Mavzu: Bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashga nisbatan kompetensiyaviy yondashuv mazmunini tahlil qilish. Mundarija: I. Kirish


Download 1.49 Mb.
bet7/14
Sana20.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1636898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi.

Ta'limga an'anaviy yondashuv. O’quvchilarga mavzu yuzasidan tushunchalar berish. An'anaviy yondashuvning asosiy xususiyati o'qituvchi axborotni gapirib beradi, talaba esa bu bilimni xotirasida saqlaydi. Bilim tushunchasi xotirada saqlanadigan axborotdir, deb qaraladi. Talabaning bilimi axborotga doir berilgan savolga yoddan bergan javobiga qarab aniqlanadi. Bilim asosan esda qoldirishning natijasidir.Bunday egallangan bilimlar xotirada uzoq vaqt saqlanmaydi. Hozirgi paytda an'anaviy ta'lim bo'yicha katta tajriba to'plangan va an'anaviy ta'lim usulini takomillashtirish sohasida izlanishlar davom etmoqda. lekin uning ob'ektiv imkoniyatlari cheklangan. Amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlar, tez sur'atda rivojlanayotgan fan-texnika talablari ta'lim usuli bilan jamiyatning raqobatdosh. yuqori malakali kadriar tayyorlashga, barkamol avlodni shakllantirishga bo'lgan ehtiyoji o'rtasida tafovutni vujudga keltirdi. Uni ta'limda boshqa yangi yondashuvlarni qo'llash yo'li bilan hal etish lozim.
Ta'limga produktiv va izlanuvchan yondashuv.O'zlashtirishning produktiv darajasi o'zlashtirilgan bilimlarning namunaviy masalalarini echish uchun mustaqil ravishda o'zgartirish qobiliyati bilan tavsiflanadi. Bu tayyor namuna yoki qoida emas, balki o'quvchi o'zi tuzgan algoritm bo'yicha bajarilgan harakat. Odatda, bu natijani oldindan ko'rishda faraz qilish mumkin bo'lgan aniq masala shartlariga moslashtirilgan ma'lum qoidalar birikuvidir. Bu o'quvchining o'zlashtirgan ma'lumotini amaliy sohada ma'lum masalalarni echish uchun qo'llay olishi va yangi sub'ektiv ma'lumotni olishi bilan tavsiflanadi.
Produktiv usul quyidagi afzalliklarga ega:
-mantiqiy fikr yuritishga, muammolami ilmiy, ijodiy echishga o'rgatadi;
-zaruriy bilimlarni mustaqil ijodiy izlanishgao'rgatadi;
-uchragan qiyinchiliklarni bartaraf etishga o'rgatadi:
-o'quv materiaiini isbotliroq qiladi;
-o'quv materialini chuqurroq va mustahkamroq o'zlashtirishga yordam beradi;
-bilimlar ishonchga aylanishiga ko'maklashadi;
-o'qishga nisbatan ijobiy hislarni hosi! qiladi:
-bilimga qiziqishni shakllantiradi va rivojlantiradi;
-ijodiy shaxsni shakllantiradi.
Produktiv usullarni muvaffaqiyatli qo'llash uchun o'qituvchining pedagogik malakasi yuqoriroq bo'lishi lozim.


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling