llaniladi. Rezerv usuli bo‘yicha bojxona qiymati bojxona organlarida mavjud bo‘lgan narx ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Bojxona organlari bojxona qiymati deklaratsiyasida mavjud bo‘lgan axborotlarni yig‘ish, umumlashtirish va tizimlashtirishni ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sarflangan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, 4-usul asosidagi 6-usul bilan bojxona qiymatini aniqlash uchun iqtisodiy-matematika usullarini qo‘llagan holda ishlab chiqilgan baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ekspert baholash qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda tovar birligining bojxona qiymati aniqlanib, keyinchalik butun turkumning bojxona qiymati qayta hisob-kitob qilinadi.
Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning 4-usul asosidagi 6-usulni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar:
Bojxona to‘lovlarining advalor (foizdagi) stavkalari belgilangan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash uchun misol quyidagi tarzda shakllantiriladi:
Qisqartmalarni belgilaymiz:
Bq — tovar birligining bojxona qiymati;
Sn — O‘zbekiston Respublikasi hududida birinchi marta sotilgan mazkur tovar birligining qiymati.
Tovar birligining qiymatidan (Sn) bojxona hududida amalga oshirilgan quyidagi xarajatlar chegiriladi:
1. Import bojxona boji (Bb). Bb = k*Bq, bunda k — import bojxona boji stavkasi koeffitsiyenti. Masalan, boj stavkasi 10 foiz bo‘lsa, koeffitsiyent 0,1 ga teng. Boshqa turdagi to‘lovlar koeffitsiyentlari ham shu tartibda aniqlanadi.
Bojxona boji koeffitsiyentini aniqlashda tarif preferensiyalari inobatga olinadi.
2. Aksiz solig‘i (As). As = t*Bq, bunda t — aksiz solig‘i stavkasi koeffitsiyenti.
3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i (Qqs). Qqs = p*(Bq+k*Bq+t*Bq) formulasi bo‘yicha aniqlanadi, bunda n — KQS stavkasi koeffitsiyenti.
4. Tovarni birinchi marta qayta sotishda O‘zbekiston Respublikasi hududida olinadigan tijorat foydasi (Tf).
Tf = r*(Bq+Bb+As+Qqs),
bunda r — tijorat foydasi koeffitsiyenti.
5. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi transport va boshqa xarajatlar (Tbx).
Tbx = g*(Bq+Bb+As+Qqs), bunda r — transport va boshqa xarajatlar koeffitsiyenti.
Olib kiriladigan tovar birligi bojxona qiymati:
Bq = Sn — Bb — As — Qqs — Tf — Tbx
Sn = Bq+Bb+As+Qqs+Tf+Tbx.
Tenglamaga Bb, As, Qqs, Tf, Tbx ma’lumotlari ko‘rsatkichlarini kiritamiz va Sn = Bq*[(1+k+t)*(1+p)]*(1+r+g) olinadi;
Demak, Bq =Sn/[(1 +k+m) * (1 +n)] * (1 +p+r)
Qulaylik uchun [(1+k+t)*(1+p)]*(1+r+g) koeffitsiyentini xarajatlar umumiy koeffitsiyenti deb nomlaymiz va Uxk1 harflari bilan belgilaymiz. Shu tariqa, O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarning birinchi marta sotilishi narxi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lganda har bir tovar turi uchun umumiy xarajatlar koeffitsiyentini hisob-kitob qilishga e’tibor beriladi:
Bq = Sn / Uxk1.
1-misol. Ulgurji bozorda bir dona charm kurtkaning qiymati shartli ravishda 5 000 000 so‘m turadi, bojxona boji stavkasi — 20%, biroq tovarning kelib chiqish mamlakati noma’lum bo‘lganligi hamda tarif preferensiyasi qo‘llanilmaganligi sababli bojxona boji stavkasi ikki barobar miqdorda belgilanadi (k = 0,4), aksiz solig‘i — belgilanmagan (m = 0), QQS — 15% (n = 0,15).
Tijorat foydasi shartli ravishda QQS stavkasiga teng deb qabul qilinadi — 15% (r = 0,15), transport va boshqa xarajatlar — 5% (r = 0,05)ga teng. Bojxona qiymatini aniqlash uchun:
1) Mazkur turdagi tovar uchun umumiy xarajatlar koeffitsiyentini aniqlaymiz:
Uxk1 = [(1+k+t)*(1+p)]*(1+r+g).
Qiymatlarni qo‘yib, quyidagini olamiz:
Uxk1 = [(1+0,4+0)*(1+0,15)]*(1+0,15+0,5) = 1,9;
2) Bojxona qiymatini aniqlaymiz:
Bq = 5 000 000/1,9 = 2 631 578,95 so‘m.
Ya’ni olib kirilgan bir dona charm kurtkaning qiymati taxminan 2 631 578,95 so‘mni tashkil qiladi.
Izoh: hisoblash teskari usul bilan tekshirilsa uch foizgacha yanglishishga yo‘l qo‘yiladi.
2-misol. Ulgurji bozorda bir kilogramm shakar mahsulotining qiymati shartli ravishda 5 760 so‘m. Bunda bojxona boji stavkasi — 20%, biroq tovarning kelib chiqish mamlakati noma’lum bo‘lganligi hamda tarif preferensiyasi qo‘llanilmaganligi sababli bojxona boji stavkasi ikki barobar miqdorda belgilanadi (k = 0,4), aksiz solig‘i — 20% (m = 0,20), QQS va tijorat foydasi — 15% (n = r = 0,15), transport va boshqa xarajatlar — 5 foiz (r = 0,05)ga teng.
Bojxona qiymatini aniqlash uchun:
1) Mazkur tovar turi uchun umumiy xarajatlar koeffitsiyentini aniqlaymiz.
Uxk1 = [(1+k+t)*(1+p)]*(1+r+g) =
= [(1+0,4+0,2)*(1+0,15)*(1+0,15+0,05) = 2,2;
2) Bojxona qiymatini aniqlaymiz:
Bq = Sn / Uxk1
Bq = 5 760/2,2 = 2 618,18
Bir kilogramm shakar mahsulotining bojxona qiymati taxminan 2 618,18 so‘mga teng.
Tovarlarning spetsifik xususiyatlari, bojxona boji, soliq va yig‘im stavkalari turlarining o‘zgarishi va yangilari joriy etilishi munosabati bilan bojxona organlari olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning 4-usul asosidagi 6-usulni qo‘llash bo‘yicha yangi tavsiyalar ishlab chiqadi va ushbu tavsiyalar bojxona qiymatini aniqlashda barchaga tatbiq etiladi.
http://fayllar.org
Download 5.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling